5. Rasm asosida suhbat. O‘qituvchiko‘rgazmani harakatlanadiga qilib tayyorlasa, o‘o‘quvchilarda qiziqish uyg‘onadi, yangi mavzu oson o‘zlashtiriladi. Xattaxtaga bosma harflar bilan quyidagi matn yoziladi:
Kamol Komilaga kitob olib keldi. Komila kitobni oldi. U kitobni toza saqlashga so‘z berdi.
Bu gaplar bolalarga bo‘g‘inlab o‘qitiladi. O‘o‘quvchilar nutqini o‘stirish maqsadida quyidagi savollar beriladi:
1. Kamol kitobni qayerdan olgan?
2. U kitobni kimga sovg‘a qildi?
3. Komila nega xursand bo‘ldi?
4. Komila akasiga qanday va’da berdi?
Kartochkalarga bo‘g‘inlarga ajratib yozilgan so‘zlar o‘qitiladi.
6-MAVZU: TUG’ILGANDAN BOSHLAB 3 YOSHGACHA BO‘LGAN BOLALARNI O‘QISH VA SAVOD CHIQARISHGA TAYYORGARLIK MALAKALARINI EGALLASHI
Reja:
1. O‘qish va savodga tayyorlash malakasini egallash usullari
2. Tug’ilgandan boshlab 6 oylikkacha va 6 oydan 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarni o‘qish va savodga tayyorgarlik bosqichlari
3. 1 yoshdan 2 yoshgacha va 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarni o‘qish va savodga tayyorgarlik malakalarini egallashlari
TAYANCH IBORALAR : tayyorgarlik bosqichlari, muloqot vositasi, nutq rivojlanishi, indikator
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1.Maktabgacha yoshdagi bolalarga qo’yiladigan davlat talablari.-T.:Kvinta print. 2012-y.
2.“Bolajon” dasturi.- Toshkent: 2010-y.
3.Sh.A.Sodiqova “Maktabgacha pedagogika”. “Tafakkur sarchashmalari” T:. 2013.
4.G.Q. Jalolova ”Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash.”-T.: 2014
5.Boshlang‘ich sinflar “ O‘qish kitobi”ga yozilgan mеtodik qo’llanmalar.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, ,,Ta’lim to‘g‘risida “gi Qonuni, ,,Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni, ,,Maxsus ta’lim konsepsiyasi”, ,,Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiya, bilish nazariyasi nutq rivojlanishida amaliy faoliyat va muloqotning muhim roli, Sharq mutafakkirlarining bola tarbiyasi to‘g‘risidagi pedagogik qarashlari shuningdek umumiy va maxsus pedagogik olimlarning asarlari metadologik asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Til fikr bilan o‘sib borib, muloqot vositasini o‘taydi. Insonlar fikr almasha olmasalar edi, ular moddiy yashash sharoitini o‘zgartira olmas edilar. Faoliyat kishi dunyoqarashini kengaytiradi, o‘zligini anglashga, nutqni rivojlanishiga xizmat qiladi. Nutq va faoliyat uzviy va bir-biriga bog‘liq.
Bolalarda nutq rivojini ularni amaliy faoliyatlari bilan uzviy bog‘liqligi bosqich N.M.Aksarina, R.M.Boskis, V.V.Gerbova A.S.Zavgarodnaya, L.V.Zankov, R.V.Ivashkuvena, E.I.Tixiyeva kabi tadqiqotchilar fikrlar bildirganlar.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda nutq egallash sintezi davri alohida dolzarbligini hosil qiladi.
Bolalarda nutqning o‘sishi ularning atrofdagilar bilan muloqot jarayonida sodir bo‘ladi, L.S. Vigotskiy nutqni ijtimoiy muloqot vositasi sifatida talqin etadi. Bolaning kattalar bilan muloqoti uni o‘stirishda yetakchi kuch ekanligini ta’kidlab o‘tadi.
Nutqiy qobiliyat bolaning eng yosh davrda predmet amaliy faoliyatga kirishishida shakllanadi. Ko‘pgina olimlar, nutqiy qobiliyatni bola tomonidan kattalar nutqi va harakatlarini qabul qilish, ularga taqlid qilish, so‘zlarni tahlil qilish, umumlashtirish malakasi deb e’tirof etadilar. Nutqni rivojlantirish muloqot usulini rivojlantirishdir, muloqot jarayonida bola nutqiy so‘zni tovush tizimini o‘rganadi.
L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, D.B.El’konin, M.I.Lisina o‘z qarashlarida bolani nutqiy rivojlanishida uni kattalar bilan muloqoti muhimdir, deb ta’kidlaydi. Bu olimlar bolalarni kattalar bilan muloqotini o‘ziga xos xususiyatini o‘rganganlar.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy rivojlanish qonun-qoidalari bosqich tasavvurlar L.S.Vigotskiy, D.B.El’konin,A.A.Leontev, A.A.Peshkovskiy, L.V.Sherba, S.L.Rubinshteyn, V.V.Vinogradov, K.D.Ushinskiy, E.I.Tixeeva, E.A.Firina, A.F.Soxin ishlarida o‘z ifodasini topgan.
F.A.Soxin, G.P.Belyakova, G.A.Tumanova tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlari bolalarda dastlabki lingvistik tasavvurlarni shakllanishi jarayonini o‘rganishga qaratilgan. Bu tadqiqotlar natijasi so‘zni tovush tarkibi va gapning so‘z tarkibini anglash o‘rgatish bolani savolga o‘rgatishda asosiy omil hisoblanadi. Tilga yaxshi munosabat bilan qarashga o‘rgatadi. Bolalar nutqining yuqori madaniyati nutqning aniq puxta ifodaliligi shakllanadi. Bu izlanishlar nutqning rivojlanishi taqlid qilishga asoslangan, bola tomonidan ongli ravshda qabul qilishga yo‘naltirilgan jarayon ekanligini e’tirof etadilar. Ular nutqni rivojlanishida tilni ongli, faol egallash, nutqiy faoliyatini shakllantirish turadi, deb hisoblaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |