«Ўзбекистон темир йўллари» датк



Download 2 Mb.
bet53/58
Sana03.04.2022
Hajmi2 Mb.
#526295
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Bog'liq
«¡çáåêèñòîí òåìèð é¢ëëàðè» äàòê

Тosh quvurlar. Тosh quvurlarning eni 1 dan 6 m gacha bo’lib, ko’ndalang kesimi ovalli yoki vertikal devorlari bilan yoki teshigi gumbazli bo’ladi. Ular suv o’tkazuvchanlik xususiyati 130 m3/sek gacha bo’lgan bir yoki ikki ko’zli bo’ladi. Quvurlarning gumbazi parabola, ellips, qutisimon va quvur kirish qismi kesimlaridagi eguvchi momentlarni kamaytirish uchun quvurlarga ta’sir etadigan yukdan sodir bo’ladigan bosim egriligiga yaqinlashadigan boshqa shakldagi ko’rinishlarga ega bo’ladi (9.2-rasm).


9.2-rasm. Тoshli quvurlarning ko’ndalang qirqimlari: b – toshli ovaloidal ko’rinishdagi quvur; v – xuddi shunday tik devor va qobiqli; 1tuprog’i bilan shag’al yoki chaqiq (maydalangan) toshli taglik (tayyorlov); 6poydevor; 7gumbaz; 8gidroizolyatsiya;


9devor; 10lotok

Geologik va iqlim sharoitlariga bog’liq holda gumbazlar butun yoki alohida poydevorlarga yoki vertikal devorlarga tayanadi. Quvurlar gidroizolyatsiya bilan qoplangan, uzunligi 3 dan 6 m gacha bo’lgan seksiyalardan tashkil topgan. Тosh quvurlar normal va ko’tarilgan kirish bo’g’inli portal, rastrub, koridor va eshik boshli bo’ladi. Quvur boshlarining ko’rinadigan yuzalari odatda tekislangan toshlar bilan qoplanadi.


Тemirbetonli quvurlar. Bu quvurlar industrial qurilish talablariga mos kelib, nisbatan past narx, uncha katta bo’lmagan sermehnatlilik va qurilish muddati, yaxshi ekspluatatsion sifatlarga ega bo’lib, xizmat qilish muddati katta. Betonning mustahkamlik bo’yicha sinfi, sovuqbardoshlik bo’yicha markasi hamda armatura po’latining sinfi quvurlarning foydalanish joyidagi iqlim sharoitlariga bog’liq holda qabul qilinadi.
Yig’ma quvurlar aylana silindrli, tekis asosli aylana,ovoidal ko’rinishidagi va to’g’ri burchakli bo’g’inlardan tashkil topgan (9.3-rasm). Bo’g’inlar devorining qalinligi 10 sm dan katta qabul qilinadi. Uzunligi 2...3 m bo’lgan bo’g’inli quvurlarning montaj ishlari bo’ladi, bo’g’inlar orasidagi choklar gidroizolyatsiyasi xarajatini 15...20% ga kamaytiradi.



9.3-rasm. Quvurlarning temirbetonli zvenolari turlari: a – aylana silindrli; b – tekis asosli aylana; v – ovaloidal ko’rinishidagi; g – to’g’ri to’rtburchakli


Aylana silindrli bo’g’inlar teshigining diametri 2 m gacha bo’ladi. Bo’g’inlarning qalinligi va armaturalash sxemasi ko’tarma balandligi, muvaqqat va ko’zg’aluvchan yuklar va bo’g’inlarning quvurdagi holatiga bog’liq holda qabul qilinadi.


Grunt bosimi ostida bo’g’inlarning ustki va ostki qismlari ichkariga, yon qismlari esa tashqariga egiladi. Shuning uchun bo’g’in ustki va ostki qismlarida ishchi armatura bo’g’inlarning ichki yuzasiga, yon tomonlariga esa tashqi yuzasiga joylashtiriladi; ammo silindrik bo’g’inlar har qanday holatda joylashishi mumkinligini e’tiborga olib, ular ikki qator armaturalanadi.
Тekis asosli aylana bo’g’inlar quvurda qat’iy aniq holatda joylashadi va shuning uchun momentlar epyurasiga muvofiq tejamli bir qator armaturalanadi, bu esa armatura sarfini deyarli ikki marta kamaytiradi. Bundan tashqari, ular lokal bloklarga muhtoj bo’lmaydi, bu, o’z navbatida, quvurlar o’rta qismida bloklar sonini kamaytiradi, narxi, sermehnatliligi va qurilish muddati kamayadi.
Ovoidal ko’rinishdagi bo’g’inlar gumbaz va tekis zamin bilan yopiq konstruksiyaga birlashtirilgan lotok plitasidan tashkil topgan. Gumbaz o’qi grunt bosimi egriligiga yaqin ko’rinishga ega, shuning uchun gumbaz kesimidagi momentlar kichik, bu esa gumbaz qalinligini kichik va undagi armaturalar sonini kam olish imkonini beradi.
Zamonaviy ovoidal ko’rinishdagi bo’g’inlarda bir qator armaturali karkaslar o’rnatiladi, bu po’latni 50% gacha va betonni 20% gacha kamaytiradi.
Тo’g’ri to’rtburchakli temirbetonli bo’g’inlar teshigi 2 va 2,5 m, balandligi 2 m va teshigi 3 va 4 m, balandligi 2,5 m bo’lgan yopiq ramalardan iborat bo’lib, bo’g’inlar devorining qalinligi quvur teshigi diametri va ko’tarma balandligiga bog’liq holda 13...30 sm, ustki ikki qiyali plitaning qalinligi esa 17...40 sm ni tashkil etadi.
Ko’tarma grunti bosimi ostida to’g’ri to’rtburchakli bo’g’inlarning devor va plitasi ichkariga, yon qismlari esa tashqariga egiladi, shuning uchun devor o’rtasi va plitada ishchi armatura bo’g’inlarning ichki yuzasiga, burchaklarda esa tashqi yuzasiga joylashtiriladi. Тo’g’ri to’rtburchakli bo’g’inlarning fazoviy karkaslari ichki va tashqi to’rlardan tashkil topgan, burchaklarda bundan tashqari qiya armaturalar ham o’rnatiladi.



Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish