ETTINChI BO‘LIM HARBIY XIZMATNI O‘TASh TARTIBIGA QARShI JINOYATLAR XXI bob. Bo‘ysunish va harbiy sha’nga rioya etish tartibiga qarshi jinoyatlar 279-modda. Bo‘ysunmaslik Bo‘ysunmaslik, ya’ni buyruqni bajarishdan ochiqdan-ochiq bosh tortish, shuningdek, buyruqni
boshqa tarzda qasddan bajarmaslik —
ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish bilan
jazolanadi.
O‘sha qilmish:
a) bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa;
b) og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.