SP0NDIL0LISTEZ
Spondilolistez — umurtka tanasining o’zidan yuqori turgan umurtkalar bilan birga siljib ketishi. Ko’pincha, V bel umurtkasi I dumg’aza umurtka siga nisbatan siljib ketadi (285-rasm). Umurtkaning orqa tomonga siljib ketishi kamdan-kam lollarda IV bel umurtkasi zimmasiga xam tushishi mumkin, ikkala yon tomonga siljib ketishi xam kuzatiladi.
Spondilolistez tug’ma, orttirilgan va aralash xolatda bo’ladi. Tug’ma spondilolistez, umurtka ravogi suyaklanish yadrosining rivojlanishi yakunlanmasligi sababli (spondiloliz) kelib chikadi, bu bo’g’im o’simtalari oldida bo’lib, umurtka tanasi va ravok orasidagi yorikni bitib ketmasligi natijasida yuz berib, bir yoki ikki tomonlama bo’lishi mumkin. Orttirilgan spondilolistez umurtkalararo bo’g’im o’simtalari asosida, tanasining ravokxa o’tayotgan joyidagi yorikning doimo mikrotravmaga uchrashi
natijasida bo’ladi. Aralash spondilolistez etiologiyasi ravok bo’g’im o’simtalari oldidagi yorikning anomaliya yoki mikrotravma natijasida xosil bo’lishi umurtkaning siljib ketishiga bog’liq. bo’ladi.
Spondilolistezning boshlanishi va rivojlanishida spondiloliz asosiy manba xisoblanib, uni 6-8 yoshdan avval bilib bulmaydi (suyaklanish yadrosi yakunlanishidan); bu xolatni 10-20 yoshlar orasida, spondilolistezni esa 20 yoshdan keyin aniq, va mukammal aniqlash mumkin bo’ladi.
Spondiloliz taxminan 65% xollarda spondilolistezga olib keladi, asosiy sababi travma hisoblanadi, ammo bu etiologik omil bo’lib xizmat kilmaydi. Ko’pincha spondilolistez V bel umurtkasiga (67,7%), kamrok1U (25,8%) bel umurtkyasiga taallukli. Kancha yuqoriga karab ko’tarilsa, umurtkalarning siljib ketish imkoniyati shuncha kam bo’ladi; I bel umurtkasi atigi 0,4% lollarda siljib ketadi. Spondilolistezning eng muxim belgisi umurtkaning burchak hosil qilib siljib ketishidir.
Klinika. Bu kasallikni klinik-rentgenologik belgilari bir nechta darajaga bo’linadi (Meyerding bo’yicha): 1 darajada umurtka tanasi 1/4 qismiga siljib ketadi. II darajada — 1/2, III darajasida — 1/3 va IV darajada 1 dumg’aza umurtkasiga nisbatan to’liq siljib ketadi Bu kasallikning asosiy simptomlari kuyidagicha bo’linadi:
o’z-o’zidan og’riq.bel va bel-dumg’aza soxasida paydo bo’ladi, og’riq.
o’tirganda, umurtkd pokonasi xarakatga kelganda kuchayadi (asosan
buqilib, egilib turganda), og’riq. umurtkaning bel qismida o’tkir
o’simtani bosilganda paydo bo’ladi;
bo’saga simptomi — V bel umurtkasining siljib ketishi
natijasida o’tkir o’simtasi chiqib turadi, bu tik turgan o’simta ostida
chukurcha xosil bo’ladi, shu bilan bir vaktda yuqoridagi umurtkalar
soxasida kifoz xolati yuzaga keladi;
bel sohasida lordoz xolatining kuchayib ketishi shu soxa
mushaklarining taranglanishidan bo’ladi;
dumg’aza suyagi gorizontal xolatga kelib qoladi;
butun tana chiqishi va chakdon kirishi natijasida tana
qisqaradi;
ko’krak qafasi, keyinchalik krrin xam oldinga bo’rtib chikadi;
bel soxasida shu kasallikka xos burmalar xosil bo’ladi,
keyinchalik ular oldingi krrin devoriiga o’tadi;
bel soxasida xarakat cheklanadi, asosan oldinga egilishda;
bemorning yurishi o’zgaradi, «dorbozlar» yurishiga o’xshab, oyoq
tizza va chanoq bo’g’imida biroz bukiladi, oyoq, kaftlari bir chizik
bo’ylab xarakat kiladi;
asab tolasi ildizlari kitiklanadi, ba’zan butun kuymich
nervining kitikdanishiga olib keladi.
Nevrologik belgalaridan, ko’pincha, mushaklar atrofiyasi uchraydi, reflekslar susayadi yoki yo’q;oladi, gipesteziya holati kelib chikadi. Kattalarda ko’pincha nevrologik simptomlar sezilarli kupayadi, bu umurtkalararo osteoxondroz jarayoni kuchayayotganligini bildiradi va umurtka pogonasida bekarorlikni kuchaytiradi. Shu paytda subaraxnoidal bo’shliq. o’tkazuvchanligini bilish talab qilinadi, spondilolistez kasalligi bilan okrigan bemorlarda nevrologik o’zgarishlar, ayniqsa, parez xolati bo’lsa, klinik ko’rinishi kuchayadi. Buni bilish uchun likvorodinamikva rentgenokontrast tekshiruvlar o’tkazish kerak
Spondilolistez 5-6% bolalarda uchraydi. Klinik ko’rinishi, ko’pincha, kattalarda uchraydigan kasallik belgilariga o’xshaydi. Avvaliga bolalar bel soxasidash noxush xolatdan shikoyat kiladilar, keyinchalik turgun bo’lmagan og’riqka o’tadi. Bolalarda spondilolistez kasalligini bilish uchun kuyidagi simptomlarni aniqlash kerak
Rotenpiller simptomi: sog’lom bola tanasini yonbosh tomonga bukkanda, mushaklari yonboshlagan tomonida bo’shashadi, karama-karshi tomonda esa taranglashadi; kasallik dumg’aza-bel soxasida bo’lsa, mushaklar bo’shashishi kuzatilmaydi.
Tomas musbat simptomi: bitta son buqilganda ikkinchisi xam bukiladi. Spondilolistez kasalligiga shubx.a qilinganda rentgenologik metod bilan kuzatish, albatta, shart, chunki faqat shu kuzatish yo’li bilan umurtkaning siljiganligini bilish mumkin bo’ladi va etiologik omillar aniqlanadi. Rentgenogramma umurtkaning yon tomonidan, oldidan, yarim yonbosh xolatidan olinadi, ayrim lollarda funkstional, ya’ni oldinga egilgan, orqaga karab buqilgan xolatda rentgen suratlari olinadi.
D a v o l a sh. Konservativ davolash faqat 6% bemorlarda yaxshi natija beradi, 62,9% bemorlarda vaktinchanlik tuzalish bo’ladi. Konservativ terapiya yoshni xisobga olgan xolda, siljishi darajasiga ko’ra va klinik-nevrologik ko’rinishiga karab o’tkaziladi, bu tekshiruv va kuzatuvlar davrida amalga oshiriladi. Bunga doimo tik turmaslik kup yurmaslik yoki og’ir yuk ko’tarmaslik chanoq-son va tizza bo’g’imlari buqilgan xolatida kutarib ko’prok yotish kerak korsetdan foydalanishi shart. Keyinchalik bu davolashga bel mushaklarini bo’shashtirish, krrin mushaklarini taranglashtirish uchun massaj, umurtkaning kasallangan joyiga, ko’ndalang o’simtalar asosiga novokain bilan blokada qilish kerak Bemorga V guruxidagi (Vr V6, V12) vitaminlar berish tavsiya etiladi, shishasimon tana, analgin, reopirin, parafin bilan bel soxasini o’rash, sho’r-igna-bargli o’simlik bilan vanna qilish, novokain bilan elektroforez, diodinamik tok ultratovush kabi muolajalar o’tkaziladi. Albatta, umurtka pogonasiga davolovchi badantarbiya mashkdari (LFK) qilish, Sochi, Nalchik Pyatigorsk va boshqa balneologik kurortlarda davolanish kerak
Spondilolistez kasalligining kelib chiqish sabablarini aniqlash va uni yaxshi davolash uchun shu sabablarni yo’q.otish yoki paydo bo’lish sabablarini kamaytirish kerak bu faqat jarroushk yo’l bilan amalga oshiriladi.
Spondilolistezni jarrohlik yuli bilan davolash ikki xil ■ bo’ladi, palliativ muolaja - bu umurtka ravogining bo’g’im o’simtalari qismidagi yorikni yo’q.otish, har xil yo’l bilan umurtka orasidagi yorikdarni suyak plastikasi operastiyasi yo’li bilan bartaraf qilinadi va radikal usul, bunda umurtkalararo diskdagi o’zgarishlarni yo’q qilish natijasida siljiydigan umurtka to’liq fiksastiya qilinadi. Buning uchun Chaklin, Korj, Olbi, Merser va boshqalarning usullaridan foydalaniladi (286-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |