Ishtirokchilikda sodir qilinadigan jinoyatlar uchun javobgarlik doirasi
1.
|
oddiy ishtirokchilik
|
- agarda, JK Maxsus qism moddasining og`irlashtiruvchi qismida jinoyatni “bir guruh shaxslar tomonidan” sodir etish deb ko’rsatilgan og`irlashtiruvchi holat nazarda tutilmagan bo’lsa, har bir ishtirokchining harakati o’zi sodir qilgan ijtimoiy xavfli qilmishining ijtimoiy xavflilik darajasi va shaxsning jinoiyligini tavsiflovchi belgilariga qarab alohida-alohida kvalifikastiya qilinadi. Ushbu holatda ishtirokchilarning harakatlari kvalifikastiya qilinayotganda JK 28-moddasiga havola qilinmaydi.
|
- agarda, JK Maxsus qism moddasining og`irlashtiruvchi qismida jinoyatni “bir guruh shaxslar tomonidan” sodir etish deb ko’rsatilan og`irlashtiruvchi holat nazarda tutilgan bo’lsa, ular birgalikda sodir qilgan ijtimoiy xavfli qilmishining ijtimoiy xavflilik darajasi va har bir shaxsning jinoiyligini tavsiflovchi belgilariga qarab, JK Maxsus qism moddasining “bir guruh shaxslar tomonidan” jinoyatni sodir etish degan bandini qo’llagan holda kvalifikastiya qilinadi. Ushbu holatda ham ishtirokchilarning harakatlari kvalifikastiya qilinayotganda JK 28-moddasiga havola qilinmaydi.
|
2.
|
Murakkab ishtirokchilik
|
- agarda, ijtimoiy xavfli qilmish ishtirokchilar o’rtasida vazifalar taqsimlangan holda oldindan til biriktirib sodir etilgan bo’lsa, tashkilotchi, dalolatchi, yordamchining harakatlari, bajaruvchining harakatlari kvalifikastiya qilingan moddani JK 28- moddasiga havola qilgan holda kvalifikastiya qilinadi;
|
- agarda, ishtirokchilar faqat bajaruvchilardan tashkil topsa va JK Maxsus qism moddasining og`irlashtiruvchi qismida jinoyatni “bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib” sodir etish deb ko’rsatilgan og`irlashtiruvchi holat nazarda tutilgan bo’lsa, ular birgalikda sodir qilgan ijtimoiy xavfli qilmishining ijtimoiy xavflilik darajasi va har-bir shaxsning jinoyat subyektini tavsiflovchi belgilariga qarab, qilmishlari JK Maxsus qism moddasining “bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib” jinoyatni sodir etish degan bandini qo’llagan holda JK 28-moddasiga havola qilinmasdan turib, kvalifikastiya qilinadi. Agarda, bunday band moddada nazarda tutilmagan bo’lsa, sud jazo tayinlashda jazoni og`irlashtiruvchi holat sifatida e’tirof etib jazo tayinlashi mumkin (JK 56– moddasida jazoni og`irlashtiruvchi holat sifatida nazarda tutilganligi uchun). Ushbu holatda ham ishtirokchilarning harakatlari JK 28-moddasiga havola qilinmaydi.
|
3.
|
Uyushgan guruh
|
- JK Maxsus qismi moddalarining og`irlashtiruvchi qismida jinoyatni “uyushgan guruh a’zosi tomonidan” yoki “uyushgan guruh manfaatlarini ko’zlab” sodir etish deb ko’rsatilgan og`irlashtiruvchi holat nazarda tutilgan bo’lsa, barcha ishtirokchilarning harakatlari jinoyatni amalga oshirishdagi rolidan qat’iy nazar, o’sha moddaning quyidagi og`irlashtiruvchi belgini nazarda tutuvchi bandi bilan kvalifikastiya qilinadi. Bunday holda ishtirokchilarning harkatlari JK 28- moddasiga havola qilinmaydi. Agarda, bunday band moddada nazarda tutilmagan bo’lsa, sud jazo tayinlashda jazoni og`irlashtiruvchi holat sifatida e’tirof etib jazo tayinlashi mumkin. Ushbu holatda ham uyushgan guruh a’zolarining harakatlarini kvalifikastiya qilishda, JK 28-moddasiga havola qilinmaydi. Agarda uyushgan guruh qurollangan uyushgan guruh bo’lsa, ushbu uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan har-qanday jinoyat jinoyatlar majmui tariqasida kvalifikastiya qilinadi. Sababi, uyushgan qurolli guruh tuzish, unga rahbarlik qilish va unda ishtirok etishning o’zi ham jinoyat qonuni bilan tugallangan jinoyat deb topilib, JK 242-moddasi 2-qismi bilan kvalifikastiya qilinadi.
|
4.
|
Jinoiy uyushma
|
- jinoiy uyushma tashkilotchisi yoki rahbarining umumiy qasdi bilan qamrab olingan va sodir etilgan har qanday ijtimoiy xavfli qilmish jinoyatlar majmui tariqasida kvalifikastiya qilinadi. Ya’ni, sodir qilingan ijtimoiy xavfli qilmishni tavsiflovchi JK Maxsus qism moddasi va JK 242- moddasi bilan jinoyatlar majmui tariqasida. Sababi jinoiy uyushma tuzishning o’zi ham tugallangan jinoyat bo’lib, JK 242-moddasi bilan jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Faqatgina jinoiy uyushma rahbari yoki tashkilotchisining harakatlarigina, jinoyatlar majmui tariqasida kvalifikastiya qilinadi. Qolgan ishtirokchilarning harkatlari esa, JK 242-moddasi bilan kvalifikastiya qilinmaydi, balki o’zlari bevosita sodir qilgan jinoyatlari uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi JK Maxsus qism moddallari bilan kvalifikastiya qilinadi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |