Zbekiston respublikasi oliy va


-MAVZU. O‘ZBEKISTONDA OLIY TA’LIM



Download 4,18 Mb.
bet107/171
Sana25.01.2022
Hajmi4,18 Mb.
#408367
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   171
Bog'liq
Ўзбек тили мажмуа

14-MAVZU. O‘ZBEKISTONDA OLIY TA’LIM




O 'zbekistonda Oliy ta’lim

O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’lim jarayonini isloh etish va mehnat bozorida talab qilinadigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashda oliy o’quv yurtlarining o’rni muhimligini ta’kidlagan edi.“Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy jihatdan boy shaxsni shakllantirish hamda yuqori malakali, raqobatbardosh malakali kadrlarni tayyorlashdan iborat strategik maqsadga erishish uchun nazariy asos bo’ldi va zamin yaratdi.

Kadrlar tayyorlash tizimida ta’limni tubdan isloh qilish hamda zamonaviy innovatsion texnologiyalarni samarali qo’llash yo’lida oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy texnika, o’quv-laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash, davlat ta’lim standartlarini takomillashtirish, yangi o’quv adabiyotlarini yaratish, eng asosiysi, kadrlarning kasb malakasi va mahoratini oshirishga qaratilgan innovatsion texnologiyalar asosida samarali ta’lim tizimini shakllantirish va rivojlantirish yo’llarini ishlab chiqish zaruriyati ortmoqda. Milliy ta’lim tizimini isloh etishda innovatsion jarayonlarni qo’llashni faollashtirish va samaradorlikni oshirish masalasini hal etmay turib muvaffaqiyatga erishib bo’lmaydi.

Respublikamizda uzluksiz ta’limning joriy etilishi ta’lim sohasining boshqaruvi organlari zimmasiga bir qator vazifalarni hal etish va ularni doimo takomillashtirib, rivojlantirib borishni taqozo etmoqda. Bu o’rinda ta’lim jarayonini sifatli me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan o’z vaqtida ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. O’tgan davr ichida quyidagi sohalarda qonunchilikka oid va me’yoriy hujjatlar qayta qabul qilindi:



  • Ta’lim-tarbiya tizimini boshqarish;

  • Ta’lim jarayonini mazmunan isloh qilish;

  • Moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minot;

  • Pedagog va ilmiy-pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

  • Ta’lim xizmatlari bozorini rivojlantirish;

  • Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida xalqaro aloqalar;

  • Chet tillarini o’rganish;

  • Elektron kutubxonalar yaratish va yagona tarmoqqa birlashtirish;

  • T a’lim sohasida ijtimoiy va moliyaviy davlat yordamini ta’minlash va boshqalar.

O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining Oliy ta’lim tizimiga oid qator farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 60 dan ortiq qaror va farmoyishlari, shuningdek, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan me’yoriy-uslubiy hujjatlar qabul qilindi. Oliy ta’lim sohasida orttirilgan tajribalar asosida O’zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlari doimiy ravishda takomillashtirilmoqda.

Bugungi kunda respublikamizda oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning quyidagi ustuvor yo’nalishlari bo’yicha vazifalar echimi belgilangan:



  • oliy ta’lim tizimini isloh qilishning zamonaviy bosqichida innovatsion jarayonlarni qo’llash va amalga oshirishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish;

  • respublikada oliy ta’lim muassasalarini samarali boshqarishning jaxon standartlariga asosan ta’limda sifat menejmenti usullarini samarali qo’llash;

  • globallashuv va milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida innovatsion texnologiyalarni qo’llash asosida ta’lim tizimi sifatini oshirish va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda oliy ta’lim muassasalarining samarali innovatsion strategiyalar yo’nalishlarini ishlab chiqish;

  • respublika oliy ta’lim muassasalarida innovatsion jarayonlarni rivojlantirishda samarali xorijiy tajribalarni o’rganishning ijobiy natijalarini respublikada qo’llash bo’yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish;

  • oliy ta’lim tizimida me’yoriy-huquqiy xujjatlarni takomillashtirishda erishilgan tajribalarni yanada ommalashtirish asosida ta’lim sifatini oshirish bo’yicha tavsiyalar va ishlanmalar ishlab chiqish;

  • milliy ta’lim tizimini modernizatsiyalashtirish sharoitida respublikada oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy ta’lim xizmatlari turlarini kengaytirish;

  • oliy ta’lim muassasalarida innovatsion jarayonlarni rivojlantirish asosida fan va ishlab chiqarish o’rtasida integratsiyani yanada kuchaytirish;

  • respublika oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga innovatsion mexanizmlarni tatbiq etish asosida ta’lim sifatini oshirish bo’yicha istiqbolli yo’nalishlarni aniqlash va amalga oshirish kabilar.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bugungi kunda oliy ta’lim tizimida malakali va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masala bo’lib, oliy ta’lim tizimida mutaxassislarni tayyorlash jarayoniga o’quv-tarbiya faoliyatini tashkil etishning yangicha yondashuvlarini joriy etish, “Ta’lim to’g’risida”gi qonunga muvofiq ta’limni boshqaruv organlarining vakolat sohalari aniqlanmoqda. Ta’limning me’yoriy-huquqiy asoslari rivojlanmoqda. Ta’lim muassasalarining ta’lim jarayonini tashkillashtirish va moliyaviy-xo’jalik faoliyatini yuritishdagi huquq va erkinligini kengaytirish ta’minlanmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son qarorini ijro etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017/2018 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish to’g’risida”gi qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorga binoan 2017/2018 o’quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul bo’yicha umumiy kvota bakalavrlar uchun 66316 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo’yicha 18194 ta va to’lov-kontrakt asosida 48122 ta, magistrlar uchun 5000 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo’yicha 1556 ta va to’lov-kontrakt asosida 3444 ta etib belgilandi.

Shuningdek, ushbu hujjatda maxsus sirtqi bo’lim negizida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda bilim olishni ta’minlash maqsadida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus sirtqi bo’limida 100 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo’yicha 15 ta va to’lov-kontrakt asosida 85 ta, Navoiy davlat konchilik institutida to’lov-kontrakt asosida 90 nafar va Toshkent temir yo’l muhandislari institutida -to’lov-kontrakt asosida 80 nafar bakalavrni tayyorlash nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, ushbu qaror bilan 2017/2018 o’quv yilidan boshlab Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari buyurtmalariga binoan, yuqori malakali tibbiyot kadrlariga ehtiyoj katta bo’lgan hududlar uchun O’zbekiston Respublikasining tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga davlat grantlari asosida bakalavriat yo’nalishi bo’yicha mutaxassislarni tayyorlashning maqsadli qabul kvotalari tasdiqlandi.

Ushbu qarorda belgilab berilgan maqsad va vazifalar yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi. Shuningdek, 2017-2021-yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasining strategik rivojlanishining beshta ustuvor yo’nalishi doirasida olib borilayotgan islohotlarni izchil amalga oshirishga zamin yaratadi.




Download 4,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish