185-modda. Qimmatbaho metallar yoki toshlarni topshirish qoidalarini buzish
Yer ostidan qazib olingan qimmatbaho metallar yoki toshlarni davlatga topshirish qoidalarini
buzish, davlatga ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan
huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha
axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |