Baland ovozda o'qish
Baland ovozda o‘qish ham o‘ziga xos o‘rinlarda tadbiq qilinishi kerak bo‘lgan bir usuldir. Chunki ovozni chiqarib mutolaa qilish o‘qishimizni tuzatadi. Fasohat bilan gapirish qobiliyatini shakllantiradi.
Tushuntirmoq
O'rganganlarimizni yaqinlarimizga aytib berish, tushuntirish mavzuni puxta o‘zlashtirishimiz uchun eng qulay yo‘llardan biridir. Mavzu shunda yanada chuqur o‘rganiladi. O'qituvchilik bir kasb bo‘lishiga qaramay, har bir kishi zamon va makonga ko‘ra bu sharafli vazifani zimmasiga olishi mumkin. Umrimiz davomida o‘rganish bilan chambarchas bog‘liq bo‘lganimiz uchun har birimiz o‘ziga xos bir o‘rgatuvchimiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |