8 - Mavzu: JINOYaT SUBYEKTI
8.1. Jinoyat subyekti tushunchasi va uning belgilari.
Jinoyat subyekti deganda – ijtimoiy xavfli qilmishni sodir qilgan va jinoyat qonunida belgilangan yoshga etgan aqli raso jismoniy shaxs tushuniladi.
Subyekt ham jinoyat tarkibining bir elementi sifatida, o’zining zaruriy va fakultativ belgilariga ega.
Jinoyat subyektining zaruriy belgilari quyidagilar:
- jismoniy shaxs bo’lishlik;
- aqli rasolik;
- jinoyat qonunida belgilangan yoshga etganlik.
Ayrim hollarda, jinoyat qonuni, subyektga yuqorida ko’rsatilgan belgilardan tashqari qo’shimcha belgilarni ham bo’lishini talab qiladi. Bu belgilarga ega bo’lgan shaxslar esa – maxsus subyekt deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |