186
3
-modda. Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni
o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori
vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya
qilish, shuningdek tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini
retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish
Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida
ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, shuningdek dori vositalarini yoki tibbiy
buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, shunday harakatlar
uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) ko‘p miqdorda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
g) mansab mavqeyini suiiste’mol qilish yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa;
d) badanga o‘rtacha og‘ir yoxud og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa;
e) dori vositalari yoki tibbiy buyumlarning sifati va davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi
hujjatlarni qalbakilashtirish yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa;
v) odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa;
b) boshqacha og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha
chakana realizatsiya qilish tartibini buzish, shunday harakat uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin
yoki ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |