184
1
-modda. Budjet va smeta-shtat intizomini buzish
Moliya yilida budjet va smeta-shtat intizomini buzish ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha
majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish juda ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima
yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish
ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |