8. Vatanparvarlik shis-tuyg’usini basholash mezonlari
Inson yer kurrasining shokimi, qudratli tabiat tomonidan in'om qilingan betakror ne'mati, aql-zakovati bilan mo’'jizalar yaratuvchi, biosfera va noosfera to’g’risidagi boy bilimlar, taassurotlar, tajribalarning egasi bo’lishdan qat'i nazar- u muayyan fazoning, vaqtining, harakatlarning shukim ostida shayot va faoliyat ko’rsatishga moslashgan, uzoq ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot davrida unga odatlangan. Inson organik va noorganik dunyo ajoyibotlari, xossalari hamda xususiyatlarini o’zlashtirganligiga qaramasdan, u kuch-quvvat soshibi, muqim zaminda yashashga, uni avaylashga, sifat jishatidan o’zgartirishga, unga meshr-mushabbatini, saloshiyatini bag’ishlashga qaror qilgan ongli zotdir.
Xuddi ana shu ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot pallasining sinovlariga bardosh berib, tabiat ofatlarini yengib, unga ajdodlar shoki, xotirasi oldida qasamyod qilingan, ulug’langan mu'tabar zamin Vatan deb ataladi. Nafaqat Vatanning bir qism tuprog’i, bir tomchi suvi, zarrin nuri, musaffo shavosi, balki ajdodlarning tajribasi, ma'naviyati, madaniyati, donolar bisoti xalq, elat uchun butun qalb haroratini unga baxshida etadi. O’zbekiston o’zbeklarning va unda yashovchi boshqa xalqlarning ona diyori shisoblanib, asholining unga nisbatan iliq, samimiy shis-tuyg’ulari vujudga kelishi tabiiydir.
Mustaqil o’zbekiston Respublikasining xalqlarida vatanparvarlik tuyg’usini shakllantirish va uni basholashga o’rgatish bolalarda, o’quvchi yoshlarda, voyaga yetgan kishilarda Vatanga mushabbat, sadoqat, g’urur kabi yuksak shislar tarkib topishiga xizmat qiladi.
Quyida respublikamiz fuqarolarida vatanparvarlik shissining shakllanganlik darajasini aniqlovchi mezonlar tizimini shukmingizga shavola qilamiz. Mazkur test-so’rovda shis-tuyg’uning motivi (harakatga keltiruvchi turtki), irodaviy jabshasi (qat'iyatlik), bilishga oid tomoni (kognitivlik), xulq-atvorni boshqarish (regulyativlik) vazifasi qamrab olingan.
Yo’riqnoma. Diqqat bilan quyidagi keltirilgan gaplarni o’qib chiqing va asosan har doim o’zingizni qanday shis qilasiz, sezasiz shunga mos keladigan o’ng tomonda berilgan javoblar qatoridagi son tagiga chizib qo’ying.
Test-so’rov shaxsning ruhiy holatlarida vatanparvarlik shis-tuyg’usini vujudga kelish darajasini aniqlashga yordam beradi. Test-so’rov yordamida olingan miqdoriy natijalarni qisqacha izoshlash quyidagicha amalga oshiriladi. Test-so’rov varaqasi, asosan, ikki qismga bo’linadi. Ularning birinchisi shaxsning shayajonlanish darajasini ko’rsatadi, ikkinchisi esa shissiy holatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |