«Ўзбекистон темир йўллари» датк


Тemirbeton  ko’priklarning  asosiy  tizimlari



Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/73
Sana07.06.2021
Hajmi1,45 Mb.
#65818
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Bog'liq
koprik va quvurlarni loyihalash va qurish

Тemirbeton  ko’priklarning  asosiy  tizimlari.  Тo’sinli  uzlukli  tizimlar  eng 

ommaviy  bo’lib,  kichik  va  o’rta  oraliqlarni  qoplash  uchun  qo’llaniladi.  Ularda 

oldindan  berilgan  oraliqlar  va  yuklar  uchun  oraliq  qurilmaning  kuchlanganlik 

holati  asosan  ko’ndalang  kesimning  shakli  va  o’lchamlariga  bog’liqdir  (1.1-




 

rasm). 



Тo’sinli konstruksiyalar bilan katta oraliqlarni qoplash uchun, ham yig’ma, 

ham  quyma  temirbetonli  tutash  yoki  konsol  tizimlardan  foydalaniladi.  Тutash 

tizimlarning afzalliklariga salqilik chizig’ining ravonligi, oraliq qurilmalar va 

tayanchlardagi materiallar sarfining kamroqligi, oraliq qurilmalarni turli 

uslublar (bo’ylama surib-o’rnatish, osma betonlash, osma montaj va hokazo) 

bilan bunyod qilish imkoniyati, kamchiliklariga esa –  tayanchlarning notekis 

cho’kishiga, betonning o’ta salqiligiga, haroratdagi o’zgarishlarga sezgirligi 

kiradi. 


 

 

 



 

 

1.1-rasm. 



Тemirbeton ko’priklarning 

asosiy tizimlari: a – to’sinli uzlu0k0li;  



– to’sinli uzluksiz (tutash); v – konsol;  

g – romli; d – arkli; ye – qurama 

(kombinatsiyalangan); j – vantli 

 

 

Bu  yerda  va  bundan  buyon  haroratdagi  o’zgarishlar  deyilganida,  oraliq 



qurilmaning  turli  zonalaridagi  (plita,  qovurg’alar,  pastki  belbog’laridagi) 

haroratning  bir  xil  bo’lmagan  yurishi  tavsiflanadi

.  Тutash  ko’priklar  oraliq 

qurilmalarida  materiallarning  tejalishiga  oraliqdagi  eguvchi  momentlarning 

kamayishi 

evaziga 


erishiladi. 

Oddiy 


(uzlukli) 

to’sinlarga 

nisbatan 

momentlarning  kamayishi  tayanch  momentlarning  yengillashtiruvchi  ta’siri 

(ta’miri) oqibatida ro’y beradi. 

Тutash tizimni qo’llab, odatda, har bir tayanchda oddiy to’sinlardagi ikkita 

tayanch  qismdan  farqli  o’laroq  bitta  tayanch  qism  (ko’prik  fasadi  bo’yicha) 

joylashtirish evaziga tayanchdagi termada qo’shimcha iqtisodga erishiladi (1.2-

rasm). 

Konsol  tizimlarni  afzalligi  –  ularning  tayanchlarni  notekis  cho’kishiga  va 

harorat  o’zgarishlariga  nosezgirligidadir.  Salqiliklar  chizig’ining  sinishiga  va 

buning  oqibatida  xarakatlanuvchi  sostavning  oraliq  qurilma  bilan  o’zaro 

hamta’sirda  bo’lishini  yomonlashtiradigan  betonning  salqilik  (tob  tashlash  – 

polzuchest)  deformatsiyalarining  sezilarli  darajada  namoyon  bo’lishi  bunday 

tizimlarning  jiddiy  kamchiligidir.  Oraliq  qurilma  bikrligini  kamaytiradigan, 




 

to’sinlarni tutashish joylarida qo’shimcha tarzda armaturalashni, hamda tayanch 



qismlarga  qo’shimcha  sarfni  talab  qiladigan  ikkita  qo’shimcha  sharnirli 

birikmalarning mavjudligi ham kamchiliklar qatoriga kiradi. Shuningdek konsol 

oraliq qurilmani bunyod qilish usullarining cheklanganligi ham kamchiliklarga 

kiradi. 


 

 

 



 

 

1.2-rasm. oraliq qurilmalarning 

tayanchlarga tayanish sxemalari: 

a – uzluklilarniki; – tutashlariniki

 

 



Romli  tizimlar  ko’pincha  yo’l  o’tkazgichlarda  qo’llaniladi.  Romli 

ko’priklarda  ustunlar  rigel  bilan  bikr  birlashtirilgan  bo’lib,  o’zaro  birgalikda 

ishlaydilar. Romli ko’priklarning tayanchlari va rigellari to’sinlilarga qaraganda 

kichikroq  o’lchamlarga  ega.  Biroq,,  inshootdagi  betonning  tejalishi  ishlab 

chiqarish jarayonlarining murakkablashishi bilan bog’liqdir. Romli tizimlarning 

afzalligi  inshootning  ortiqroq  bikrligi,  materialning  kamroq  sarfi,  salqilik 

chizig’ining  ravonligidadir.  Kamchiligi  –  tayanchlarning  notekis  cho’kishi, 

betonning  o’ta  kirishishi,  salqiligi  hamda  harorat  deformatsiyalarga  sezgirligi, 

kapital  ta’mir  va  almashtirish  ishlarining  murakkabligidadir.  Ustunlari 

poydevorlarga  sharnirli  tayangan  romli  ko’priklar  tayanchlarning  notekis 

cho’kishi  va  harorat  deformatsiyalariga  kamroq  sezgirlikka  ega.  Biroq,, 

sharnirning mavjudligi ko’prikdan foydalanishni yomonlashtiradi. 



Arkli  ko’priklarni,  qoidaga  ko’ra,  katta  oraliqlarni  qoplash  uchun 

qo’llaniladi.  Arkli  tizimlarda  yuk  ko’taruvchi  konstruksiya  o’zida  siqilishga 

ishlaydigan  egri  chiziqli  brusni  namoyon  qiladi.  Shu  o’rinda  temirbetonning 

mustahkamlik  xossalari  yanada  to’laroq  ishlatiladi

.  Тiraluvchan  va  tiralishsiz 

arkli 


ko’priklar 

qo’llaniladi

.  Тiralishsiz  arkli  ko’priklar  qurama 

(kombinatsiyalangan)  tizimlarga  kiritiladi

.  Тiraluvchan  ko’priklar  ishonchli 

zaminni  talab  qiladi.  Sharnirsiz,  bir,  ikki  va  uch  sharnirli  arkli  ko’priklar 

farqlanadi.  Arkli  tizimlarning  kamchiliklariga  industrial  yasaluvining 

murakkabligi,  tayyorlashning  sermehnatliligi,  ta’mirlash  yoki  almashtirishning 

murakkabligi  kiradi.  Katta  miqdordagi  yig’ma  elementlardan  bunyod 

qilinadigan arkli ko’priklar odatda ortiqcha deformatsiyaga ega. 




 



Qurama ko’priklar ikki va undan ortiq tizimlarning birgalikdagi ishi bilan 

xarakterilanadi.  Zo’riqishlarining  ratsional  taqsimlanishi  tufayli  tejamkorligi 

bilan  ajralib  turadigan  va  shu  bilan  birga,  katta  oraliqlarni  qoplash  imkonini 

beradigan  vantli  ko’priklar  bunga  misol  bo’lib  hizmat  qila  oladi

.  Тemirbeton 

bikrlik  to’siniga  ega  bo’lgan  vantli  ko’priklar  esa  me’moriy  hamda  iqtisodiy 

afzalliklari  bilan  ajralib  turadi.  Yaqin  kelajakda  bikr  (temirbetondan  qilingan) 

vantlarni  qo’llanishi  bunday  tizimlarni  temir  yo’l  ko’priklarida  ham 

muvaffaqqiyat  bilan  qo’llash  imkonini  beradi.  Hozircha  qurama  ko’priklar 

ko’proq avtoyo’l va shahar ko’priklarida qo’llanilib kelmoqda. 


Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish