Zbekiston respublikasi oliy va



Download 4,18 Mb.
bet53/171
Sana25.01.2022
Hajmi4,18 Mb.
#408367
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   171
Bog'liq
Ўзбек тили мажмуа

Tayanch so‘z va iboralar: iqtidor, kelajak avlod, sinonim, antonim, omonim, paronim, ot, atoqli ot, turdosh ot, shaxs oti, narsa oti, o‘rin-joy oti, faoliyat-jarayon oti.

KELAJAK – BILIMLI YOSHLAR QO‘LIDA

Bugungi kunning yoshlari har tamonlama barkamol hamda bilimli, salohiyatli bo‘lib kamol topishlari lozim. Zero, oz fursat mobaynida mislsiz yutuqlarga erishgan ona diyorimiznig kelajagi yoshlar qo‘lida. Shunday ekan, har bir ota-ona o‘z farzandini, ustoz esa o‘z shogirdlarini chuqur ta’lim hamda namunali tarbiyalashi zarur.

Bu kunga yetkunga qadar xalqimiz ne-ne og‘ir kunlarni boshidan o‘tkazdi. Bundayin hurriyatga erishish osonlik bilan bo‘lgani yo‘q demak, har bir yosh vujudida shunga yarasha mas'uliyat bo‘lishi lozim.

Biz yoshlarni Vatanga muhabbat, xalqiga sadoqat ruhida tarbiyalashimiz muhim vazifalarimizdan biri. Biz kimmiz? Ajdodlarimiz kim bo‘lib o‘tgan? Farzandlarimiz kim bo‘lishi kerak degan savol har bir inson qarshisida gavdalanishi muhim. Ajdodlarga munosib avlod bo‘lib kamol topishlari uchun ham diniy ham dunyoviy bilimga ega bo‘lishlari, jismonan sog‘lom, ruhan tetik qilib tarbiya qilishimiz lozim. Zero, yurtboshimiz aytganlaridek: “Yoshlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono bo‘lib yetishishlari uchun bor kuchimkoniyatlarimizni safarbar etiyotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi hech shubhasiz benihoya ahamiyat kasb etadi”.

Haqiqatdan ham, farzandlarimiz kelajakda o‘z o‘rnini egallashi uchun, ularni har tomonlama yetuk qilib tarbiyali kamol topishi uchun yetuk ma’naviyatli qilib tarbiya qilishimiz lozim. Agar inson ma’naviyatli, ma’rifatli bo‘lsa, demak u oq va qorani, yaxshi-yomonni, haq va nohaqni, halol haromni ajrata oladi. O‘zi ham to‘g‘ri yo‘ldan yurib, o‘zgalarni ham shu yo‘lga chorlaydi. Har bir ota-ona farzandiga chiroyli odobdan afzal narsa bera olmasligi Payg‘ambar (s.a.v.)ning muborak so‘zlarida ta’kidlanadi. Insonning kimligi, qanday muhitda tarbiya ko‘rgani odobida aks etadi. Shuning uchun, avvalo, ularning odobiga e’tibor qarataylik. Bolalarimiz yosh umrini turli xil klublarda, ko‘ngil ochar barlar, muhabbat maydonlarida o‘tkazmay, darsxonalarda, sport mashg‘ulotlarida, kutubxonalarda mashg‘ul bo‘lsalar, kelajakda komil inson bo‘lib kamol topadilar. Ular bizning yuzimiz, mehnatimiz samarasidir. Bog‘bon bog‘dan yaxshi hosil olishni maqsad qilgani kabi, biz ham bog‘imizdan go‘zal hosil olaylik. Daraxt – bu farzandlarimiz. Mevalari esa, ular erishgan yutuqlar bo‘lmog‘i darkor.

Yoshlikda olingan puxta bilim, o‘rganilgan kasb-hunar hamisha yo‘limizni yoritib turadi, bizni kamolot sari yetaklaydi. Bugun hukumatimiz tomonidan yoshlarning ezgu orzuintilishlarini ro‘yobga chiqarish, ularni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish borasida ko‘rsatilayotgan doimiy e’tibor minglab yosh avlodga qanot bag‘ishlamoqda. Yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, iste’dodini yuzaga chiqarish, ilg‘or g‘oya va tashabbuslarini hayotga tatbiq etishga yaqindan ko‘maklashishda “Kelajak ovozi” yoshlar tashabbuslari markazining ham munosib hissasi bor. 2006-yilda tashkil etilgan ushbu markaz faoliyati yigit-qizlarni o‘z qiziqishi bo‘yicha to‘g‘ri yo‘naltirish, iqtidori, ijodiy salohiyatini yanada rivojlantirish, ma’naviyatini yuksaltirishda ustuvor o‘rin tutadi. Ushbu jamoat tashkiloti tomonidan “O‘zbekiston madaniyati va san'ati forumi” jamg‘armasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati bilan hamkorlikda an'anaviy tarzda o‘tkazilayotgan “Kelajak ovozi” iqtidorli yoshlarning mega-tanlovi, “Yangi avlod” bolalar ijodiyoti festivali, Iqtidorli talabalar uchun stipendiyalar, Ta’lim grantlari dasturlari, “Ta’lim va mutaxassislik”» ko‘rgazmasi yoshlarning iste’dodini o‘z vaqtida aniqlash, ularda Vatan taqdiri uchun mas'uliyat va daxldorlik tuyg‘usini yanada kuchaytirishdek ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda.

Markaz qoshida tashkil etilgan turli to‘garak, tuzilmalar, mahorat maktablari yigitqizlarning qiziqishi, orzu-intilishiga uyg‘un tarzda faoliyat olib boradi. Jumladan, Bandlikka ko‘maklashish markazi joylardagi bo‘sh ish o‘rinlariga oid ma’lumotlar bazasini yaratish, talabayoshlar uchun ishlab chiqarish va diplomoldi amaliyotini korxona va tashkilotlarda o‘tash, bitiruvchilarga ishga joylashishda ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari, “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari natijasida o‘tgan vaqt mobaynida 5 ming nafar yigit-qiz ishga joylashishga oid ma’lumotlarga ega bo‘ldi, 400 nafardan ortiq yoshlarning bandligi ta’minlandi.

Mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimizning 2012-yil 10-dekabrda qabul qilingan “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu yo‘nalishda muhim omil bo‘lmoqda. “Kelajak Lingvo” til o‘rganish markazida ingliz, nemis, ispan, fransuz, arab, xitoy, yapon, koreys, rus tillarini tarjimonlik va tilshunoslik nuqtai nazaridan puxta o‘rganish imkoniyati yaratilgan. “Kelajak Lingvo”ning noan'anaviy usuldagi mashg‘ulotlari, seminar-treninglar til boyligimizni muntazam oshirish, xorijiy tillarda bemalol so‘zlashish imkonini bermoqda. Ilg‘or texnologiyalarga qiziquvchi yoshlar uchun “Axborot texnologiyalari bo‘yicha yosh mutaxassislar maktabi” – “IT–School” ham samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu yerda yoshlar axborot texnologiyalari sohasidagi eng so‘nggi ma’lumotlardan boxabar bo‘lish, dasturlash, vebdizayn, veb-dasturlash, 3D formatdagi grafika kabi yo‘nalishlar bo‘yicha bilimini boyitmoqda.


Download 4,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish