7.3. Murakkab aybli jinoyatlar.
Ayrim hollarda qasddan jinoyat sodir etilishi natijasida boshqa bir og`ir oqibatlar kelib chiqadi. Lekin bu oqibat shaxsning qasdi bilan qamrab olinmaydi, balki bu shaxsning ehtiyotsizligi natijasida kelib chiqadigan oqibat hisoblanadi. Bunday holatda agar qonun sodir etilgan qilmishni qattiqroq javobgarlik bilan bog`lagan bo’lsa, sodir qilingan qilmish qasddan sodir etilgan jinoyat deb topiladi.
Ushbu turdagi jioyatlar murakkab aybli jinoyatlar deb nomlanib, JK Maxsus qism bitta moddasi bilan kvalifikastiya qilinadi (mas: JK 104-moddasi 3-qism “d” bandi, “Jabrlanuvchining o’limiga sabab bo’lgan og`ir tan jarohati etkazish”).
Do'stlaringiz bilan baham: |