189-modda. Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish
Tovarlar savdosi yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini juda ko‘p miqdordagi qiymatda buzish —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki
ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik
muddatda savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalari buzilishining oqibatlarini bartaraf etgan va yetkazilgan
moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |