192
8
-modda. Tadbirkorlik subyektlarining hisobvaraqlarida pul mablag‘lari mavjudligi
to‘g‘risidagi axborotni qonunga xilof ravishda talab qilib olish
Qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hollarda tadbirkorlik subyektlarining hisobvaraqlarida pul
mablag‘lari mavjudligi to‘g‘risidagi axborotni talab qilib olish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo
qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson
soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |