2-modda. Ma’muriy nazoratning asosiy vazifasi
Ma’muriy nazoratning asosiy vazifasi jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan
ayrim toifadagi shaxslar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish maqsadida
ularga yakka tartibda profilaktik ta’sir ko‘rsatishdan iboratdir.
3-modda. Ma’muriy nazorat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Ma’muriy nazorat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun
hujjatlaridan iborat.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining
ma’muriy nazorat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar
belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |