Joylashtirish vositalari soni
Joylashuv vositalari soni jami 1 188 tadan iborat boʻlib, shundan 833 tasi – mehmonxonalar, 214 tasi – hostellar va 141 tasi shunga oʻxshash boshqa turdagi obyektlarda oʻrnatildi.
Bundan tashqari, 2019-yilda joylashuv vositalari soni sifatidagi xona zaxirasi boʻlgan turar joylar soni 26 147 taga yetdi.
2019-yilda turoperatorlarning soni 1448 taga yetdi, bu 2018-yilga nisbatan 983 taga koʻp deganidir.
Vizasiz rejim joriy etilgan davlatlarning umumiy soni
Vizasiz rejim joriy etilgan davlatlar soni 2018-yilda 18 ta, 2019-yilda 65 taga, 2020-yil 86 ga yetdi. 2021-yil 15-mart holatiga koʻra, fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasida vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlar soni 90 tani tashkil qiladi. Shuningdek, 77 mamlakat fuqarolari uchun elektron vizalar olish imkoniyati yaratildi, 109 davlat fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasida yashash huquqi berildi.
Ikki tomonlama xalqaro shartnomalar va tenglik asosida Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (MDH) ishtirokchilari uchun, xususan, 10 ta davlat, Ozarbayjon Respublikasi, Gruziya, Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozogʻiston Respublikasi, Moldova Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina (cheklanmagan), Qirgʻiziston Respublikasi (60 kungacha) va Tojikiston Respublikasi (30 kungacha) bilan ikki tomonlama vizasiz rejim oʻrnatilgan.
Vizasiz rejim sanab oʻtilgan mamlakatlarning fuqarolariga, ularning safar maqsadlaridan qatʼi nazar Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan barcha toifadagi pasport (diplomatik, xizmat va umumfuqarolik) egalariga nisbatan qoʻllaniladi.
Mamlakatga kirish uchun shaxs amaldagi milliy pasport yoki xorijiy mamlakatlarga safar vaqtida qoʻllaniladigan, uning oʻrnida oʻtadigan amal qilish muddati kamida 6 oyni tashkil qilishi kerak boʻlgan boshqa hujjatga ega boʻlishi kerak.
Mamlakat turizm salohiyatini dunyo jamoatchiligi orasida keng targʻib etish maqsadida АQSh, Yaponiya, Germaniya, Italiya, Xitoy, Indoneziya, Rossiya va boshqa mamlakatlardan jami 30 ta OАVning 160 dan ortiq vakillari tashrifi tashkillashtirildi.
Oʻzbekistonga sayyohlarni jalb etishda turli ommaviy-madaniy koʻngilochar tadbirlar ahamiyatini hisobga olib, oʻtgan yildan boshlab har bir hududning oʻziga xosligidan kelib chiqqan holda turli ommaviy tadbirlar tashkil etildi. Jumladan:
Birinchi marotaba tashkil etilgan Ziyorat turizmi forumi (Buxoro viloyati);
Baxshichilik sanʼati festivali, Аrxeologiya forumi (Surxondaryo viloyati);
Bahodirlar oʻyini (Xorazm viloyati);
– “Moʻynoq” avtoralli, “Stixiya” musiqa festivali (Qoraqalpogʻiston Respublikasi);
MDH turizm yarmarkasi, (Samarqand viloyati);
Geoturizm forumi, Аnor festivali (Qashqadaryo viloyati);
Elektron musiqa festivali, Gastronomik festival, “World Influencers Congress” (Toshkent shahri).
Do'stlaringiz bilan baham: |