228
1
-modda. Davlat proba tamg‘alarini tayyorlash va ulardan foydalanish qoidalarini
buzish
G‘arazgo‘ylik yoki boshqa shaxsiy manfaatlarni ko‘zlab davlat proba tamg‘asini qonunga xilof
ravishda tayyorlash, o‘tkazish yoki undan foydalanish, shuningdek uni qalbakilashtirish —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha
majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) takroran;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha
axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |