100-modda. Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o‘ldirish
Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o‘ldirish —
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
101-modda. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari
chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o‘ldirish
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga
chiqib, qasddan odam o‘ldirish —
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |