Papula – chegaralangan, teri satxidan biroz ko`tarilib turuvchi yassi yoki gumbazsimon yuzali hosila. Katta o`lchamli papula pilak deb nomlanadi.
Bo`rtiq – chegaralangan, zich, bo`shliqsiz element. Teri sathidan ko`tarilib turuvchi va diametri 5-10 mmgacha boruvchi, o`zidan keyin chandiq va yara qoldiradi.
Tugun - zich, teri sathidan ko`tarilib turuvchi yoki uning qalin qismida joylashuvchi hosila, o`lchami 10 mm va undan yuqori bo`lishi mumkin. Yirik ko`k qizil, paypaslanganda og`riqli tugunlar - tugunli eritema deb nomlanadi. Yallig`lanishsiz tugunlar terini hosilasida uchraydi.
Qavariq - o`tkir yallig`lanishli element, terini so`rg`ichli qavatini chegaralangan shishi hisobiga yuzaga keladi. Teri sathidan ko`tarilib turadi, dumaloq shaklga ega. O`lchami 20 mm va undan yuqori, tez yo`qoladi, o`zidan keyin iz qoldirmaydi.
Pufakcha - yuzaki, teri sathidan bir oz ko`tarilib turadi. Bo`shlig`i seroz yoki qonli suyuqlik bilan to`lib turadi. O`lchami 1-5 mm. Evolyutsiyada qurishi mumkin. Bunda tiniq yoki xira po`stloq hosil qiladi. Ochilganda namlanuvchi chegaralangan eroziya hosil bo`ladi.
Pufakchada leykotsitlar to`planganda u yiringli pustulaga aylanadi.
Pufak - pufakchaga o`xshash element, lekin o`lchami jixatdan katta (3-15 mm). Seroz, qonli, yiringli suyuqlik bilan to`lgan. Ko`chib po`stloq hosil qilishi mumkin. O`zidan keyin turg`unsiz pigmentatsiya qoldiradi.
Qipiq - epidermisni mug`uz plastinkalarining yig`ilishi natijasida yuzaga keladi, 1-5 mm, mayda bo`lishi mumkin.
Qatqaloq - pufakdagi ekssudatning qurishi natijasida yuzaga keladi. Qatqaloq seroz, yiringli, qonli bo`lishi mumkin. Bolalar yonog`idagi ekssudativ kataral diatezdagi qatqaloq “sutli qo`tir” deb ataladi.
Yara - terining chuqur defekti, ba`zida ostidagi a`zolargacha etib boradi. Birlamchi elementlargacha parchalanishi natijasida, limfa va qon aylanishi buzilishi, jarohat va trofik buzilishlarda yuzaga keladi.
Chandiq - zich biriktiruvchi to`qima, terini chuqur defektini to`ldiradi. Yangi chandiqlar qizil rangli bo`ladi. Vaqt o`tishi bilan rangi oqaradi.
Teri osti yog` qavati o`zgarishini pal`patsiya bilan aniqlash kerak. Agar teri osti yog` katlami qattiq bo`lsa, bu sklerema deyiladi. Teri osti yog` qavati qattiqligi bilan shish birga kuzatilsa, skleredema deyiladi.
Shishlar yuzda, qovoqda, oyoq-qo`llarda bo`lishi mumkin, umumiy shish bo`lsa anasarka deyiladi. Shish teriga bosilganda aniqlanadi, chuqurcha hosil bo`ladi, asta-sekin yo`qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |