Zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism


-modda. Ozodlikdan mahrum qilish



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/330
Sana22.09.2021
Hajmi1 Mb.
#181658
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   330
Bog'liq
JK

50-modda. Ozodlikdan mahrum qilish 
Ozodlikdan  mahrum  qilish  mahkumni  jamiyatdan  ajratib  jazoni  ijro  etish  koloniyasi  yoki 
turmaga joylashtirishdan iboratdir. 
Ozodlikdan  mahrum  qilish  bir  oydan  yigirma  yilgacha  muddatga  belgilanadi,  ushbu 
moddaning 
uchinchi qismida 
nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 
Uzoq  muddatli  ozodlikdan  mahrum  qilish  yigirma  yildan  ortiq,  lekin  yigirma  besh  yildan  ko‘p 
bo‘lmagan  muddatga  belgilanadi  va  faqat  javobgarlikni  og‘irlashtiradigan  holatlarda  qasddan  odam 
o‘ldirish (97-moddaning 
ikkinchi qismi
) va terrorizm (155-moddaning 
uchinchi qismi
) uchun tayinlanishi 
mumkin. 
Uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi ayolga, o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat 
sodir etgan shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan tayinlanishi mumkin emas. 
Ozodlikdan mahrum qilish ushbu Kodeksning 
60-moddasida 
nazarda tutilgan bir necha jazolarni 
qo‘shish tartibida tayinlanganda, uning muddati yigirma besh yilgacha belgilanishi mumkin. 
Ozodlikdan  mahrum  etishga  hukm  qilinayotgan  ayollarga  hamda  oltmish  yoshdan  oshgan 
erkaklarga  nisbatan  tayinlanayotgan  jazo  muddati  ushbu  Kodeks 
Maxsus  qismining 
tegishli  moddasida 
nazarda  tutilgan  ozodlikdan  mahrum  etish  eng  ko‘p  muddatining  uchdan  ikki  qismidan  ortiq  bo‘lishi 
mumkin emas. 
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan erkaklarga nisbatan: 
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyati, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyati uchun va 
qasddan  uncha  og‘ir  bo‘lmagan  jinoyat  sodir  etganlik  uchun  ozodlikdan  mahrum  etishga  hukm 
qilinayotganlarga nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda; 
b)  qasddan  og‘ir  jinoyat  sodir  etganlik  va  o‘ta  og‘ir  jinoyati  uchun  birinchi  marta  ozodlikdan 
mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda; 


v) ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tab 
chiqib  yoki  o‘tayotgan  chog‘ida,  qasddan  yangi  sodir  etgan  jinoyati  uchun  hukm  qilinayotganlarga 
nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda; 
g)  o‘ta  xavfli  retsidivistlarga  nisbatan  jazoni  maxsus  tartibli  koloniyalarda  o‘tash  tayinlanadi. 
Umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilganlar, shuningdek afv etish tartibida umrbod ozodlikdan 
mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar ham jazoni maxsus tartibli 
koloniyalarda o‘taydilar. 
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan ayollarga nisbatan: 
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlarga hamda 
qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlarga nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda; 
b) og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat uchun jazoni umumiy tartibli koloniyalarda; 
v) ilgari ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tab chiqib, yangi sodir etgan o‘ta og‘ir 
jinoyati  uchun  hukm  qilinayotganlarga,  shuningdek  o‘ta  xavfli  retsidivist  deb  topilganlarga  nisbatan 
jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash tayinlanadi. 
Turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish, jazoning muayyan qismiga, lekin besh 
yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga: 
a) o‘ta xavfli retsidivistlarga; 
b) og‘ir  yoki  o‘ta og‘ir jinoyati uchun besh  yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum  etishga 
hukm qilingan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin. 
Ijtimoiy  xavfi  katta  bo‘lmagan  jinoyat  sodir  etganlik,  ehtiyotsizlik  oqibatida  jinoyat  sodir 
etganlik  va  qasddan  uncha  og‘ir  bo‘lmagan  jinoyat  sodir  etganlik  uchun  ozodlikdan  mahrum  etish 
tariqasidagi  jazo  homilador  ayollarga  va  uch  yoshga  to‘lmagan  bolalari  bor  ayollarga  nisbatan, 
shuningdek 
qonun  hujjatlariga 
muvofiq  yoshga doir pensiyaga  chiqish huquqiga  ega bo‘lgan shaxslarga 
nisbatan tayinlanmaydi. 
Sud tomonidan jazoni manzil-koloniyada o‘tashi tayinlangan mahkum saqlash rejimini ashaddiy 
buzuvchi deb topilgan taqdirda, sud uni jazoning o‘talmagan qismi muddatiga umumiy tartibli koloniyaga 
o‘tkazadi. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   330




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish