8.2. Тayanchlarning mustahkamligi, turg’unligi va yoriqbardoshligini hisoblash
Oraliq tayanch va qirg’oq ustunlariga normal kuch va eguvchi momentlar ta’sir etadi. Agar bo’lsa, tayanchlarning betonli va temirbetonli konstruksiyalarini faqat mustahkamlikka hisoblash mumkin, bunda cho’zilgan zona betonining ishi hisoblashlarda e’tiborga olinmaydi, ℮ ≤ r bo’lgan hollar uchun esa ham mustahkamlik, ham turg’unlikka tekshirish talab etiladi, bunda r – kesim yadrosi radiusi. Тurg’unlikka hisoblash quyidagi formula bo’yicha amalga oshiriladi:
(8.1)
bunda – bo’ylama egilish koeffitsiyenti.
Oldindan zo’riqtirilgan ishchi armaturali tayanchlar oldindan zo’riqtirilgan nomarkaziy siqilgan konstruksiya kabi hisoblanadi. Hisoblashlarni osonlashtirish maqsadida beton siqilgan zonasining normal kuchlanish epyurasi to’g’ri to’rtburchak shaklida, eng katta kuchlanish esa beton hisobiy qarshiligi Rb ga teng qilib qabul qilinadi. Shunda mustahkamlik sharti:
(8.2)
bunda N – normal kuch; Rb – betonning siqilishdagi hisobiy qarshiligi; Ab – beton siqilgan zonasining yuzasi, u N kuch siqilgan zonaning og’irlik markazidan o’tish shartidan aniqlanadi.
Mustahkamlik va turg’unlikka hisoblashdan tashqari tayanchlar qulashga ham tekshiriladi:
(8.3)
bunda e – normal kuchning kesim og’irlik markaziga nisbatan ekssentrisiteti; y – kesim og’irlik markazidan uning eng siqilgan qirrasigacha bo’lgan masofa; o=1,2 – ishonchlilik koeffitsiyenti (foydalanish bosqichi uchun).
Alohida hollarda, mustahkamlik va turg’unlikka hisoblashdan tashqari yoriqbardoshlikka hisoblash lozim bo’ladi, u tayanchlarning asosiy o’lchamlarini belgilashda aniqlovchi bo’lishi ham mumkin.
Yoriqbardoshlik bo’yicha talablar toifasi qo’llaniladigan armatura va ko’prik elementi ish sharoitiga bog’liq bo’ladi. Bo’ylama yoriqlarning paydo bo’lishiga ruxsat etilmaydi. Bu talabni bajarish uchun, siquvchi kuchlanishlar qiymati cheklanadi.
Ko’ndalang yoriqbardoshlik betondagi cho’zuvchi va siquvchi kuchlanishlarning hisobiy qiymatlari, yoriqlar ochilishining hisobiy eni va muvaqqat yuk bo’lmaganda, yoriq paydo bo’lgan zonadagi siquvchi kuchlanishlar bilan baholanadi
Ko’priklarning qo’shma oldindan zo’riqqan elementlarida cho’zuvchi kuchlanishlarning ta’sir etishiga ruxsat etilmaydi. Тemir yo’l ko’priklari tayanchlarining oldindan zo’riqtirilgan elementlarida (yoriqbardoshlik toifasi 2a) betonga 0,4Rbt,ser dan katta bo’lmagan cho’zuvchi kuchlanishlar ta’sir etishiga ruxsat etilishi mumkin.
Elementlarni zo’riqtirilgan sterjenli armatura bilan armaturalashda bu qiymat 1,4Rbt,ser dan oshmasligi kerak, yoriqlar ochilishining ruxsat etilgan chegaraviy qiymati esa ∆cr≤0,015 bo’lishi kerak..
Muvaqqat yuk ta’sir etmaganda temirbetondagi minimal siquvchi kuchlanish 0,1Rb (V30 va undan past sinflar uchun) va 1,6 MPa dan katta В35 va undan yuqori sinflar uchun.
Тayanchlarning oddiy (zo’riqtirilmagan) armaturali elementlari yoriqbardoshlikning 3v toifasi bo’yicha hisoblanadi, bunda yoriqlar ochilish enining chegaraviy qiymati 0,015...0,020 sm dan oshmasligi kerak. Yoriqlar ochilish enining aniq chegaraviy qiymati mazkur elementning ish sharoitiga bog’liq holda belgilanadi (masalan, muz harakatlanadigan yoki grunt muzlaydigan zonada 0,015 sm dan kichik, suv omboriga yaqin joylarda bir yildagi muzlash va erish sikllar soni 50 dan ortiq bo’lmaganda 0,010 sm dan kichik).
Yoriqlar ochilish eni quyidagi formuladan aniqlanadi:
(8.4)
bunda – rmaturadagi eng katta cho’zuvchi kuchlanish; Е – armaturaning elastiklik moduli; – armaturalar radiusiga bog’liq bo’lgan yoriqlarning ochilish eni koeffitsiyenti; ∆cr – yoriqlar hisobiy ochilish enining chegaraviy qiymati.
Sayoz yotqizilgan yoki tushiriladigan quduq poydevori tagidagi zaminning ko’taruvchanlik xususiyati quyidagi shart bajarilsagina ta’minlangan bo’ladi:
yoki ; (8.5)
bunda P va Pmax – poydevorning zaminga tegishlicha o’rtacha va maksimal bosimi, kPa; R (Rc) – zaminning o’q bo’ylab siqilishdagi hisobiy qarshiligi, kPa; – 1,4 qabul qilinadigan ishonchlilik koeffitsiyenti; =1,0...1,2 qabul qilinib, grunt turi va yuklar uyg’unlashuvini hisobga oladigan ish sharoiti koeffitsiyenti.
Do'stlaringiz bilan baham: |