zbekiston respublikasioliy va rta maxsus ta'lim vazirligi


-rasm. Tezkor-kuch yo’nalishiga xos mashqlar



Download 10,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/266
Sana31.12.2021
Hajmi10,34 Mb.
#249805
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   266
Bog'liq
021futbolnazariyasivauslubiyatipdf

85-rasm. Tezkor-kuch yo’nalishiga xos mashqlar 
Bu  mashq  mashg’ulotning  yaxlitlik  elementi  hisoblanganligini 
nazarda  tutib,  takrorlanishlar  soni  6-10  marta;  agar  mashg’ulotning
253


maqsadi 
tezkor-kuch 
sifatlarini 
takomillashtirish 
bo’lsa, 
unda 
takrorlanishlar sonini  20 tagacha ko’paytirish mumkin  va mashqlaming 
har biri  10 ta takrorlanish bilan 2 seriya bajariladi.
A  o’yinchi  to’p  bilan  jarima  maydoni  chizig’iga  joylashadi,  B 
o’yinchi  markaziy  aylanada.  A  yinchi  jarima  maydoni  chizig’idan 
maksimal tezlikda 20-25 metr masofaga 3,5-5 soniya vaqt sarflab to’pni 
olib yurishni bajaradi va B o’yinchiga qisqa uzatishni amalga oshiradi. B 
o’yinchi  bir  tegishda  A  o’yinchiga  ochiq joyga javob  uzatishni  (o’rta) 
bajaradi.  A o’yinchi orqaga burilib, 25-30 m masofaga to’pga maksimal 
tezlikda 4-5  soniya vaqt sarf qilib jadal  chiqishni bajaradi  va darbozaga 
zarba yo’llaydi. Mashq 8-10 soniyada bajariladi. Agar jarima maydonida 
5  ta  ftitbolchi  joylashgan  bo’lsa,  unda  takrorlanishlar  orasidagi  dam 
olish,  har  bir  futbolchi  uchun  1,5-2  daqiqa.  Pauzada -   d.h.  qaytish  va 
navbatdagi  urinishni  passiv  kutish.  Bu  mashq  yaxlitlik  mashg’ulot 
elementi hisoblanganligi uchun takrorlanishlar soni 6-10 martani tashkil 
qiladi. 
Agar 
mashg’ulotning 
maqsadi 
tezkor-kuch 
sifatlarini 
takomillashtirishga  yo’naltirilgan  bo’lsa,  unda  takrorlanishlar  soni  20 
tagacha  ko’payishi  mumkin  va  har  biri  10  tadan  takrorlab  2  seriya 
bajariladi.
A  va  B  o’yinchi  markaziy  aylanada;  A  o’yinchi  to’p  bilan.  V 
yinchi maydonning o’rta va yon chiziqlari kesishgan joyda. A o’yinchi
V o’yinchiga yurishda rtacha uzatishni amalga oshiradi.  Shu vaqtda B 
o’yinchi  70-75  m  masofaga  V  o’yinchi  orqasiga  tezlanishni  bajaradi, 
bunga  9-10  s  vaqt  sarflaydi;  undan  to’pni  qabul  qilib,  tezkorlikda  yon 
chiziq bo’ylab darboza chizig’igacha to’pni  olib  borada, o’yinchi  bunga 
yana  2-3  soniya  vaqt  sarflaydi.  Keyin  jarima  maydoniga  maqsadli 
uzatishni amalga oshiradi. A va V o’yinchilar tezkorlik bilan shu to’pga
254


yuguradilar  va  darbozaga  zarba  yo  llab  uni  yakunlaydilar.  A  o’yinchi 
40-45 m  masofaga 6-7  soniya, V o’yinchi 45-50 m masofaga 7-8  soniya 
vaqt sarflaydi. Bunda A o’yinchi uzoq shtangaga, V o’yinchi oldingisiga 
harakatlanadi. B yinchi uchun mashq fazalarining intensiv davomiyligi
11-13  soniyani,  V o’yinchi uchun -  9-11  soniya,  A o’yinchi  uchun -  8-
10  soniyani  tashkil  qiladi.  Bu  mashqda  9  ta  fiitbolchi  ishtirok  etadi. 
Mashqlar orasidagi dam olish pauzasi  1,5-2 daqiqa. Pauzada V o’yinchi 
A o’yinchining joyiga; A -  V o’yinchiningjoyiga; V esa B o’yinchining 
joyiga  o’tadi.  Mashq  mashg’ulotning  yaxlitlik elementi  hisoblanganligi 
uchun  takrorlanishlar  soni  6-10  martani  tashkil  qiladi.  Agar 
mashg’ulotning  maqsadi  tezkor-kuch  sifatlarini  takomillashtirishga 
yo’naltirilgan bIsa, unda takrorlanishlar soni  20 tagacha ko’paytirilishi 
mumkin va har biri  10 marta takrorlanish, 2 seriya bajariladi.
Anaerob-glikolitik  (tezkor  chidamkorlik)  yo’nalishidagi  mashqlar 
submak-simal  tempda  bajariladi  va  bir  martalik  ishga  30  soniyadan  3 
daqiqagacha vaqt sarf qilinadi,  mashqlar orasidagi  dam  olish vaqti 3-10 
daqiqa,  takrorlanishlar soni  3-6  daqiqa.  Bunday mashqlar namunasi  87, 
88, 89-rasmlarda ko’rsatilgan.
50x30 metrlik tg’ri to’rtburchakda har biri shaxsiy vasiylik bilan 2 
tegishda  5  o’yinchiga  qarshi  5  o’yinchi  mashqi.  0 ’yin  vaqti  davrlarga 
bo’lingan:  8 daqiqa o’yin -  3  daqiqa pauza; pauzada yurish, so’ng yana 
8  daqiqa  o’yin  -   3  daqiqa  pauza  va  h.k.  Vazifa  -   o’yinni  maksimal 
tempda ushlab turish. Bu mashqda har bir o’yinchi to’p bilan rtacha 2- 
3  s bladi, chunki tegishlar soni chegaralangan va bunga qo’shimcha -  
koordinatsion  murakkablik  -   shaxsiy  vasiylik.  Uzatishdan  keyin 
o’yinchi  uni  qayta  olish  uchun  ochilishi  kerak,  bunda  u  o’z  vasiysida 
ajralishi  lozim.  Shunday  qilib,  mashqni  yuqori  darajada bajarish  uchun 
har bir o’yinchi shu vaqt ichida to’p bilan  16 dan 24 martagacha bo’lishi
255


kerak yoki to’pni  olish  kabi  ochilish  uchun  ham  16  dan  24  martagacha 
tezlanish  va jadal  yugurishni  amalga  oshirishi  zarur.  Agar o’yinchi  10- 
13 metrga o’rtacha jadal yugurish va tezlanishni bajarsa, demak shu vaqt 
ichida  har  bir  o’yinchi  160  dan  240  m  masofani  tezkor  bo’laklarda 
yugurib  o’tgan  bo’ladi.  Mashg’ulotning  yaxlitlik  mazmunini  hisobga 
olib  takrorlanishlar  soni  3-4  martani  tashkil  qiladi;  lekin  mashg’ulot 
maqsadi  tezkor  chidamkorlikni  takomillashtirishga  yo’nalti-rilgan 
boMsa,  takrorlanishlar  soni  6-8  tagacha  ko’paytirilishi  mumkin  va  har 
biri takrorlanishlar 3-4 tadan 2 seriya bajariladi.
Maydonda  katta  darbozada,  darbozabon  bilan  4  o’yinchiga  qarshi 
o’yin  mashqi.  Birinchi  trtalik  hujum  qiladi,  qolgan  ikkitasi 
himoyalanadi.  Hujum  uchun  3  daqiqagacha  vaqt  ajratiladi.  To’p 
yo’qotilganda  yoki 
darbozaga 
zarba 
bajarilganda  hujumchilar 
himoyachilarga  aylanadi,  himoyachilar  esa  hujum-chilarga.  Hujum  tez 
amalga oshiriladi,  chunki  hujum  vaqti  chegaralangan.  Har bir  o’yinchi 
to’p  bilan  yoki  to’psiz  70  m  va  undan  ko’p  masofani  yugurib  o’tadi, 
bunga  15-20  s  vaqt  sarflanadi.  Zarba  bilan  yakunlanuvchi  mashq  30 
soniyadan 3 daqiqagacha davom etadi.  U futbolchining raqib himoyasini 
yorib  o’tib  darbozaga  zarbani  amalga  oshira  olishiga  bog’liqdir. 
Mashqlar  orasidagi  dam  olish  pauzasi  3  daqiqadan  oshmasligi  kerak. 
Pauzada  -   keyingi  hujumni  passiv  kutish.  Mashulotning  yaxlitlik 
mazmunini  inobatga  olib  takrorlanishlar  soni  10-12  martani  tashkil 
qiladi, 
lekin 
mashg’ulot 
maqsadi 
tezkor 
chidamkorlikni 
takomillashtirishga yo’naltirilgan bo’lsa,  u holda takrorlanishlar soni  20 
tagacha ko’paytirilishi mumkin va har bir takrorlanish  10 tadan 2 seriya 
bo’ladi.
A,  B  va  V  o’yinchilar jarima  maydoni  chizig’ida  joylashgan.  B 
o’yinchi  to’p  bilan,  u  yurishda V  o’yinchiga o’rtacha  uzatishni  amalga 
oshiradi.  V  o’yinchi  2-3  soniya  vaqt  sarf  qilib,  5-10  m  ga  jadal 
yugurishni bajaradi. To’pni olib diagonal bo’yicha 40-45  m masofaga A 
yinchiga  uzun  uzatishni  bajaradi,  bu  vaqtda  A  yinchi  tpga  qarab 
30-35  m  jadal  yugurishni  bajaradi.  Bunga  4-5  s.  vaqt  sarflanadi.  A 
yinchi  to’pni  qabul  qilib,  bir  tegishda  to’pga  50-60  m  (8-10  s  vaqt 
sarflab)  jadal  yugurishni  amalga  oshirgan  B  o’yinchiga  diagonal 
bo’yicha 40-45 metrga uzun uzatishni bajaradi.
256



Download 10,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish