VII. Insonparvar – inson zotiga faqat yaxshiliklar qilishni o`ylovchi. Insonparvarlik fazilati, inson zotiga uning irqidan, millatidan, jinsi va yoshidan qat`iy nazar, doimo g`amxo`rlik qilish tushuniladi.
IX. Baynalmilal – boshqa millatlarni o`zining millati qatorida hurmat qiluvchi. Baynalmilallik fazilati umuminsoniy ijtimoiy qadriyat bo`lib, bunda kishi boshqa xalq va millatlarning o`ziga xos ma`naviyatini, urf-odat, san`ati va madaniyatini hurmat qilish tushuniladi. Bu fazilat jahonda tinchlik va totuvlik o`rnatilishiga, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotga hamda siyosiy barqarorlikka ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
X. Jasorat – har bir ishga qo`rqmasdan kirishib, oxiriga yetkazuvchi. Jasurlik fazilati insonning faoliyati jarayonida uchraydigan to`siqlar, qiyinchiliklar, hatto xavf-xatarlardan qo`rqmay o`z yo`lida maqsadi sari mardonavor harakat qilish bilan bog`langan mazkur fazilat har qanday faoliyatni yakuniga yetkazishning asosiy omilidir.
MA`NAVIY-AXLOQIY TARBIYA MAZMUNI
Do'stlaringiz bilan baham: |