Манзили
|
Фарғона вилояти Данғара шахарчаси Тошкент кўчаси 4-уй
|
Бино қурилган йил
|
2001 йил
|
Қуввати
|
950 ўринли
|
Ўқувчилар сони
|
690 нафар
|
Бинолар сони
|
6 та
|
Ер майдони
|
4,62 га
|
Ўқув майдони
|
13815. м2
|
Ўқув хоналари сони
|
36та
|
Ётоқхона
|
Мавжуд.
|
Спорт зал
|
18х32 м
|
Ошхона (Буфет)
|
200 ўринли
|
Ишлаб чиқариш устахонаси қавати ва майдони
|
1 қаватли ( 3780м2)
|
Қайси вазирлик (идора) тизимида
|
Олий ва Ўрта махсус таълим вазирлиги
|
Қайси ОТМ ҳузурида
|
|
2-bob. Professional ta’lim mizmida kata ustalar ishini tashkil etish va ulani yuritishda zarur bo’lgan xujjatlar
2.1 Katta usta lavozim vazifalari va ish rejasi (Dang’ara tuman 1-son kasb-hunar maktabi misolida)
2.1. Katta usta lavozim vazifalari.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008 yil 25 avgustdagi, 01-275-son qarori bilan aniqlangan O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari bo‘yicha «YO‘RIQNOMA» ga binoan Katta usta lavozimiga quyidagi lavozim vazifalar belgilangan:
a) Davlat ta’lim standartlarining zamonaviy talablariga muvofiq kasbiy ta’lim bo‘yicha usta ishini tashkillashtiradi;
b) kasbiy ta’lim ustalarining amaliy faoliyatini nazorat qiladi va boshqaradi, ularni amaliy ishlarni rejalashtirish, ish yuritish va hisobotlar bo‘yicha zaruriy hujjatlar bilan ta’minlaydi;
v) kasbiy ta’lim ustalari o‘quv laboratoriya xonalari, ustaxonalar, poligon va boshqalarning rahbarlari, shuningdek xizmat ko‘rsatish xodimlari bilan uslubiy va ko‘rsatmalar berish bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazadi;
g) kasbiy ta’lim bo‘yicha direktor o‘rinbosari bilan birgalikda kasbiy ta’lim ustalarining malakasini oshirish va attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etadi;
d) o‘quvchilarning kasbiy ta’lim tayyorgarligini maxsus fanlar bo‘yicha nazariy ta’lim dasturlariga uyg‘unligini ta’minlaydi;
e) o‘quvchilar amaliy tayyorgarligining davlat ta’lim standartlari talablariga mosligini nazorat qiladi;
j) o‘quv laboratoriyalari, ustaxonalar, poligonlardagi ish joylariga jihozlarni o‘z vaqtida o‘rnatishni, zarur hollarda ularni ta’mirlashni amalga oshiradi, o‘quv amaliy ish dasturlariga mos xom ashyo va materiallar bilan ta’minlaydi;
z) amaliy o‘quv mashg‘ulotlari, amaliyotlar o‘tkazishda kasbiy ta’lim ustalariga yordam beradi, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishida, texnik sharoitlardan kelib chiqib sifatni ta’minlashda standart talablarining bajarilishini tekshiradi;
i) o‘quvchilarni amaliy ishlaridagi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishlarining nazoratini amalga oshiradi;
k) kasbiy ta’lim ustalari bilan birgalikda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish korxonasini tanlaydi;
l) korxonalar bilan amaliyotni o‘tkazish to‘g‘risida shartnomalar tuzib, ularni tasdiqlashga tayyorlaydi;
m) o‘quvchilarga texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi qoidalariga amal qilish bo‘yicha tushuntirish ishlarini amalga oshiradi;
n) o‘quvchilarni davlat attestatsiyasiga tayyorlaydi.
o) doimiy ravishda o‘z malakasini oshiradi.
Bilishi lozim:
a) O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi qonunlari va boshqa qonun hujjatlari, O‘rta maxsus kasb hunar ta’limi markazining o‘smirlar ta’limi va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha buyruqlari, topshiriqlari va boshqa hujjatlarni, O‘smirlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani;
b) kasb-hunar maktabi yo‘nalishiga mos bo‘lgan, respublikamiz va chet ellarda qo‘llanilayotgan zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini;
v) kasbiy ta’lim pedagogik asoslarini;
g) o‘quv ishlab-chiqarish va amaliyot darslarini rejalashtirishni;
d) menejment va marketing xususiyatlarini, mehnatni ilmiy tashkil qilishni;
e) o‘quvchilar ishining sifati va bilimlarini baholash mezonlari;
j) mehnatni muhofazalash va texnika xavfsizligi qoidalari;
z) hisobotlar, shartnomalar, lavozim yo‘riqnomalarini tayyorlash tartibi, suhbatlar, uchrashuvlar o‘tkazish, ish yuritishni bajarish;Malaka talablari:
a) kasb-hunar maktabining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha muhandis-pedagog yoki muhandislik oliy ma’lumot;
b) maxsus nazariy fanlar o‘qituvchisi lavozimida 2 yillik ish staji yoki 1-toifali kasbiy ta’lim ustasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |