Zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti



Download 332,17 Kb.
bet3/29
Sana26.04.2022
Hajmi332,17 Kb.
#584562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Esemuratova A 0-1a-11

Kurs ishi ob’ekti: O’zbekistonda innovatsion iqtisodiyot tizimi va modeli
Kurs ishi predmeti: mamlakatda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishda muammolari, uni shakllatirishda asosiy yo’nalishlar va istiqbollar.

Ushbu kurs ishi 3 ta bobdan iborat bo’lib,:


1-bobda Innovatsion iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishining nazariy-uslubiy asoslari, ya’ni kelib chiqish shart-sharoitlari, nazariy qarashlar va modellar o’rganilib chiqiladi;
2-bobda esa, rivojlangan mamlakatlarda innovatsion iqtisodiyot rivojlanishining amaldagi holati AQSH, Germaniya va Yaponiya misolida ko’rib chiqilib, ularning ushbu sohada olib borayotgan tajribalari o’rganiladi
3-bob, O’zbekistondagi iqtisodiy rivojlanishning innovatsion yo’liga o’tishdagi muammolari va uni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari va mavjud muammolarni yechish uchun takliflar ko’rib chiqiladi.

I Bob. Innovatsion iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishining nazariy – uslubiy asoslari.




    1. Innovatsion iqtisodiyot tushunchasi va uning kelib chiqish sharoitlari, xususiyatlari va shartlari.


Ushbu bob kurs ishining nazariy qismi bo’lib, unda innovatsion iqtisodiyot nazariy asoslari, uni tashkil etishdagi asosiy shart-sharoitlar, xususiyatlari, nazariy qarashlar, Milliy innovatsion tizimni shakllantirish modellari va mamlakatlarning innovatsion iqtisodiyoti rivojlanishini tavsiflovchi indeks haqida so’z yuritiladi. Bobning asosiy vazifalari sirasiga, innovatsiya paydo bo’lishi evolyutsiyasi va uni rivojlantirishda dunyo mamlakatlarining o’rnini ham tavsiflash kabilar ham kiradi.


“Yangi iqtisodiyot” nomini olgan “bilimga asoslangan iqtisodiyot” (knowledge-based economy), “intellektual iqtisodiyot”, “innovatsion iqtisodiyot”larning zamirida bunday iqtisodiyotlar rivojlanishini ta’minlayotgan innovatsiya, yangilikalarning o’rni kattadir. Bunday iqtisodiyotda asosiy sohalar informatsion, ilmiy va kompyuter texnologiyalariga asoslangan, raqobatbardoshligini va moslashuvchanligini saqlab qolgan sohalar sifatida ta’riflanadi.
Innovatsion iqtisodiyotni , uni shakllantirish yo’llarini tushunish uchun avvalambor, uning asosi bo’lgan innovatsiya va yangiliklarning mohiyatini anglashimiz lozim. Zamonaviy nazariya bo’yicha innovatsiya, bu iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy – texnik yoki boshqa samaraga erishish maqsadida ilm-fan yangiliklaridan ishlab chiqarish, boshqaruv va b. faoliyatlarda foydalanishdan olingan oxirgi natijadir. Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti (xalqaro OECD tashkiloti) bergan ta’rifga ko’ra esa “Innovatsiya –yangi yoki sezilarli takomillashtirilgan mahsulot (tovar yoki xizmat) yoki jarayonni foydalanishga kiritish, amaliy jarayonda yangi marketing yoki tashkiliy metodlardan foydalanish, ish o’rinlari yoki tashqi aloqalarni tashkil qilish”1 dir. Yangilik, har qanday sohada uning samaraliligini oshirish uchun yo’naltirilgan fundamental, amaliy tadqiqot va tajribalarning natijasidir.
Innovatsion iqtisodiyot – shunday iqtisodiyot turiki, unda ishlab chiqarilayotgan va eksport qilinadigan mahsulotlar yuqori qo’shilgan qiymatga ega bo’lib, ularni ishlab chiqarishda foydalanilayotgan texnologiyalar doimiy takomillashtirilib boriladi. Asosiy foyda industrial iqtisodiyotdagi kabi xom-ashyo tarkibi o’zgarishi, moliyaviy konsentratsiyalar evaziga emas, balki novator-olimlarning ishlab chiqarishga kiritayotgan ilm-fan yutuqlari natijasida yuzaga keladi.
Iqtisodiyot rivojlanishida innovatsiya va yangiliklarning o’rnini inobatga olgan dastlabki olim avstriyalik (keyinchalik amerikalik) Yozef Shumpeter (XX asr) hisoblanadi. Innovatsiya termini fanga uning 1911-yilda yozilgan (1926, 1934-yillarda qayta nashr etilgan) “Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi” nomli asari orqali kirib keldi. Ushbu asarida Shumpeter iqtisodiyot rivojlanishni o’zgartiruvchi yangi birikmalarning o’rni muammosini ko’rib chiqqan va innovatsion jarayonga ta’rif bergan. Olim innovatsiyalarni klassifikatsiyalab ularning besh holatini ko’rib chiqadi:
1. Iste’molchilarga hali tanish bo’lmagan tovar yoki tovar xususiyatini yaratish;
2. Ma’lum sohaning o’zida hali qo’llanilmagan ishlab chiqarish metodini yaratish;
3. Oldin mavjud, mavjud emasligiga qaramay soha uchun savdoda yangi bo’lgan bozorning ochilishi;
4. Ishlab chiqarish omillari yangi manbasining soha uchun ochilishi (oldin mavjud bo’lgan bo’lmaganiga qaramay);
5. Sohaning qaytadan tashkil topishi (masalan, sohada monopoliya darajasiga erishishi). 2
Hozirgi davr innovatsion iqtisodiyot yuzaga kelishi yoki mamlakatlarning innovatsion rivojlanishga erishishiga bir nechta omillar va shart-sharoitlar xizmat qiladi. Innovatsion iqtisodiyot quyidagi asosiy qoidalar, belgi va indikatorlar bilan tavsiflanadi:3

  • Iqtisodiy erkinlikning yuqori indeksi;

  • Ta’lim va ilmning yuqori rivojlanganlik darajasi;

  • Iqtisodiyotning texnologik 4-6ukladliligi;

  • Yuqori va raqobatbardosh hayot sifati ;

  • Inson kapitalining keng ma’noda yuqori qiymatliligi va sifati;

  • Iqtisodiyotning yuqori raqobatbardoshligi;

  • Innovatsion faoliyat korxonlarining va innovatsiya mahsulotlarining iqtisodiyotda yuqori ulushi ( 60-80 % dan yuqori);

  • Kapital joylashuvi;

  • Innovatsiyalarga yuqori talab va raqobat;

  • Innovatsiyalarning ortiqchaligi va raqobat tufayli uning samaradorligini ta’minlanishi;

  • Yangi bozorlarning paydo bo’lishi;

  • Bozorlarning xilma-xilligini ta’minlash;

  • Bilimlar sanoatini rivojlantirish va uning eksportda ulushi yuqoriligi.


Download 332,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish