92-modda. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llashning umumiy asoslari
Ijtimoiy xavfli qilmishni aqli norasolik holatida sodir etgan yoki hukm chiqarilguniga qadar
yoxud jazoni o‘tash vaqtida o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara
olmaydigan tarzda ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxsga nisbatan, agar u o‘zining ruhiy holati
va sodir etgan qilmishining xususiyatiga ko‘ra jamiyat uchun xavf tug‘dirsa, sud tomonidan tibbiy
yo‘sindagi majburlov choralari tayinlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |