Ўзбекистон республикаси


g) maktablarning moddiy-texnik ta'minoti sohasida



Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/38
Sana19.06.2021
Hajmi1,41 Mb.
#70527
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38
Bog'liq
Islomov Nurali Raxmatovich malaka ishi

g) maktablarning moddiy-texnik ta'minoti sohasida: 

maktablarning  sport  zallari  va  maydonchalari  kerakli  inventarlar  bilan 



jihozlanmaganligi,  sinf  xonalarida  o'quv  mebel`  jihozlari,  laboratoriya  uskunalari, 

komp`yuter  texnikasining  yetishmasligi,  ularning  o'z  vaqtida  yangilanmasligi  ota-

onalarning ta'lim tizimiga nisbatan e'tirozlariga sabab bo'lmoqda;  

maktablarning 



28 

foizida 


qo'shimcha 

jihozlashga 

ehtiyoj 

mavjud, 


ishlatilayotgan  jihozlarning  50  foizi  ma'nan  va  jismonan  eskirganligi  uchun 

almashtirilishi kerak; 

3000 dan ortiq umumta'lim maktablarida o'quvchilarning sog'lom ovqatlanishi 



uchun oshxonalar va bufetlar tashkil etish lozim; 

elektr,  ko'mir,  sovuq  va  issiq  suv,  gaz  ta'minoti  va  kanalizatsiya  bilan  bog'liq 



infratuzilma  muammolarini  hal  etishda  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari 

tomonidan  yetarli  e'tibor  qaratilmayapti,  ayniqsa  uzoq  aholi  punktlari  va  qishloq 

joylardagi  1726  umumta'lim  maktabi  qo'lbola  (burjuy)  pechlar  yordamida 

isitilmoqda; 

umumta'lim  muassasalarining  binolarini  qurish,  rekonstruktsiya  qilish  va 



kapital ta'mirlash bo'yicha zamonaviy standartlarni joriy etish kerak; 

2 907 ta umumta'lim maktabi qurilish-ta'mirlash ishlariga muhtoj; 




 

Islomov Nurali Raxmatovich 

 

21 


 

11  yillik  ta'lim  tizimiga  o'tilishi  munosabati  bilan  qo'shimcha  o'quvchi 



o'rinlariga ehtiyoj mavjud.  

 

 d) xalq ta'limi tizimini moliyalashtirish sohasida: 



xalq  ta'limi  tizimini  moliyalashtirishda  mablag'larni  samarali  va  shaffof  tizim 

asosida taqsimlash va foydalanish talab etilmoqda;  

xalq  ta'limi  muassasalariga  davlat  byudjetidan  ajratilgan  xarajatlarning  asosiy 



qismi  ish  haqiga  sarflanib,  o'quv  jihozlari  va  materiallarini  yangilashga,  maktab 

binolarini ta'mirlashga yetarli mablag' yo'naltirilmayapti. 

Yuqoridagi muammo va kamchiliklar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 

yil  29  aprelda  “O'zbekiston  Respublikasi  Xalq  ta'limi  tizimini  2030  yilgacha 

rivojlantirish  kontseptsiyasini  tasdiqlash  to'g'risida”gi  PF-5712-sonli  farmoni  bilan 

qabul  qilingan  “O'zbekiston  Respublikasi  Xalq  ta'limi  tizimini  2030  yilgacha 

rivojlantirish kontseptsiyasi”da keltirilgan .  

Ushbu  Farmon  orqali  qabul  qilingan  “Kontseptsiya”  O'zbekiston  Respublikasida 

umumiy  o'rta  va  maktabdan  tashqari  ta'limni  tizimli  isloh  qilishning  ustuvor 

yo'nalishlarini  belgilash,  o'sib  kelayotgan  yosh  avlodni  ma'naviy-axloqiy  va 

intellektual  rivojlantirishni  sifat  jihatidan  yangi  darajaga  ko'tarish,  o'quv-tarbiya 



 

Islomov Nurali Raxmatovich 

 

22 


 

jarayoniga ta'limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish vazifasini belgilab 

beradi.  

Konseptsiya  doirasida  belgilangan  vazifalarni  bajarish  orqali  O'zbekiston 

Respublikasining  xalq  ta'limi  tizimini  2030  yilgacha  rivojlantirishda  quyidagi 

ko'rsatkichlarga erishish nazarda tutiladi: 

  STEAM fanlarni va tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash va tahlil qilish 



kompetentsiyalari  va  malakalarining  rivojlanishiga  alohida  urg'u  berishni 

hisobga  olgan  holda,  zamonaviy  innovatsion  iqtisodiyot  talablariga  javob 

beradigan umumta'lim dasturlari va yangi davlat ta'lim standartlari joriy etiladi;  

  xalq ta'limi tizimida o'quvchilarning bilim darajasini baholashda ta'lim sifatini 



baholash  bo'yicha  xalqaro  dasturlar  va  izlanishlar  (PISA,  TIMSS,  PIRLS  va 

boshqalar)da O'zbekiston Respublikasining doimiy ishtiroki ta'minlanadi;  

  ta'lim  dasturlari  va  muassasalarini  akkreditatsiya  qilish  uchun  O'zbekiston 



Respublikasining yetakchi xalqaro birlashmalarga kirishi ta'minlanadi; 

  xorijiy  til,  informatika,  matematika,  fizika,  kimyo,  biologiya  fanlarini  chuqur 



o'rganishga mo'ljallangan didaktik materiallar va mul`timedia mahsulotlarining 

yangi avlodlari tayyorlanadi;  

  muvaffaqiyatli  faoliyat  ko'rsatayotgan  umumta'lim  muassasalari  negizida 



tarmoq  maktablari  yaratiladi  va  ushbu  tarmoqqa  o'quvchilarni  qamrab  olish 

koeffitsienti past bo'lgan boshqa maktablar ham kiritiladi

  Qoraqalpog'iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahrida  bittadan 



Prezident maktablari tashkil etiladi; 

  4  860  umumta'lim  muassasasi  tasdiqlangan  baholash  mezonlariga  muvofiq 



«Zamonaviy maktablar» ga aylantiriladi

  davr  talabidan  kelib  chiqib,  pedagog  kadrlar  malakasini  oshirish  kurslarining 



o'quv  dasturiga  asosan  o'qituvchilarga  metodik  yordam  ko'rsatish  maqsadida 

elektron resurslar yaratiladi

  maktabdan  tashqari  ta'lim  sifatini  oshirish  va  bolalarni  maktabdan  tashqari 



ta'lim  xizmatlari  bilan  qamrab  olish  o'quvchilar  umumiy  soniga  nisbatan  50 

foizga yetkaziladi




 

Islomov Nurali Raxmatovich 

 

23 


 

 



oliy  ta'lim  muassasalarida  “Xalq  ta'limi  sohasida  boshqaruv”  yo'nalishi 

bo'yicha kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yiladi; 

  umumta'lim  fanlari  bo'yicha  3  mingga  yaqin  pedagog  ixtisosligi  bo'lmagan 



kadrlar pedagogik va kasbiy qayta tayyorlash kurslarida o'qitiladi; 

  xalq  ta'limi  tizimidagi  barcha  ta'lim  muassasalarining  elektr  energiyasi,  tabiiy 



gaz,  ko'mir,  ichimlik  suvi  va  boshqa  kommunal  xizmatlar  bilan  uzluksiz 

ta'minlanishi tashkil etiladi; 

  barcha ta'lim muassasalarining internet tarmog'iga to'liq ulanishi ta'minlanadi; 



  barcha  umumta'lim  maktablarida  o'zlashtirish  jurnallari  va  kundalik 

yozuvlarning  elektron  shakllaridan  foydalanish,  davomatni  masofadan 

monitoring  qilish,  o'quvchilarning  kelish  va  ketish  vaqtlari  nazorati  bilan 

bog'liq bo'lgan o'quv jarayonini avtomatlashtirish tizimi joriy etiladi; 

  barcha umumta'lim muassasalarida o'quvchilarni qabul qilish va boshqa ta'lim 



muassasalariga  o'tkazish  uchun  davlat  xizmatlarini  ko'rsatish  mexanizmi  joriy 

etiladi; 

  barcha  umumta'lim  maktablarida  o'quvchining  identifikatsiya  kartalari  (ID-



karta, NFC belgisi va boshqalar) joriy etiladi. 


Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish