ψ – yoriqlar ochilishining, oldindan zo’riqtirilmagan to’sinlarining qovurg’alari uchun kabi aniqlanadigan koeffitsiyenti;
Δcr – yoriqlarning, 0,015 sm ga teng bo’lgan chegaraviy ochilishi.
Qovurg’alarning armaturalaridagi σs kuchlanishlar oldindan zo’riqtirilmagan to’sinlarining qovurg’alarniki kabi aniqlanadi.
Тo’sinlarning tayyorlash bosqichidagi (zo’riqtiriluvchi armaturani siqishdagi), shuningdek tashish hamda montaj qilishdagi yoriqbardoshligi betonda paydo bo’ladigan cho’zuvchi va siquvchi kuchlanishlarni cheklash bilan ta’minlanadi. Armaturalari tirgaklarga tortib taranglangan oddiy to’sin misolida tegishli hisobiy tekshiruvlarni ko’rib o’tamiz. Betonda oldindan zo’riqishni yaratish mobaynida pastki fibra siqiladi, tepadagisi esa odatda cho’ziladi (3.18-rasm). Betondagi kuchlanishlar, elastik bosqichda ishlayotgan yoriqsiz keltirilgan kesimniki kabi aniqlanmog’i lozim. Betonning siqilishini yaratish paytida armaturadagi, nazorat qilinayotganiga teng bo’lgan oldindan zo’riqtirish tez kechuvchi yo’qolishlar kattaligiga kamayadi
(3.58)
Betondagi kuchlanishlarning tekshiruvi xususiy og’irlikdan eguvchi momentni e’tiborga olib, nomarkaziy siqilgan kesimdagi kabi o’tkaziladi. Pastki fibra uchun bo’ylama yoriqlar shakllanishiga qarshi tekshiruv qilinadi
(3.59)
3.18-rasm. Тo’sinni tayyorlash bosqichida yoriqbardoshlilikka hisoblash uchun sxema: 1 – oldindan zo’riqtirishdan sodir bo’lgan kuchlanishlar epyurasi; 2 – xususiy og’irlikdan sodir bo’lgan kuchlanishlar epyurasi
Тepadagi fibra ko’ndalang yoriqlarning shakllanishiga qarshi tekshiriladi
(3.60)
(3.59) va (3.60) formulalarda Rb,mcl – betonning bo’ylama mikroyoriqlar shakllanishiga qarshi o’q bo’ylab siqilishdagi hisobiy qarshiligi; Rbt,ser – yoriqlarning shakllanishi bo’yicha hisob-kitobdagi o’q bo’ylab cho’zilishdagi hisobiy qarshilik; qolgan kattaliklar yuqorida tushuntirilgan.
Хuddi shunga o’xshash tekshiruvlarni tashish va montaj qilish hollari uchun ham bajariladi. Foydalanishdagidan farqli o’laroq, tegishli hisobiy sxemada xususiy og’irlikdan sodir bo’lgan kuchlanishlar oldindan zo’riqishlar bilan jamlanishi mumkin. Hisob-kitobga, tashish va montaj qilish paytiga namoyon bo’lishga ulgurgan yo’qolishlarni e’tiborga olib, armaturadagi oldindan zo’riqishni kiritish zarur. Oldindan zo’riqtirilgan oraliq qurilmalardagi xarakatlanayotgan vaqtincha me’yoriy yukdan vertikal salqiliklar keltirilgan kesimni butunlayicha e’tiborga olib, qurilish mexanikasi uslublarida hisoblanadi. Хarakatlanuvchi yuk ta’siridagi salqiliklar xuddi zo’riqtirilmagan armaturali to’sinlardagi kabi cheklangandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |