6-Amaliy ish.
Asoslarning qo‘shimcha qatlamlarini va drenaj, himoya, botqoq qurituvchi, kapillyar himoya qatlamlarini qurishda sifat nazorati.
Ishdan maqsad: Avtomobil yo‘llarini qurilishida asoslarning qo‘shimcha qatlamlarini va drenaj, himoya, botqoq qurituvchi, kapillyar himoya qatlamlarini qurishda sifat nazoratini o‘rganish.
ShNQ 3.06.03-08 da asoslarni qo‘shimcha qatlamlarini va drenaj, himoya, botqoq qurituvchi, kapillyar himoya qatlamlarini qurishda sifat nazorati bo‘yicha quyidagi ko‘rsatmalar keltirilgan:
Chaqiqtosh, shag‘al va qumlardan tuzilgan qo‘shimcha asoslarning qatlamini qurishni 7.9 va 7.10. band talablari, mustahkamlangan gruntdan esa 6 bob talablari asosida bajariladi.
Yengil to‘ldiruvchilardan iborat beton qorishmalari, bog‘lovchilar bilan aralashtirilgan g‘ovak tosh materiallar, mustahkamlangan gruntlar va yengil to‘ldiruvchilardan iborat kul kuyundi qorishmalarni aralashtiruvchi qorishtirish uskunalarida tayyorlash lozim.
Qorishmalarning yotqizishda harorati 50 C dan kam bo‘lmasligi shart.
Yengil to‘ldiruvchilardan iborat beton qorishmalarni tayyorlangan yo‘l poyiga beton yotqizuvchi mashinalar yordamida yotqiziladi.
Bo‘ylama va ko‘ndalang choklar reyka yordamida yoki kesuvchi yordamida yangi yotqizilgan betonda bajariladi. Qurilish transportlarinng xarakatlanishiga issiq saqlovchi qatlam yotqizilgan yuzada beton o‘zining kamida 70% mustahkamligiga erishgandan so‘ng ruxsat etiladi.
Issiq saqlovchi plita materiallarning (penoplast va boshqalar) bir tekisda yo‘l poyiga yotqizishni ta’minlab o‘rnatiladi. Zarur hollarda yo‘l poyi yuzasi qum bilan tekislanadi.
Ikki va uch qavat issiqni saqlovchi qatlamda pastda joylashgan qatlam chokini, yuqoridagi bilan yopishilishini ta’minlash lozim.
Yo‘l birinchi qatlami plitalar ustiga 0.25 m dan kam bo‘lmagan qalinlikda “O‘zidan qarshi tomonga” usulida yotqiziladi.
Yo‘l to‘shamasi qatlamiga noto‘qima sintetik materialli zah qochiruvchi va kapillyar uzuvchi va har xil material (izol, polietilen plyonka va boshqalar) himoyalovchi qatlamlarni oddiy ishlarni bajarish texnologiyasini o‘zgartirmagan xolda bajarish lozim.
Yo‘l poyining pastki qatlamlariga sintetik noto‘qima qatlamlarni qurish bilan bog‘liq jarayonlar o‘z ichiga:
yotqiziladigan asosni tayyorlash;
sintetik noto‘qima materiallarni yotqizish va bog‘lash;
suv oqishiga qarshi yo‘nalishda pastdan yuqoriga qarab sintetik noto‘qima materiallarni yotqizish jarayonlaridan iborat.
Noto‘qima sintetik materiallarni yotqizish, o‘ramlarni yo‘l poyi o‘qi bo‘ylab pastki tomon (suv oqimi nisbati bo‘yicha)dan yoyish yo‘li bilan bajariladi. Alohida qatlamlar yo‘l poyi chetidan o‘qi tomonga qarab 0,2 m bir-birini berkitgan xolda yotqiziladi. Yotqizish bilan bir vaqtda qatlamni chetki qismlari va ezilgan joylari ankerlar (skobalar) bilan grunt asos yuzasiga bog‘lanadi. Bog‘lashdan oldin yo‘l poyi aniq bir qismida (15-20 m uzunlikda) tekkislangan va yengil tortish bilan yotqizilgan bo‘lishi lozim. Ankerlar qatlam uzunligi bo‘yicha har 8-10 m va kengligi bo‘yicha 2 nuqtada o‘rnatiladi. Yotqizilgan va bog‘langan qatlam ko‘z bilan tekshiriladi va ishlar sifati natijasi yopilib ketuvchi ishlarni bajarish bayonnomasi tuziladi.
Gidroizolyatsiya materiallar tekislangan grunt asosiga yotqiziladi, bunda uning zichligi kamida 0,95 bo‘lishi lozim.
Transport yoki qurilish mashinalarining yotqizilgan materiallar ustidan yurishi ga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yuqori qismda joylashgan qatlamlarning materiallari yoki gruntlari “O‘zidan qarshi tomonga” usuli bilan suriladi. Gruntdan yoki boshqa mate-riallardan iborat yo‘l to‘shamalarida transport vostalari va qurilish mashinalari xarakatlanishiga qatlamning zich holatdagi umumiy qalinligi kamida 0,25m bo‘lganida ruxsat etiladi.
Izol qo‘llanganda qavatning ustida kamida 10 cm va ostida yotqizilgan grunt qatlamida 40 mm dan katta zarralar bo‘lmasligi, o‘lchami 50-40 mm bo‘lgan zarralar miqdori ruxsat etilgan zarra tarkibidan oshmasligi kerak.
Polietilen plenkalar qo‘llanilganda gruntda 20 mm dan katta zarralar bo‘lmaslgi kerak, 5-20 mm donalarning miqdori ruxsat etilgan zarra tarkibidan oshmasligi lozim.
Noto‘qima sintetik materiallar orasiga gidroizolyatsiya qatlami joylanganda gruntning yirikligiga talab qo‘ymaydi.
Qatlamdagi ba’zi bir qavatlar yotqizilganda ular yopishtiriladi yoki payvalandlanadi.
Gidroizolyatsiya qatlam sifatida polietilen plenka yotqizilganda, oboyma ichidagi grunt konstruksiyasi yoki yer osti, yuza suvlar bilan qoplanuvchi gruntlardan tashqari, ularning to‘shamasi bir-birin qoplagan yoki buklagan holda ulanishiga ruxsat etiladi, bunda tepasidagi grunt yoki yo‘l to‘shamasidan tushayotgan bosim kuchi 9,8 MPa dan, bir-biriga ulashning eni esa 0,5 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Plenkani ohista, tortmasdan yotqizish, shamol bo‘layotganda chekkalarini bostirib qo‘yish lozim.
Polietilen plenka to‘g‘ri tushayotgan quyosh nurlari ostida 2-3 soatdan ortiq turmasligi kerak, gruntlarni to‘kish yoki surish ishlari kichikroq yuzalarda bajariladi. Izolning usti yotqizilgan kuni yopilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |