kuchlanishlar relaksatsiyasi (kamayishi) tushunchasi orasidagi uzviy bog’lanish
12
bor. Betonning boshlang’ich deformatsiyasi o’zgarmas bo’lib, vaqt o’tishi bilan
undagi kuchlanishlarning kamayishi hodisasi kuchlanishlar relaksatsiyasi deb
ataladi. Relaksatsiya sharti
ε
b
=
ε
el
+
ε
pl
=const ko’rinishida ifodalanadi.
Kuchlanishlar relaksatsiyasi ham tob tashlash singari vaqt o’tishi bilan so’nib
boradi.
Betonning qotishiga va tuzilishiga quruk-issiq iqlimning ta’siri. Hozirgi
kunga qadar quruq-issiq iqlim sharoitida betonning uzoqqa chidamliligi
bo’yicha to’liq ilmiy asoslangan talablar ishlab chiqilmagan, asosiy e’tibor
uning mustahkamligiga qaratib kelinmoqda. Yilning issiq davrlarida
haroratning balandligi va nisbiy namlikning kamligi tufayli beton tarkibidan
suv qochib, sementning gidrotatsiyasi to’laligicha amalga oshmaydi va beton
tegishli fizik-mexanik xossalarini olib ulgurmaydi. Shu sababli, temirbeton
konstruksiyalarini tayyorlashda betonning tarkibidagi suvni saqlash, quyosh
radiatsiyasi va boshqa zararli ta’sirlardan asrash kabi turli tadbirlarni amalga
oshirishga to’g’ri qeladi. Quruq-issiq iqlim sharoitida qurilishning sifatini
oshirish maqsadida, tez qotadigan o’ta mustahkam portlandsementlar va yengil
g’ovakli to’ldirgichlar ishlab chiqarishni keng yo’lga qo’yish talab etiladi.
Respublikamizda g’ovakli yengil to’ldirgichlardan asosan keramzit, agloporit
va boshqa ashyolar qo’llaniladi. Bulardan tayyorlangan betonlar qurish
jarayonida suvning ma’lum qismini o’ziga shimib, namlikni ushlab turadi;
harorat ko’tarilganda, uning bir qismini sarf qiladi. Natijada, sementning
gidrotatsiyasi uchun normal holat vujudga keladi.
Betonda turli qatlamlarning suv yo’qotishi turlicha bo’ladi
. Тashqi qatlam
suvni eng ko’p yo’qotib, ichkarilagan sayin suvning yo’qolishi kamaya boradi.
Betonni parvarishlashni asosiy vazifasi betonda suv qochishini va shu tufayli
hajmiy deformatsiyalarni vujudga kelishining oldini olishdan iboratdir.
Natijada, qotayotgan betondagi salbiy oqibatlarning oldini olish uchun:
– betonning ustiga namlangan yopqichlar (qamish plita, taxta shit, brezent
va h.k.) yopiladi;
– beton tarkibidagi to’ldirgichlar yengil-g’ovakli to’ldirgichlar bilan
almashtiriladi, tez qotuvchi yuqori markali sementlar ishlatiladi,
В/S qiymati
kamaytiriladi va h.k.
Og’ir betondan tayyorlangan temirbetonning zichligi, undagi armatura
miqdori 3% va undan kam bo’lganda, 2500 kg/m
3
qabul qilinadi.
Betonning vaqt davomida o’z mustahkamligiga erishishi uning muhim
xossasidir. Odatdagi betonlar o’z mustahkamligining 50% ga +20°S haroratda
3 kunda erishadi. Mustahkamlikka qisqa vaqtda erishish konstruksiyani nam
bug’da qizdirish yoki bug’lantirish vositasida erishiladi, bunday usul 2 kunda
80% mustahkamlikka erishish imkoniyatini beradi. Betonning sifatiga
sementning sarfi va xili sezilarli ta’sir etadi. Ortiqcha sarf betonning o’ta
cho’kishi va o’rmalovchanligini ortishiga olib keladi. Beton qorishmasining
tarkibini sinchiklab tanlab, sement sarfi va suv-sement nisbatini (S/S)
13
kamaytirib, texnologik operatsiyalar hamda betonning qotish jarayonida
parvarishlab, shuningdek o’ta cho’kmaydigan va kengayuvchi sementlardan
foydalanib o’ta cho’kishni kamaytirish mumkin. Salqilik – betonning yuk ostida
asta-sekin deformatsiyalanish qobiliyatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: