Boshlang‟ich sinf o‟quvchilarida og‟zaki va yozma hisoblash ko‟nikmalarini
tarkib toptirish matematika dasturining yo‟nalishlaridan biri. Arifmetik amallarni
17
o‟rganishda oldin bolalar ongiga uning ma‟nosini, mazmunini etkazish kerak. Bu ish
predmetlarning har xil to‟plamlari bilan amaliy ishlar bajarish asosida o‟tkaziladi.
O‟quvchilarni qo‟shish va ayirish amallarining ma‟nosi bilan tanishtirish ikki to‟plam
elementlarini birlashtirishga oid va berilgan to‟plamdan uning qismlarini ajratish kabi
amaliy operasiyalar asosida olib boriladi. Ko‟paytirish amalini o‟rganishda bir nechta
teng sonli to‟plamlarni amalda birlashtirish bilan cheklanadi. Ko‟paytirish uning
komponentalari bilan natijasi orasidagi bog‟lanishlarni o‟rganish o‟z navbatida
bo‟lish amaliy o‟rganish uchun asos bo‟lib xizmat qiladi. Har xil (og‟zaki va yozma)
hisoblash usullarining ongli o‟zlashtirilishi uchun dastur arifmetik amallarning ba‟zi
muhim xossalari va ulardan kelib chiqadigan natijalar bilan tanishtirishni nazarda
tutadi. Masalan: 1-sinfda 10 ichida qo‟shish va ayirishni o‟rganishda bolalar
qo‟shishning o‟rin almashtirish xossasi bilan tanishadilar. YUz ichida qo‟shish va
ayirishni o‟rganishda sonni yig‟indiga qo‟shish va yig‟indini songa qo‟shish
ayirmaning asosiy xossasidan chiqadigan natijalar bo‟lmish yig‟indidan sonni ayirish
va yig‟indini sondan ayirish bilan tanishadilar. O‟rganilgan xossa va qoidalar
hisoblashlarni soddalashtirish imkonini beradi. Masalan qo‟shiluvchilar o‟rinlarini
almashtirish usuli, 3+6, 2+8 ni hisoblashlarni engillashtiradi. Dastur arifmetik
amallarning xossalarini o‟rgatishdan tashqari bolalarni arifmetik amallar orasidagi
mavjud bog‟lanishlar va amal hadlari va uning natijalari orasidagi munosabatlar bilan
tanishtirishni nazarda tutadi. Bu bilimlarning hammasidan hisoblashlarda va amallar
to‟g‟ri bajarilganini tekshirishda foydalaniladi. Masalan: ko‟paytirish amalining
komponentalari bilan natijasi orasidagi bog‟lanishlarni bilganlikka tayanib, har bir
ko‟paytirish holi asosida bo‟lishning tegishli xossalarini hosil qiladilar. Agar 6 · 4=24
bo‟lsa, u holda 24 : 6 = 4, 24 : 4 = 6. Arifmetik amallarni o‟rganishdagi navbatdagi
masalalar og‟zaki va yozma hisoblash usullaridan ongli foydalanish asosida
o‟quvchilarda hisoblash ko‟nikmalarini shakllantirish bilan bog‟liqdir. Og‟zaki
hisoblashning asosiy ko‟nikmalari 1–2-sinflarda shakllanadi. 2-3- sinfda yozma
hisoblashlar ustida ish boshlanadi. SHu bilan birga yozma hisoblashlarda og‟zaki
hisoblash ko‟nikmalari takomillasha boradi, chunki og‟zaki hisoblashlar yozma
hisoblash jarayoniga tarkibiy element sifatida kiradi. Og‟zaki hisoblash
ko‟nikmalariga ega bo‟lish yozma hisoblashlarni ko‟proq, muvaffaqiyatli bajarishni
ta‟minlaydi. Og‟zaki hisoblash usullari ham yozma hisoblash usullari ham amallar
xossalari va ulardan kelib chiqadigan natijalarni amallar komponentalari bilan
natijalari orasidagi bog‟lanishlarni bilganlikka asoslanadi. Ammo og‟zaki va yozma
hisoblash usullarining farq qiluvchi xossalari ham bor.
Do'stlaringiz bilan baham: