Jinoyatning maxsus subyekti deb - shaxsda subyektning zaruriy belgilari bilan birga, jinoyat qonunida ko’rsatilgan boshqa bir belgilarning ham mavjud bo’lishi talab qilinadigan subyektga aytiladi. Ushbu belgilarga:
- fuqarolik;
- demografik belgilar;
- mansabi;
- harbiy xizmatga aloqadorligi;
- bajarayotgan ishi;
- kasbiy majburiyati;
- shaxs majburiyati;
- subyektning asosiy holatlari va boshqalar kirishi mumkin.
Ushbu belgilar ayrim jinoyatlar tarkibining zaruriy belgisi sifatida e’tirof etilishi mumkin. Ya’ni ushbu belgilarning mavjud emasligi, shaxsni harakatlarini o’sha modda bo’yicha kvalifikastiya qilinmasligini anglatadi.
Odatda, ushbu belgilar JK Maxsus qism moddasida jinoyat tarkibining zaruriy belgisi sifatida to’g`ridan-to’g`ri ko’rsatilgan hollarda jinoyat tarkibining zaruriy belgisi sifatida e’tirof etilishi mumkin (mas: JK 157-moddasi “Davlatga xoinlik qilish” jinoyatida “fuqarolik” jinoyat tarkibining zaruriy belgisi sifatida kelgan).
Do'stlaringiz bilan baham: |