Zbekiston respublikasi oliy va


So‘z birikmalariga insonning tashqi ko‘rinishini ifodalash



Download 4,18 Mb.
bet62/171
Sana25.01.2022
Hajmi4,18 Mb.
#408367
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   171
Bog'liq
Ўзбек тили мажмуа

So‘z birikmalariga insonning tashqi ko‘rinishini ifodalash

Baland bo‘yli (novcha) yigit



Semiz kishi

Qora sochli qiz



Ozg‘in kishi

Cho‘zinchoq yuzli bola



Ko‘zlari katta (kichik)

Dumaloq yuzli amaki



Sochi uzun(kalta) qizcha

Gavdali kishi



Boyi past( pakana) qariya

Nozik qiz



Chiroyli qiz

FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING TURLARI

VA USLUBIY XUSUSIYATLARI.

O‘zbek tilda lug‘at tarkibi jihatidan juda boy va rang-barangdir.Tilimizda mustaqil leksik ma’noga ega bo‘lgan alohida so‘zlardan tashqari, ma’no jihatidan shunday so‘zga teng , ammo ikki va undan ortiq so‘zning turg‘un birikuvidan tashkil topgan frazeologik birliklar ham mavjud. Ularning ma’nolari tarkibidagi so‘zlarning yaxlit ma’nosi asosida yuzaga keladi va inson xotirasida bir butun va tayyor holda saqlanadi.

So‘z birikmalari va gaplar ular tarkibidagi so‘zlarning ko‘chma ma’nolari asosida yaxlitlanib, bitta so‘zga teng keladigan ma’noda qo‘llanishi mumkin. Bunday birikma va gaplar iboralar deb ataladi. Misollar: Mana, endi ko‘zim ochildi. Xaridorning chehrasi ochildi. Bolalarning hafsalasi pir bo‘ldi. O‘quvchilarning boshi ko‘kka yetdi. Durdona bilan Nafisaning oralaridan qil ham o‘tmaydi. Gapirmadi-lom-mim demadi, toza-yog‘ tushsa yalaguday, yuvosh-qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan, rahmdil-ko‘ngli bo‘sh, kutdi-ko‘zi to‘rt bo‘ldi, qo‘rqdi-esi chiqib ketdi, ko‘p gapirdi-jag‘i ochildi, quvondi - terisiga sig‘may ketdi, mazasi qochdi, alamini oldi, aqli kirdi, baloga qoldi, bag‘ri tosh, bel bog‘ladi, gapi bir joydan chiqdi, joni halqumiga keldi, kalavaning uchini topdi, ko‘zi tindi, lafzi halol, nomi chiqdi, oq-qorani tanidi, tili bir qarich, xo‘rligi keldi, ilonning yog‘ini yalagan, toqatlari toq bo‘ldi, kalavaning uchini topdi, arpasini xom o‘rgan, yulduzni benarvon uradigan, tarvuzi qo‘ltig‘idan ttishdi, ko‘ziga issiq ko‘rindi, ko‘ngli ko‘tarildi, ko‘ngli to‘ldi va boshq.

Ma’nosi bir so‘zga teng keladigan so‘zlar birikmasi yoki gaplarga ibora deyiladi. Ular so‘z birikmasi va gap shaklida bo‘ladi.

Iboralar tarkibidagi so‘zlarni almashtirib bo‘lmaydi. Iboralar oddiy so‘zlar bilan ma’nodosh bo‘lib keladi, lekin badiiyligi, ifodaliligi bilan farqlanib turadi. Iboralar nutqni ta’sirchan, jozibali qiladi.



1-mashq. Quyida berilgan barqaror birikmalardan foydalanib, gaplar tuzing.

Birikmalar ma’nolarini izohlang.

Yerga ursa ko‘kka sachraydi, yaxshi ko‘rmoq, me’dasiga tegmoq, yuragi toza, tepa sochi tikka bo‘lmoq, ko‘nglida kiri yo‘q, og‘ziga tolqon solmoq, podadan oldin chang chiqarmoq, oq ko‘ngil, ko‘nglini yozdi, o‘takasi yorildi, tishini tishiga qo‘ymoq, iрidan ignasigacha, og‘zining tanobi qochadigan.



2-mashq. Quyidagi iboralarni yozing. Ular yordamida gaplar tuzing.

Ishtahasi karnay, qo‘ling dard ko‘rmasin, og‘zi ochilib qoldi, gullab qo‘ydi, ko‘kragini yerga bermoq, loy bo‘lmoq, misi chiqmoq, tuyog‘ini shiqillatmoq, aravani tortmoq, og‘zi qulog‘iga yetmoq, tegirmonga tushsa butun chiqmoq, boshi osmonga yetmoq, arpasini xom o‘rmoq, taqdirga tan bermoq, quloq solmoq, misi chiqdi.



3-mashq.O‘qing, takrorlang, ma’nosini izohlang va ular ishtirokida gaplar tuzing.

Kapalagi uchdi; ko‘ziningoq-uqorasi; bo‘zchining mokisiday; ko‘zi tegdi; og‘ziqulog‘ida; qozonga yaqin yursang, qorasi yuqadi; og‘zi ochilib qoldi; yaxshi ko‘rib qolmoq; yo‘lini bilmoq.



4-mashq. Quyidagi frazeologizmlarni so‘zlar bilan almashtiring va tarjima qiling.

Xamirdan qil sug‘urganday, do‘ppisini osmonga otmoq, aravani quruq olib qochmoq, panja orasidan qaramoq, pashshadan fil yasamoq.



5-mashq. O‘qing. Frazeologizmlarni fe’llar bilan almashtiring:

Boshi osmonga yetdi, tuyog‘ini shiqillatdi, so‘zining ustidan chiqdi, tishini tishiga qo‘ydi, tinkasi quridi, tepa sochi tikka bo‘ldi, og‘ziga talqon solib oldi.



6-mashq. Quyidagi frazeologizmlarning o‘zbekcha muqobillarini toping va ularni kontekstda qo‘llang.

Быть на седьмом небе; как белка в колесе; не кусок пирога, а честь дорога; он и мухи не обидет.



7-mashq. Ko‘chiring. Frazeologizmlarni topib, ularning ma’nolarini izohlang.

1. Ayol kishiga qo‘l ko‘tarish erkakning ishi emas. 2. Saodatning ko‘ngli yorishib ketganligi chehrasidan ko‘rinib turar edi. 3. Men ham sizday haqqoniy bo‘lishga so‘z beraman. 4. Onam ishning ko‘zini biladigan odamlardan. 5. Bu o‘ylardan Botirning boshi g‘ovlab ketdi. 6. Bu achchiq haqiqat uning damini ichiga tushirib yubordi. 7. Shahloxon o‘g‘lini yer-ko‘kka ishonmaydi. 8.Maqtangannig misi chiqadi, deyishadi odamlar.




Download 4,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish