4.2. Ramali oraliq qurilmalar
Ramali oraliq qurilmalarning asosiy yuk ko’taruvchi qismlari bitta tizimga biriktirilgan to’sin (rigellar) va tirgaklardir (4.4-rasm). Ramalar poydevorga odatda sharnirli tayanch qismlar yordamida tayanadi. Ramalarning bevosita poydevorga tayanishi tayanch terimini qisqartiradi, bu esa qurilish muddatini va mehnat talabligini kamaytiradi. Ramali oraliq qurilmalar har xil konstruksiyaga ega. Ular bir oraliqli (4.4,a-rasm) va ko’p oraliqli, konsolli va uzluksiz (4.4,b-rasm), qiya tirgakli yoki rama-nishabli tizimli bo’ladi.
Balandligi va uzunligi uncha katta bo’lmagan ramalar qo’shtavr kesimli rigel va tirgaklarga, uzunligi katta bo’lgan ramalar esa qutisimon kesimga (4.4,v-rasm) yoki fermalarga (4.4,g-rasm) ega. Po’lat ramali oraliq qurilmalar tog’ jarliklari va daryo vodiylari ustidan o’tadigan yo’l o’tkazgichlar, estakada va viaduklarda qo’llaniladi.
4.4-rasm. Ramalar sxemasi: 1 – tirgaklar; 2 – bosh to’sin; 3 – ulanma
4.3. Qo’shma oraliq qurilmalar
Asosiy yuk ko’taruvchi qismi bir necha birlashgan oddiy tizimlardan tashkil topgan, yuklarni birgalikda qabul qiladigan (masalan, arkalar tortqich bilan, to’sinlar arka bilan, to’sinlar ferma bilan va b.) oraliq qurilmalarga qo’shma (oraliq qurilma ikki xil sistemali) oraliq qurilmalar deb ataladi. Bu oraliq qurilmalar bir va ko’p oraliqli, uzluksiz va konsolli bo’ladi. Ular statik noaniq, murakkab, individual konstruksiyalarga ega bo’ladi.
Тortqichli arka (4.5,a-rasm) bikir butun arka yoki beshta arkani birlashtiradigan va ularning bosimini qabul qiladigan egiluvchan tortqichli sterjenli arkasimon fermalardan tashkil topadi va shu tufayli, arkalar hovonsiz bo’lib, ayniqsa bo’sh gruntlarda terim hajmi va tayanch bahosi kamayadi. Arkalar bo’ylama va ko’ndalang bog’lamalar bilan turg’un fazoviy konstruksiyaga biriktirilgan. Harakat qismi arka osmalariga biriktirilgan.
Egiluvchan arkali to’sinlar to’sinning usti (4.5,b-rasm) yoki ostida (4.5,v-rasm) joylashgan bikir butun devorli to’sin yoki fermalar yoki egiluvchan arkalardan tashkil topgan. Harakatlanish qismi birinchi holda to’sinlar orasida, ikkinchi holda esa to’sin ustida joylashgan. Harakat pastdan bo’lganda arkalar bosimini bikirlik to’sinlari qabul qiladi va u tayanch terimi hajmini kamaytiradi, harakat yuqoridan bo’lganda esa bosim ko’prik tayanchlariga uzatiladi.
4.5-rasm. Qo’shma tizimli oraliq qurilmalar sxemasi:
1 – arkasimon fermalar; 2 – eguluvchan tortqich; 3 – harakatlanadigan qismi;
4 – ilgak; 5 – egiluvchan arka; 6 – to’sin; 7 – tirgak; 8 – hovon;
9 – poligonal ustki belbog’li ferma; 10 – parallel belbog’li ferma
Bikirlik to’sinlari odatda balandligi oraliqning 1/40...1/60 qismiga teng qo’shtavr yoki qutisimon kesimga, egiluvchan arkalar esa N shaklli, qutisimon yoki aylana shaklli kesimga ega. Yuklar bu tizimda to’sin bilan arka orasida ularning bikirligiga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Hovonli to’sinlar (4.6,g-rasm) bikir to’sin yoki fermalar, hamda to’sin yoki fermani ushlab turuvchi bir necha juft hovonlardan tashkil topgan. Тo’sin asosan egilishga, hovonlar esa siqilishga ishlaydi. Hovonlar reaksiyasi ko’prik tayanchiga uzatiladi. Bu tizim ostidan egiluvchan arka bilan kuchaytirilgan to’sindagi kabi ko’rsatkichlarga ega.
Fermali to’sinlar yoki bikir ostki belbog’li fermalar poligonal ustki belbog’ (4.6,d-rasm) yoki parallel belbog’larga ega. Bikir to’sinlar ko’ndalang to’sinlar, oddiy uchburchakli panjara, fermalarning optimal paneli va harakatlanish qismi to’sinlarini tugundan tashqari mahkamlash imkonini beradi.
Тemir yo’l ko’priklari uchun eng istiqbolli qo’shma tizimlar bikir ostki belbog’li fermalardir. K.G.Protasov tomonidan taklif etilgan bunday butun payvandli oraliq qurilma namunasi 4.6-rasmda keltirilgan. Oraliq qurilma ko’p miqdorda bir xil elementlarga ega, bu ularni tayyorlashni osonlashtiradi. Ostki bikir belbog’ balandligi 2 m bo’lgan qo’shtavr kesimli bloklardan tashkil topib, ularni tashish va yig’ish osonlashadi.
4.6-rasm. Ostki bikir belbog’li fermali oraliq qurilma sxemasi:
1 – ustki bo’ylama bog’lamalar; 2 – ravoq (P-shaklidagi ko’zg’aluvchan rama) ramasi; 3 – bosh ferma; 4 – ko’ndalang bog’lamalar; 5 – ustki bo’ylama bog’lamalar;
6 – harakatlanadigan qismining to’sini
Do'stlaringiz bilan baham: |