2. Ko’paytirish va bo’lishning maxsus hollari.
a) 1 ga ko‟paytirish va bo‟lish
Masalan: 1 · 6, 1 · 8 sonlarning ko‟paytmasini qo‟shish bilan topish o‟rgatiladi.
1 · 6 = 1 + 1 + 1 + 1 + 1 + 1 = 6
Bunda bolalar bir soni ikkinchi ko‟paytuvchida qancha bir bo‟lsa, shuncha marta
qo‟shiluvchi qilib olinishini va ko‟paytmada har doim II ko‟paytuvchiga teng son
bo‟lishini ko‟radilar va birni har qanday songa ko‟paytirishda ko‟paytmada shu son
hosil bo‟ladi va qoidani xarflar yordamida 1 · a = a deb yozadilar. 1 ga ko‟paytirish
qoidasini maxsus hol sifatida kiritib, bu holni ko‟paytirishning o‟rin almashtirish
xossasi orqali tushuntiriladi. 6 · 1 ni topish uchun 1 · 6 = 6 dan foydalaniladi. SHu
sababli 6 · 1 = 1 · 6 = 6. Ko‟paytirish bilan bo‟lish orasidagi bog‟anish asosida sonni
1 ga bo‟lish qoidasi kiritiladi, ya‟ni 6 : 1 = 6 chunki 1 · 6 = 6. 8 : 1 = 8 chunki 1 · 8 =
8 va umuman a : 1 = a chunki 1 · a = a
b) SHu bilan birga nolni ko‟paytirish va nolni bo‟lish holi ham ko‟rsatiladi.
Masalan: 0 · 5 = 0 + 0 + 0 + 0 + 0 = 0
Bundan nolni har qanday songa ko‟paytirilganda nol chiqadi deb va qoidani
xarflar yordamida yozish ya‟ni 0 · V = 0 ham o‟rgatiladi, so‟ngra nolni nolga teng
bo‟lmagan har qanday songa bo‟lish holi ko‟paytirish amalining komponentlari bilan
natijasi orasidagi bog‟lanishni bilganlik asosida o‟rgatiladi.
Masalan: 0 : 5 da o‟quvchilar bilan bunday mulohaza yuritiladi. 0 ni 5 ga bo‟lish
uchun shunday sonni topish kerakki, uni 5 ga ko‟paytirganda 0 chiqsin. Bu son
noldan iborat chunki 0 · 5 = 0 demak 0 : 5 = 0. Demak, nolni nolga teng bo‟lmagan
har qanday songa bo‟lishdan 0 chiqadi, degan xulosaga kelinadi va 0 : a = 0 deb
yoziladi. Berilgan sonni nolga bo‟lish mumkin emas, chunki bo‟linmada har qanday
son olinganda ham uni nolga ko‟paytirilsa son emas, 0 chiqadi. 3 : 0 ....
v) 10 ni bir xonali songa ko‟paytirishni bunday tushuntiriladi.
10 ni 5 ga ko‟paytirish uchun 1 o‟nni 5 ga ko‟paytirish kerak, u 5 o‟n yoki 50
chiqadi. Nol bilan tugaydigan 2 xonali sonni 10 ga bo‟lishda ko‟paytirish amali
komponentlari bilan natijasi orasidagi bog‟lanishdan foydalaniladi 50 : 10 ni topish
uchun 10 ga ko‟paytirganda 50 hosil bo‟lsin, bu 5 demak 50 : 10 = 5.
29
3. 2, 3, .... 9 ni bir xonali songa ko‟paytirish va bo‟lishning jadval hollari
taxminan bir xil reja asosida o‟rgatiladi. Bunda jadvalning har bir holini o‟rganish
ishi o‟zgarmas birinchi ko‟paytuvchi bo‟yicha jadval tuzishdan boshlanadi. Natijani
topish uchun har xil usullardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |