Ritmik( sanoq-ohang) usuli.
Bu usul o‘qituvchi sanoq ostida harf va uning elementlarini yozish demakdir. Bu usuldan savod o‘rgatish davrida foydalanish mumkin.Sanoq-ohang usulining foydali jihatlari mavjud. Birinchidan, harflarning tekis yozishini ta’minlaydi.Ikkinchidan sekin yozadigan o‘quvchilarni tez va sinfdagi barcha o‘quvchi bilan barobar yozishga undaydi. Uchinchidan, o‘quvchilar aniq va dadil harakatlanish orqali ish bajaradi. To‘rtinchidan,sinfda darsni jonlantiradi.Bu usuldan butun dars davomida foydalanib bo‘lmaydi, chunki o‘quvchi charchab qoladi va yozuv sifati buziladi.
Ritmik usulni qo‘llashda asosan, harflarning asosiy elementi “bir”,”ikki”
,”uch”deb beriladi.Bu usulni qo‘llashda harf yoki elementlar avval sanoqsiz yoziladi so‘ngra sanoq ostida yozdiriladi.Sanoq-ohang yoki ritmik usuldan bo‘g‘in va so‘z,gaplami yozdirishda ham foydalaniladi.
Harf va ularning elementlarini tahlil qilish usuli.
Harf va uning elementlarini tahlil qilish turlicha amalga oshiriladi. Harflarni elementlarga ajratib tahlil qilish har bir harfning necha elementdan tuzilganligini, qanday shaklda ekanligini, bu elementlar boshqa harflar bilan bog’lanishida qanday ko‘rinishga ega bo‘lishini o‘quvchilar tasavvur etadilar. Ayrim harflar bir necha elementdan tashkil topgan bo‘lib ular bir butun shaklda yoziladi, ammo o‘qituvchi uning necha elementdan iboratligini eslatib
o‘tadi. kichik d harfining birinchi elementi to‘liq oval, ikkinchi elementi pasti halqali tayoqchadan iborat.Bu o‘rinda harfning necha elementdan iborat ekanligi eslatib o‘tiladi,harfni qo‘l harakatini uzmasdan yozish talab qilinadi.harakatini mashq qildirish usuli bolalarning charchagan a’zolarini damolishi yozuv sifatiga katta ta’sir etadi. 0’quvchilar dars jarayonida beriladi.
Qo‘l harakatini mashq qildirish usuli.
bajariladigan mashqlar oddiy bo‘lib, vaqt olishi’ o‘quvchining jismoniy jihatdan o‘sishiga ,qo‘l va barmoqlarning chiniqishiga, qaddi-qomatining to‘liq,erkin tutilishiga yordam berishi iozim. Yozuv darsida 8-10 daqiqa o‘tgandan
so‘ng o‘quvchilar betoqat bo‘lib charchash alomatlari ko‘zga tashlanadi.Mana shunday holatda o‘quvchilaming charchashlariga ahamiyat bermay ko‘pyozdirish natijasida o‘quvchi toliqadi, harakatlari sustlashadi, xati xunuklashadi,ko‘p xatoga yo‘1 qo‘yadi.Shu sababli charchashning oldini olish uchun vaqti-vaqti bilan jismoniy mashqlar o‘tkazib borish zarur.Jismoniy mashq izchil o‘tkazib borilsa,keyin esa yozishga kirishilsa,o‘quvchilarning ish qobiliyati tiklanadi va darsga qiziqishi ortadi.Xullas,ish faoliyati davrida qo‘l harakatini mashq qildiruvchi jismoniymashqlardan foydalanib turilsa, chiroyli yozuvga o‘rgatishning asosiyshartlaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |