Nisbiy kuchlaming yuksak darajasi kishi jadal harakatlarda qisqa
vaqt mobaynida shu kuchni namoyon qila olgandagina samarali bIadi.
Futbol amaliyotida bu, ayniqsa, to’pga zarba berilgandagina ko’zga
yaqqol tashlanadi. To’pni oyoq mushaklari o’ynab turgan futbolchi
mushakiari uncha ko’zga tashlanmayotgan o’yinchiga nisbatan kuchsiz
tepadigan hollar uchrab turadi. Bu, aftidan, mushaklararo koordinasiya
buzilganligi bilan bog’liq bo’lsa kerak. To’pga
zarba berilayotganda, son
orqa yuzasidagi mushak (mushak-antogonist) lar son oldi yuzasi
mushaklariga oyoq kaftini maksimal tezlik bilan oldinga "uzatib"
yuborishiga halaqit bermasligi uchun oyoq kafti to’pga tepish
oididangina harakatga qo’shiladi. Biroq katta salmoq bilan asta-sekin
bajarila-digan ishda ikkala guruh mushaklarining zo’riqishi to’pga zarb
berishdek to’satdan bajariladigan harakatga salbiy ta’sir etadi. U yoki bu
ixtisoslik bo’yicha kuchni oshirishda harakat tuzilishi o’xshashi zarur
ekanligi yana bir bor tasdiqlanadi.
Shunday qilib, futbolchilarda kuch va tezkorlikni uyg’unlashtirishga
erishish va bunda koordinasion imkoniyatlami yomonlashtirmaslik
hamda chidamlilikni ssaytirmaslikka erishish uchun trenirovkaning
shunday vosita va uslublaridan foydalanish zarurki, ular futboldagi
harakat faoliyati talablariga .muvofiq bo’lsin. Futbolchilarda kuch va
tezkorlikni tarbiyalashning eng oqilona vositalari bular o’rin bo’shatish
- yengib o’tish xarakteridagi kombinatsiyalashgan dinamik ishlardir.
Sakragandan keyin yerga kelib tushishdagi amortizasiya bunga
misol bo’ladi. Bu ishda son oldi yuzasidagi mushaklar cho’ziladi.
0 ’yin faoliyati jarayonida futbolchidan qisqa vaqt ichida kuch
namoyon qilish talab etiladi. Turli xil sakrash mashqlari (yugurib kelib
va turgan joyidan uzunlikka sakrash, klassik uch qatlab sakrash,
balandlikka sakrash va, ayniqsa chuqurlikka sakrash (bunda kishi 70-
110 sm balandlikdan sakraydi va shu zahoti qandaydir keyingi
harakatlami bajaradi) futbolchilaming maxsus "portlovchi" kuchlarini
oshimvchi samarali vositalardir.
Trenirovka jarayonida sportchi tayanch bilan qatnashishni tezroq
bajarishiga e’tibor qilish kerak. Chunki ko’pchilik harakat birliklari
sportchi uchun zarurat tug’ildi deguncha baravar ishga kirishishga
"o’rgatilishi", ya’ni mushaklar ichki koordinasiyasi yaxshbilanishi va
shu yo’l bilan mushaklaming ko’ndalang kesimini o’zgartirmay turib,
ulaming kuchliroq boMishiga erishish lozim.
Biroq trenirovkada chuqurlikka sakrash qoMlanilar ekan, bunda
sakrash balandligini asta oshirib borishni unutmaslik (ammo 110
144
santimetrdan oshir-maslik) zarur, aks holda amortizatsiya fazasi ancha
ortib ketib, kuchning maksimal kattaligiga yomon ta’sir ko’rsatishi
mumkin. Tadqiqotlar dinamik kuch trenirovkasi o’rin bo’shatish -
yengib o’tish xarakteridagi mashqlar bilan birgalikda statik kuchga
nisbatan dinamik kuchning o ’sishiga
ijobiy ta’sir qiJishini krsatadi.
Chunki bu holda ham, odatda, mushaklaming musobaqa paytidagiga
o’xshash ish rejimi qo’llaniladi. Bu vaqtda kuch potensialigina yuqori
darajaga ko’tarilmay, balki fiitbol o’yiniga xos maxsus morfologik va
bioximik adaptasiya ham ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: