0 ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIXALQ TA’LIMI VAZIRINING
BUYRUG‘I
0 ‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini
oldini olish borasidagi chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha
Respublika maxsus komissiyasining 2022-yil 11-yanvardagi 92-sonli
yig‘ilishi bayoni ijrosi to‘g‘risida
0 ‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini
olish borasidagi chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus
komissiyasining 2022-yil 11-yanvardagi 92-sonli yig‘ilishi bayonida belgilangan
vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida
buyuraman:
1. 0 ‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini
oldini olish borasidagi chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika
maxsus komissiyasining (keyingi o‘rinlarda - Maxsus komissiya) 2022-yil
11-yanvardagi 92-sonli yig‘ilishi bayonida (keyingi o‘rinlarda - bayon) belgilangan
vazifalar vazir o‘rinbosarlari, departament, boshqarma va bo‘limlar, hududiy xalq
ta’limi boshqarmalari boshliqlari, vazirlik tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalar
direktorlari tomonidan rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Bayon bilan:
2022-yil 15-yanvardan 1-martga qadar vazirliklar, idoralar va boshqa davlat
tashkilotlari hamda xo‘jalik birlashmalarida mamlakatda amal qilayotgan karantin
cheklovlari sharoitida aholi salomatligini ta’minlash, mamlakatda epidemiologik
vaziyat barqarorligini saqlash maqsadida turli tadbirlarni (yig‘ilish, majlis, forum,
festival, konferensiya, bayram va boshqalar) tashkil etilishi taqiqlanganligi;
davlat organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va boshqa tashkilotlaming
xodimlari (salomatligi bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lgan xodimlar bundan mustasno)
koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinaning kamida 1-dozasi bilan emlanmagan
taqdirda, mazkur tashkilotlaming faoliyat yuritishi vaqtincha to‘xtatilishi
belgilanganligi;
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari bir hafta muddatda
xodimlarining koronavirusga qarshi emlanganligi holatini tahlil qilishi hamda
koronavirusga qarshi emlanmagan xodimlarni vaqtincha ishdan chetlatish choralarini
ko‘rish uchun shaxsan javobgar etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Inson resurslarini rivojlantirish boshqarmasi (A. Xasanov)ga:
vazirlik va tashkilotlar xodimlarini koronavirusga qarshi emlash bo‘yicha
tushuntirish ishlarini olib borish;
bir hafta muddatda xodimlarning koronavirusga qarshi emlanganligi holatini
tahlil qilish;
koronavirusga qarshi emlanmagan xodimlarni 0 ‘zbekiston Respublikasi
Mehnat kodeksining 113-moddasiga ko‘ra vaqtincha ishdan chetlatish (salomatligi
bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lgan xodimlar bundan mustasno) choralarini ko‘rish
vazifalari yuklatilsin.
4. Moliya departamenti (I.Siradjev):
umumta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun beriladigan qo‘shimcha ta’til
kunlari davomida ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog va boshqa xodimlar,
jumladan, mehnatiga soatbay haq toianadigan xodimlarga ish haqini to‘lab borish;
“Online-maktab” loyihasini davom ettirish bilan bog‘liq xarajatlarini respublika
budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshirish choralarini ko‘rsin.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq
ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalariga:
tashkilotlarga tegishli bino, inshoot va boshqa obyektlarda karantin cheklovlari
talablariga, shu jumladan, tibbiy niqobdan foydalanish talabiga qat’iy rioya etilishini
ta’minlash;
xodimlarni koronavirusga qarshi emlash bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib
borishi va xodimlar emlanishdan bosh tortgan taqdirda belgilangan tartibda ishdan
chetlatish choralarini ko‘rish vazifalari yuklatilsin.
6. Devonxona ushbu buyruqni bir kun muddatda tegishli tarkibiy bo‘linmalar,
hududiy xalq ta’limi boshqarmalari hamda vazirlik tasarrufidagi tashkilotlar
va muassasalarga yetkazilishini ta’minlasin.
6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.
Vazir
Toshkent sh.,
2022-yil
‘А
h ~
A Я
-son
V
OUA/O
'l
B. Saidov