Zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism


II bob. Sog‘liqqa qarshi jinoyatlar



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/330
Sana22.09.2021
Hajmi1 Mb.
#181658
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   330
Bog'liq
JK

II bob. Sog‘liqqa qarshi jinoyatlar 
104-modda. Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish 
Sodir  etilayotgan  paytda  hayot  uchun  xavfli  bo‘lgan  qasddan  badanga  og‘ir  shikast  yetkazish 
natijasida  ko‘rish,  so‘zlash,  eshitish  qobiliyatini  yo‘qotish  yoxud  biron  a’zoning  ishdan  chiqishi  yoki 
uning  faoliyati  tamoman  yo‘qolishiga,  ruhiy  holatining  buzilishiga  yoki  sog‘lig‘ining  boshqacha  tarzda 
buzilishiga,  umumiy  mehnat  qobiliyatining  o‘ttiz  uch  foizidan  kam  bo‘lmagan  qismining  doimiy 
yo‘qolishiga  yoki  homilaning  tushishi  yoxud  badanning  tuzalmaydigan  darajada  xunuklashishiga  sabab 
bo‘lsa, — 
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum 
qilish bilan jazolanadi. 
Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish: 
a) homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan; 
b)  o‘z  xizmat  yoki  fuqarolik  burchini  bajarishi  munosabati  bilan  shaxsga  yoki  uning  yaqin 
qarindoshlariga nisbatan; 
v) o‘ta shafqatsizlik bilan; 
g) ommaviy tartibsizliklar jarayonida; 
d) tamagirlik niyatida; 
e) bezorilik oqibatida; 
j) millatlararo yoki irqiy adovat zamirida; 
z) diniy taassublar zamirida; 
i)  kishi  a’zolarini  kesib  olib,  boshqa  kishiga  ko‘chirish  (transplantat)  yoki  murdaning 
qismlaridan foydalanish maqsadida; 
k) bir guruh shaxslar tomonidan; 
l)  qurolni  yoki  sovuq  qurol  sifatida  foydalanilishi  mumkin  bo‘lgan  ashyolarni  ishlatib  sodir 
etilgan bo‘lsa, — 
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 
Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish: 
a) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan; 
b) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 
97-moddasida 
nazarda tutilgan tarzda 
qasddan odam o‘ldirgan shaxs tomonidan; 
v) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan; 
g) uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoki shu guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa; 
d) jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lsa, — 
sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   330




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish