«Ўзбекистон темир йўллари» датк


Kuchlanishlar kamayishi (relaksatsiyasi)



Download 1,58 Mb.
bet9/43
Sana31.12.2021
Hajmi1,58 Mb.
#218049
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43
Bog'liq
«O’zbekiston temir yO’llari» datk Тoshkent temir yo’l muhandisla (1)

Kuchlanishlar kamayishi (relaksatsiyasi). Тob tashlash hodisasi bilan kuchlanishlar relaksatsiyasi (kamayishi) tushunchasi orasidagi uzviy bog’lanish bor. Betonning boshlang’ich deformatsiyasi o’zgarmas bo’lib, vaqt o’tishi bilan undagi kuchlanishlarning kamayishi hodisasi kuchlanishlar relaksatsiyasi deb ataladi. Relaksatsiya sharti b=el+pl=const ko’rinishida ifodalanadi. Kuchlanishlar relaksatsiyasi ham tob tashlash singari vaqt o’tishi bilan so’nib boradi.

Betonning qotishiga va tuzilishiga quruk-issiq iqlimning ta’siri. Hozirgi kunga qadar quruq-issiq iqlim sharoitida betonning uzoqqa chidamliligi bo’yicha to’liq ilmiy asoslangan talablar ishlab chiqilmagan, asosiy e’tibor uning mustahkamligiga qaratib kelinmoqda. Yilning issiq davrlarida haroratning balandligi va nisbiy namlikning kamligi tufayli beton tarkibidan suv qochib, sementning gidrotatsiyasi to’laligicha amalga oshmaydi va beton tegishli fizik-mexanik xossalarini olib ulgurmaydi. Shu sababli, temirbeton konstruksiyalarini tayyorlashda betonning tarkibidagi suvni saqlash, quyosh radiatsiyasi va boshqa zararli ta’sirlardan asrash kabi turli tadbirlarni amalga oshirishga to’g’ri qeladi. Quruq-issiq iqlim sharoitida qurilishning sifatini oshirish maqsadida, tez qotadigan o’ta mustahkam portlandsementlar va yengil g’ovakli to’ldirgichlar ishlab chiqarishni keng yo’lga qo’yish talab etiladi. Respublikamizda g’ovakli yengil to’ldirgichlardan asosan keramzit, agloporit va boshqa ashyolar qo’llaniladi. Bulardan tayyorlangan betonlar qurish jarayonida suvning ma’lum qismini o’ziga shimib, namlikni ushlab turadi; harorat ko’tarilganda, uning bir qismini sarf qiladi. Natijada, sementning gidrotatsiyasi uchun normal holat vujudga keladi.

Betonda turli qatlamlarning suv yo’qotishi turlicha bo’ladi. Тashqi qatlam suvni eng ko’p yo’qotib, ichkarilagan sayin suvning yo’qolishi kamaya boradi. Betonni parvarishlashni asosiy vazifasi betonda suv qochishini va shu tufayli hajmiy deformatsiyalarni vujudga kelishining oldini olishdan iboratdir. Natijada, qotayotgan betondagi salbiy oqibatlarning oldini olish uchun:

– betonning ustiga namlangan yopqichlar (qamish plita, taxta shit, brezent va h.k.) yopiladi;

– beton tarkibidagi to’ldirgichlar yengil-g’ovakli to’ldirgichlar bilan almashtiriladi, tez qotuvchi yuqori markali sementlar ishlatiladi, В/S qiymati kamaytiriladi va h.k.

Og’ir betondan tayyorlangan temirbetonning zichligi, undagi armatura miqdori 3% va undan kam bo’lganda, 2500 kg/m3 qabul qilinadi.

Betonning vaqt davomida o’z mustahkamligiga erishishi uning muhim xossasidir. Odatdagi betonlar o’z mustahkamligining 50% ga +20°S haroratda 3 kunda erishadi. Mustahkamlikka qisqa vaqtda erishish konstruksiyani nam bug’da qizdirish yoki bug’lantirish vositasida erishiladi, bunday usul 2 kunda 80% mustahkamlikka erishish imkoniyatini beradi. Betonning sifatiga sementning sarfi va xili sezilarli ta’sir etadi. Ortiqcha sarf betonning o’ta cho’kishi va o’rmalovchanligini ortishiga olib keladi. Beton qorishmasining tarkibini sinchiklab tanlab, sement sarfi va suv-sement nisbatini (S/S) kamaytirib, texnologik operatsiyalar hamda betonning qotish jarayonida parvarishlab, shuningdek o’ta cho’kmaydigan va kengayuvchi sementlardan foydalanib o’ta cho’kishni kamaytirish mumkin. Salqilik – betonning yuk ostida asta-sekin deformatsiyalanish qobiliyatidir.




Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish