7. Shaxs fidoyilik tuyg’usini psixologik basholash
Umumiy psixologiya asoslarini puxta egallash orqaligina har bir shaxsda yuksak shis-tuyg’ular, mehnatga ijobiy munosabat, ijtimoiy faollik, komfort shislarini shakllantirish mumkin. o’zini o’zi anglash va milliy ongni qaror toptirish orqali mehnatsevar, vatanparvar, fidoiy insonlarni tarkib toptirish lozim. Bozor iqtisodiyotining birmuncha murakkab mexanizmlari qay yo’sinda ishlashini tushunib yetish, muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsata olish uchun nimalar qilish zaruratini anglash, unga to’g’ri yo’l topa bilish shaxsdan muayyan yuksak tuyg’u hamda xislatni taqozo etadi.
Hozirgi ijtimoiy mushitda shaxslararo munosabatlar silsilasida "birdamlik ruhi" va "mushtaraklik tuyg’usi" singari hamkorlik faoliyatini yo’lga qo’ishning samarali usullari va uslublari psixologiya fanida ishlab chiqilshiga qaramay, bugungi kun talabiga javob beradiganlari yetarli emas.
Umumiy psixologiya fanida xalq xo’jaligi tarmoqlarini tashkil qilish va ularni boshqarish jarayonida "inson-texnika" tizimdan tashqari ("inson-tabiat", "inson-obraz" singari yondashish bundan istisno) munosabatlari muhim ahamiyat kasb etish, ularning tashlili ko’p jishatdan empirik, amaliy, miqdoriy, tatbiqiy ma'lumotlarga asoslanishi muayyan darajada yoritilganligiga qaramay, Hozirgi davrda "inson-inson", "inson-jamoa", "jamoa-inson", "jamoa-jamoa" munosabatlarining boshqaruv imkoniyatlarini tekshirish talab qilinadi.
Xo’jalikni boshqarishning yangi qonuniyatlari, mexanizmlari, omillari ijtimoiy manbalari, shaxslararo munosabat usullari, yakka shaxsning ijtimoiylashuvi xossalari, rashbar va tobe kishilar o’zaro muomalasining maromi, nizoli vaziyatlarning oldini olish, mazkur jarayonda iliq psixologik mushitning roli, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning imkoniyatlariga doir empirik va metodologik materiallar to’plashning qulay hart-haroiti yuzaga keladi.
Shuni aloshida ta'kidlab o’tish joizki, xo’jalik yoki muassasini boshqarish uchun rashbar quyidagilarga asoslanishi kerak:
-demokratik desentralizm (mashalliy boshqaruv ustunvorligi);
-boshqaruvda yakkaboshchilik;
-siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy, ma'rifiy ma'muriyatda xo’jalik yuritishning birligi;
-xo’jalik shisobining oqilligi;
-ommaning boshqaruv jarayonida faol qatnashuvi;
-hamkorlik faoliyatining ishtirokchilarini ma'naviy va moddiy jishatdan rag’batlantirish;
-kadrlarni tayyorlash, tanlash va joylashtirish jarayonlarida psixodiagnostikaga asoslanish.
Mehnat va ta'lim jarayonlari boshqaruv predmeti hamkorlik faoliyatida shaxsning xulqiga va ongiga guruhiy ta'sir o’tkazishning xususiyatlarini, rashbar bilan ijrochi o’rtasidagi muomala maromini tekshirish, shaxslararo munosabatlar bosqichlari, shakllari va ruhiy mushitni ta'minlash mexanizmlari tadqiq etishdir. Xuddi shu sababdan shaxs xislatlarini o’lchash tizimini yaratish dolzarb muammolardan bir shisoblanib, ularning ayrim ko’rinishlarini amaliyotga tavsiya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Shaxsning fidoiyligi jamiyat taraqqiyoti, vatan gullab yashnashi uchun muhim ahamiyatga ega bo’lib, altruizm tushunchasiga juda
yaqin turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |