Zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/330
Sana22.09.2021
Hajmi1 Mb.
#181658
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   330
Bog'liq
JK

186
3
-modda.  Sifatsiz  yoki  qalbakilashtirilgan  dori  vositalarini  yoxud  tibbiy  buyumlarni 
o‘tkazish  maqsadida  ishlab  chiqarish,  tayyorlash,  olish,  saqlash,  tashish  yoki  o‘tkazish,  dori 
vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya 
qilish,  shuningdek  tarkibida  kuchli  ta’sir  qiluvchi  moddalar  mavjud  bo‘lgan  dori  vositalarini 
retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish 
Sifatsiz  yoki  qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish  maqsadida 
ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, shuningdek dori vositalarini yoki tibbiy 
buyumlarni  dorixonalardan  va  ularning  filiallaridan  tashqarida  realizatsiya  qilish,  shunday  harakatlar 
uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, — 
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch 
yilgacha  axloq  tuzatish  ishlari  yoki  ikki  yildan  besh  yilgacha  ozodlikni  cheklash  yoxud  besh  yilgacha 
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 
O‘sha harakatlar: 
a) ko‘p miqdorda; 
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; 
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; 
g) mansab mavqeyini suiiste’mol qilish yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa; 
d) badanga o‘rtacha og‘ir yoxud og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa; 
e) dori vositalari yoki tibbiy buyumlarning sifati va davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi 
hujjatlarni qalbakilashtirish yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, — 
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 
O‘sha harakatlar: 
a) juda ko‘p miqdorda; 
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa; 
v) odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, — 
sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 
O‘sha harakatlar: 
a) odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa; 
b) boshqacha og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, — 
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 
Tarkibida  kuchli  ta’sir  qiluvchi  moddalar  mavjud  bo‘lgan  dori  vositalarini  retsept  bo‘yicha 
chakana realizatsiya qilish tartibini buzish, shunday harakat uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin 
yoki ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, — 
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch 
yilgacha  axloq  tuzatish  ishlari  yoki  ikki  yildan  besh  yilgacha  ozodlikni  cheklash  yoxud  besh  yilgacha 
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   330




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish