Òzbekiston Respublikasi Oliy va òrta maxsus ta'lim
vazirligi
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti
"Biznes boshqaruvi va logistika" kafedrasi
" Logistika " fanidan
Kurs ishi
Mavzu: Erkin iqtisodiy hududlar va unda logistik xizmatlarning ahamiyati.
Bajardi : Shukurov Sarvar
Ilmiy rahbar :
Komissiya :
Toshkent 2020
Mundarija
Kirish : Erkin iqtisodiy hududlarning shakillanish omillari va shart sharoitlari.
1 . Erkin iqtisodiy hududlarning rivojlanish evolutsiyasi .
2 . Iqtisodiy zonalarning faoliyatini kòrsatuvchi qonunlar .
3. Erkin iqtisodiy hududlarning turlari .
4. Òzbekiston Erkin iqtisodiy hududlarning shakllanishi va rivojlanishi .
5 . Erkin iqtisodiy zonalar : dunyo tajribasi va Òzbekistondagi ahvol
6 . Erkin iqtisodiy zonalar faoliyiatini boshqarish tizimi.
7 . Logistika asoslari haqida .
Kirish
Hozirgi paytda kòpgina mamlakatlar òzining xalqaro mehnat taqsimotidagi òrnini òzgartirish ,qatnashinuvini faollashtirish uchun turli xil usullariga murojaat qildilar. Eksport, iwlab chiqariwni raģbartlantirish valyuta tuwumlarini kòpaytirish ,yangi texnologiyalarga ega bòlish,mamlakatning tòlov balansini yaxshilaw maqsadida ,alohida huquqiy bojxona iqtisodiy maqomiga ega bòliw orqali xorijiy kapitalni jalb qiliw uchun qulay investitsiya muhitini yaratiwni taqazo etmoqda. Buning uchun kòpgina mamlakatlar erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etiwga intilmoqdalar(Xitoy,Koreya,Irlandiya,,Vengriya kabilar) tajribasi shuni kòrsatmoqdaki,investetsiyaviy faollikni raģbarlantiruvchi juda samarali vosita -bu erkin iqtisodiy zonalarni yaratiwdir.
Erkin iqtisodiy hudud yaratiw mamlakatning iqtisodiy raqobatbardowligini owiriwning sinalgan va eng samarali qurolidir. E,I,H faoliyati nafaqat alohida mintaqa iqtisodiyoti ,balki butun mamlakat iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtiriwga qaratilgan. Shuning uchun ham erkin iqtisodiy hududlar yaratish faqatgina mintaqaviy muammo emas,balki butun mamlakatning muammosidir.
Yuqoridagi fikrlarda ayonki ,rivojlanib borayotgan mamlakatimizda erkin iqtisodiy hududlar yaratiw dolzarb muammodir . Rivojlanayotgan mamlakat uchun xorijiy investitsiyalar muhim omil bòlib xizmat qiladi. E.I.H esa investetsiyalarni jalb qiliw uchun asosiy obyekt hisoblanadi.
E.I.H hozirga kelib tòxtovsz rivojlanmoqda. Rivojlaniw oddiydan murakkabga ,arzon va tez sotiladigan variantdan kòp tarmoqli va kapital talab qiluvchiga òtib bormoqda. Zamonaviy jahon tajribasida 25 ga yaqin erkin iqtisodiy hududlarning turlari mavjud bòlib ,ulardan kòp uliwga ega bòlganlar bu bojxona hududlari ,tòlovlar olib tawlangan hududlar ,bojxona erkin hududlari ,erkin eksport hududlari va iwlab chiqariw hududlari,erkin iwlab chiqariw hududlari ,iqtisodiy barqarorlik hududlari ,òzaro tabirkorlik hududlari ,texnika-iqtisodiy rivojlaniw hududlari ,fan sanoat parklari va bowqa iqtisodiyotda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Erkin iqtisodiy hudud (EIH) — bu tadbirkorlik va boshqa xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanish uchun shart-sharoitlarni odatdagiga qaraganda qulayroq qilib, aniq belgilangan chegara va maxsus huquqiy rejim (tizim)dagi suveren mamlakatning maʼlum bir hududidir.
EIH — investitsiyalarni alohida mintaqalar va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, resurslarni kam chiqindili va chiqindisiz qayta ishlovchi yanada progressiv texnologiyalarni joriy qilish, xalqaro aloqa va hamkorlikka taʼsir oʻtkazish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida soliqqa tortish, valyuta, bojxona va shu kabilarni tartibga solishdagi alohida tartib va shart-sharoitlar oʻrnatadigan huquqiy normalar yigʻindisidir.
EIH — jahon amaliyotida 50- yillar boshi va 60-yillar oxirida paydo boʻlgan xoʻjalik faoliyatini tashkil etishning nisbatan yangi shakli. Ular, ayniqsa, Xitoy, Bolgariya, Italiya, Vengriya, Polshada faol yaratilmoqda va amal qilmoqda. EIH larni barpo qilishda quyidagi masalalarni hal qilish koʻzda tutadi:
investitsiyalar, alohida hudud (mintaqa)lar va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar bilan taʼminlash;
resurslarni tejovchi kam chiqimli yoki chiqimsiz yanada progressiv texnologiyalarni joriy qilish;
xalqaro integratsiya va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.
EIHlar tashkil qilishning asosiy maqsadi muayyan mintaqa rivojlanishini ragʻbatlantirish yoki iqtisodiyotning alohida sohalarini tez oʻsishini taʼminlash ekanligini koʻrishimiz mumkin.
Erkin iqtisodiy hududlarning geografik joylashishi
EIH turlari Tahrirlash
EIHlar turli xil yoʻnaltirilganlikka ega, ammo eng koʻp tarqaganlari quyidagilar hisoblanadi.
ilmiy texnologik hududlar (texnologik parklar, texnopolislar, ilmiy parklar, texnologik markazlar va boshqalar).
Ular material va mehnat resurslarini harakatlanishini taʼminlash maqsadida sanoat uchun yuqori darajali yangi texnologiyalarni yaratishi va kiritishini tezlashtirish uchun yuqori darajali yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida tashkil qilinadi.
import ishlab chiqarish hududlari- importni joylashtirish boʻyicha hudud. Ular qabul qiluvchi mamlakatlarni yangi tovarlar bilan, mahalliy korxonalarni esa zamonaviy texnologiyalar bilan taʼminlashga moʻljallangan.
savdo-ombori hududlari — xorij tovarlari bojxona boji tqlovlarisiz saqlanishi, sotilishi va sotib olinishi mumkin. Bunday hududlar quyidagi xususiyatlarga ega bqlishi mumkin:
ularni jahon bozoriga xizmat koʻrsatishi uchun tashkil qilish;
mamlakatning qolgan hududlarida amalda boʻlgan koʻpgina soliq normalari va bojxona cheklovlarining bu hududda amal qilmasligi;
tashqi iqtisodiy aloqalarda davlat tartibga solishining tarqalishi.
eksport ishlab-chiqarish hududlari- sanoat korxonalari import xom-ashyolar, materiallar, yarim tayyor mahsulotlardan foydalanish yoki mahalliy xom-ashyoni ishlatgan holda, xorijiy texnologiya, uskuna va boshqa ishlab chiqarish omillaridan foydalanish orqali eksport mahsulotlari ishlab chiqaradilar.
Faoliyat yuritish shakli boʻyicha EIH larni quyidagi turlarini koʻrishimiz mumkin:
sugʻurtaviy
bank
sayyohlik
va boshqalar.
Shu bilan birga, bir funksiyali zonalar amaliyotda deyarli kamdan-kam uchrashini aytib oʻtish kerak. Amaliyotda bir qancha funksiyalarni (savdo, bojxona, ishlab chiqarish, tadqiqot olib borish) birlashtiruvchi hududlar koʻp tarqalgan boʻlib hisoblanadi. Ularni kompleks hududlar deb atashadi.
Oʻzbekistonda ham 2008-yildan eʼtiboran Navoiy Erkin iqtisodiy hududi tashkil qilina boshlandi. [1] [2] [3] Hozirda qo'shnilarimiz Tojikistonda 2 ta va Turkmanistonda 10 ta erkin iqtisodiy hududlar mavjud.
Yagona iqtisodiy makon — iqtisodiy ittifoqqa birlashgan bir necha davlatlar tomonidan tashkil etiladigan yaxlit iqtisodiy hudud. Xoʻjalik aloqalarini takomillashtirish, iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanish maqsadida tovarlar, xizmatlar, kapitallar va mehnat resurslarining erkin harakatini taʼminlashga xizmat qiladi. Bu makonga kirgan davlatlar, shuningdek, korxonalar, xususiy firmalar, kompaniyalar uchun bir xil raqobat sharoitlari yaratiladi. Yagona iqtisodiy makonm. shakllanishi obʼyektiv iqtisodiy jarayon. U ixtiyoriylik va oʻzaro manfaat asosida kechadi va bir necha milliy xoʻjaliklarda iqtisodiy oʻsishni taʼminlashga qaratilgan oʻzaro ishlab chiqarish, savdosotiq va madaniy aloqalarni muntazam rivojlantirish negizida jamiyatda yangi sifat oʻzgarishlarini vujudga keltiradi. Yagona iqtisodiy makonm. integratsiyaning yuqori darajasi boʻlib, uning shakllanishi uchun muayyan bosqichlar oʻtilishi kerak.
YA.i.m. shakllanishi uchun mamlakatlar oʻrtasida savdoiktisodiy hamkorlik moddiy asos hisoblanadi. Bunday hamkorlikda mamlakatlar oʻrtasidagi ikki va koʻp tomonlama savdoda eng qulay sharoitlar rejimini yaratib berish, ikki tomonlama soliq solishga barham berish haqidagi kelishuvlar asosiy oʻrinda turadi. Yagona iqtisodiy makonm. shakllanishidagi keyingi bosqich — erkin savdo zonasining tashkil topishidir. Erkin savdo zonasida mamlakatlar tarif va notarif chegaralashlarni, yaʼni bojxona toʻlovi, kvotalar va boshqalar toʻsiqlarni olib tashlashni taʼminlaydilar. Yagona iqtisodiy makonm. shakllanishi tomon qoʻyiladigan keyingi qadam — bojxona ittifoqidir. Bojxona ittifoqi erkin savdo zonasidagi mamlakatlarning uchinchi mamlakatlarga nisbatan kelishilgan siyosat yuritishini ishlab chiqishdan boshlanadi. Bojxona ittifoqining yuqori bosqichi — yagona bojxona hududi hisoblanadi. U ichki bojxona chegaralarini asta-sekin bekor qilish va bojxona ittifoqi boshqaruv organlarini tashkil qilishni koʻzda tutadi.
YA.i.m. shakllanishida keyingi bosqich hisoblangan umumiy bozor bojxona ittifoqi transformatsiyasi asosida zaruriy iqtisodiy sharoitlarining yetilganlik darajasiga qarab shakllanadi. Umumiy bozor sharoitida tovarlar, xizmatlar, ishchi kuchi va kapitallarning hudud boʻylab erkin harakat qilishiga keng yoʻl ochib beriladi. Shuningdek, moliya, bank, sugʻurta va boshqalar sohalarda muvofiqlashtirilgan siyosat yuritiladi.
YA.i.m.ga birlashayotgan mamlakatlarda mashinalashgan i. ch. chuqur ixtisoslashgan boʻlishi, iqtisodiy rivojlanish darajasi bir-biriga yaqin boʻlishi, shuningdek, hududiy birlikni tashkil qilishi kerak.
YA.i.m.ni bozor iqtisodiyotining fantexnika sharoitidagi rivojlanishi keltirib chiqardi, chunki u chuqur ixtisoslashuv va iqtisodiy tenglashuvni va yuksak samaradorlikni taʼminlaydi. Mas, hozirgi davrda Gʻarbiy Yevropa iqtisodiy integratsiyasida 25 ta mamlakat birlashgan boʻlib, bu mamlakatlar hududida tovarlar, xizmatlar, ishchi kuchi va kapital aylanish erkin harakat qiladi. Yevropa Ittifoqi jahonning 7 % aholisiga ega boʻlgan holda jahon yalpi mahsulotining qariyb uchdan bir qismini ishlab chiqaradi va jahon eksportining qariyb yarmi uning hissasiga toʻgʻri keladi. Shuningdek, mavjud AQSH— Kanada, Lotin Amerikasi mamlakat’lari Yagona iqtisodiy makonm. zonalarida ham ishlab chiqarish barqaror rivojlanib bormoqda. 2004 yil iyunda boʻlib oʻtgan MDH davlatlari rahbarlari yigʻilishida (Ostona shahri, Qozogʻiston) Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Rossiya ishtirokida Yagona iqtisodiy makont. tashkil etish boʻyicha qaror qabul qilindi.
Toʻliq shakllangan Yagona iqtisodiy makonm. doirasida iqtisodiy faoliyatning yuqori darajadagi birligi va oʻzaro muvofiqlashuviga erishiladi, yagona valyutadan foydalaniladi, yagona bojxona bojlari joriy etiladi, yagona iqtisodiy siyosat asoslari yaratiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 9-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 14-dekabrda maʼqullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat koʻrsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
investitsiya loyihasi – iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa foyda olish uchun investitsiyalarni amalga oshirishga yoxud jalb etishga qaratilgan, oʻzaro bogʻliq boʻlgan tadbirlar majmui;
investor – foyda olish maqsadida investitsiya faoliyati obyektlariga oʻzining mablagʻlarini va (yoki) qarz mablagʻlarini yoxud jalb qilingan boshqa investitsiya resurslarini investitsiya qilishni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati subyekti;
maxsus iqtisodiy zona – tegishli hududni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun chet el investitsiyalari va mahalliy investitsiyalarni, yuqori texnologiyalar hamda boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida maxsus ajratilgan, belgilangan chegaralarga
va maxsus huquqiy rejimga ega boʻlgan hudud;
maxsus huquqiy rejim – maxsus iqtisodiy zonalar hududida investitsiya faoliyatini va boshqa tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun alohida shart-sharoitlarni belgilaydigan huquqiy normalar majmui;
Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining reyestri – maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchilari va investitsiya loyihalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan maʼlumotlarning axborot bazasi;
maxsus iqtisodiy zonaning bosh rejasi – maxsus iqtisodiy zonaning maʼmuriy kengashi yoki maxsus sanoat zonasini boshqaruvchi kompaniya tomonidan tasdiqlangan loyiha hujjati boʻlib, uning asosida maxsus iqtisodiy zona hududini rejalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va shaharsozlik jihatidan oʻzlashtirishning boshqa turlari amalga oshiriladi.
2-bob. Maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat koʻrsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish sohasida davlat tomonidan tartibga solish
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat koʻrsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
maxsus iqtisodiy zonalarni rivojlantirish dasturlarini tasdiqlaydi;
maxsus iqtisodiy zonalarning chegaralarini tasdiqlaydi;
maxsus iqtisodiy zonalarning maʼmuriy kengashlarini tuzadi, ularning faoliyatini muvofiqlashtirishni, monitoring va nazorat qilishni amalga oshiradi;
maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalarining ustavlarini tasdiqlaydi, ularning faoliyatini muvofiqlashtirishni, monitoring
va nazorat qilishni amalga oshiradi;
maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat koʻrsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organlarini belgilaydi, ularning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida roʻyobga chiqarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
5-modda. Maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat koʻrsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organi
Maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat koʻrsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organi:
maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat koʻrsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi;
maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat koʻrsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat koʻrsatish samaradorligini baholash uslubiyotini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
investitsiya loyihalarini amalga oshirishning har bir bosqichida investorlarning, maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarining hamda tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning oʻzaro hamkorligini tashkil etadi;
investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan,
shu jumladan mavjud byurokratik toʻsiqlarni olib tashlash boʻyicha tashkiliy masalalarni hal etishga doir ishlarni tashkil etadi;
maxsus iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarining roʻyobga chiqarilish jarayoni monitoringini amalga oshiradi;
maxsus iqtisodiy zonalar direksiyasining va ishtirokchilarining faoliyati samaradorligini baholashdan oʻtkazadi;
maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat koʻrsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari ijrosini tashkil etadi;
maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat koʻrsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish, shuningdek maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalarining hamda maʼmuriy kengashlarining faoliyatini rivojlantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.
6-modda. Maxsus iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturi
Maxsus iqtisodiy zonani rivojlantirish quyidagilarni oʻz ichiga olgan dasturga muvofiq amalga oshiriladi:
ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratishni;
muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini taʼminlashni;
bozor infratuzilmasini yaratishni;
maxsus iqtisodiy zonaning faoliyat boʻyicha va sohaviy ixtisoslashuviga muvofiq chet el investitsiyalarini hamda mahalliy investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlari kompleksini.
Maxsus iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturini moliyaviy taʼminlash zonaning oʻz resurslari, xususiy manbalar, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining, xalqaro moliya institutlari va chet el hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining davlat investitsiya dasturlarini shakllantirishda maxsus iqtisodiy zonalarning muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarining moliyaviy taʼminoti nazarda tutilishi kerak.
7-modda. Maxsus iqtisodiy zona hududida joylashgan davlat mulki obyektlarini boshqarish
Maxsus iqtisodiy zonalar boʻsh turgan va faoliyat koʻrsatmayotgan davlat mulki obyektlari, maʼmuriy-hududiy tuzilmalar hududlari negizida, shuningdek qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlarda tashkil etiladi.
Maxsus iqtisodiy zona hududida joylashgan davlat mulki obyektlari mahalliy davlat hokimiyati organlarining oʻz vakolati doirasidagi qaroriga koʻra maxsus iqtisodiy zona direksiyasiga davlat aktivlarini boshqarish boʻyicha vakolatli organ bilan kelishgan
holda operativ boshqaruvga berilishi mumkin, bundan xususiylashtirilmaydigan strategik davlat mulki obyektlari mustasno. Davlat mulki obyektlari maxsus iqtisodiy zona direksiyasiga maxsus iqtisodiy zona faoliyat koʻrsatadigan butun davr uchun operativ boshqaruvga beriladi.
Maxsus iqtisodiy zonaning maʼmuriy kengashi maxsus iqtisodiy zona hududida joylashgan boʻsh turgan va faoliyat koʻrsatmayotgan davlat mulki obyektlarini maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga, investitsiya majburiyatlari qabul qilingan holda, realizatsiya qilish, shu jumladan “nol” xarid qiymati boʻyicha realizatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar alohida hollarda faqat qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va dorivor oʻsimliklar yetishtirish maqsadida farmatsevtika hamda agrar yoʻnalishdagi maxsus iqtisodiy zonalar uchun berilishi mumkin. Boshqacha faoliyatga va tarmoq ixtisoslashuviga ega boʻlgan maxsus iqtisodiy zonalarga qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining alohida qarorlariga binoan berilishi mumkin.
Maxsus iqtisodiy zonalar hududidagi yer uchastkalari maxsus iqtisodiy zonalarning direksiyalari tasarrufida turadi va maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarining foydalanishiga investitsiya bitimiga muvofiq investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun maxsus iqtisodiy zonalar maʼmuriy kengashlarining qarorlari asosida berilishi mumkin, bundan maxsus sanoat zonalarining hududlari mustasno.
Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yer uchastkasini berish toʻgʻrisidagi qaror maxsus iqtisodiy zona maʼmuriy kengashining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va shu bilan bir vaqtda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, tegishli viloyat hokimining yoxud Toshkent shahar hokimining yer uchastkasini berish toʻgʻrisidagi alohida qarori qabul qilinadi. Mazkur tartib maxsus sanoat zonalari hududida yer uchastkasini berishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisiga yer uchastkasini ajratishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Maxsus iqtisodiy zonalar hududida shaharsozlik faoliyati maxsus iqtisodiy zonalarning tasdiqlangan bosh rejalariga muvofiq amalga oshiriladi.
8-modda. Maxsus iqtisodiy zonalarda davlat-xususiy sheriklik
Maxsus iqtisodiy zonalarda davlat-xususiy sheriklik Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
3-bob. Maxsus iqtisodiy zonalarning turlari va ularning faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari
9-modda. Maxsus iqtisodiy zonalarning turlari
Maxsus iqtisodiy zonalar quyidagi turda tashkil etilishi mumkin:
erkin iqtisodiy zonalar;
maxsus ilmiy-texnologik zonalar;
turistik-rekreatsion zonalar;
erkin savdo zonalari;
maxsus sanoat zonalari.
10-modda. Erkin iqtisodiy zona
Erkin iqtisodiy zona – yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, yuqori texnologik ishlab chiqarishni rivojlantirish, zamonaviy raqobatbardosh, import oʻrnini bosuvchi, eksportga yoʻnaltirilgan tayyor sanoat mahsulotini ishlab chiqarishni oʻzlashtirishga faol jalb etish, shuningdek ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yoʻl-transport, ijtimoiy infratuzilmani va logistika xizmatlarini rivojlantirishni taʼminlash maqsadlarida tashkil etiladigan hudud.
11-modda. Maxsus ilmiy-texnologik zona
Maxsus ilmiy-texnologik zona – innovatsiya infratuzilmasini rivojlantirish maqsadlarida ilmiy tashkilotlar va ilmiy faoliyat sohasidagi boshqa tashkilotlar (texnologik parklar, texnologiyalarni tarqatish (texnologiyalar transferi) markazlari, innovatsion klasterlar, venchur fondlari, biznes-inkubatorlar va boshqalar) toʻplangan hudud.
12-modda. Turistik-rekreatsion zona
Turistik-rekreatsion zona – unda zamonaviy turistik infratuzilma obyektlarini (mehmonxona komplekslari, madaniy-sogʻlomlashtirish, savdo-koʻngilochar va boshqa turistik ahamiyatdagi obyektlarni), maxsus faoliyat koʻrsatuvchi va mavsumiy rekreatsion dam olish zonalarini turistlarga xizmat koʻrsatish maqsadida zarur shart-sharoitlarni taʼminlagan holda barpo etishga doir investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tashkil etiladigan hudud.
13-modda. Erkin savdo zonalari
Erkin savdo zonalari konsignatsiya omborlarini, maxsus bojxona
va soliq rejimlari boʻlgan hududlarni, shuningdek tovarlarga ishlov berish, ularni oʻrab-joylash, saralash, saqlash uchun maydonchalarni
oʻz ichiga oladi.
Erkin savdo zonalari chegara punktlarida, aeroportlarda, temir yoʻl bogʻlanmalarida yoki Oʻzbekiston Respublikasining boshqa bojxona hududlarida tashkil etiladi.
14-modda. Maxsus sanoat zonasi
Maxsus sanoat zonasi – boshqaruv, xoʻjalik va moliyaviy faoliyatning alohida rejimi joriy etiladigan hudud. Maxsus sanoat zonalari zarur maʼmuriy, ilmiy-texnologik, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yoʻl-transport va ijtimoiy infratuzilmani barpo etish uchun yer uchastkalarini ajratish orqali shakllantiriladigan xizmat koʻrsatish va ishlab chiqarish zonalarini oʻz ichiga oladi.
Maxsus sanoat zonasining faoliyat koʻrsatish qoidalari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
4-bob. Maxsus iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalariga doir talablar
15-modda. Maxsus iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalariga doir umumiy talablar
Maxsus iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalariga doir umumiy talablar jumlasiga quyidagilar kiradi:
arxitektura va qurilish, texnik jihatdan tartibga solish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, mehnatni muhofaza qilish hamda sanoat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqlik;
moliyalashtirish manbalarining mavjudligi;
maxsus iqtisodiy zona faoliyatiga va tarmoq ixtisoslashuviga muvofiqlik;
texnologik uskunalar va texnologik jarayonlar koʻrsatkichlarining zamonaviy energiya samaradorligi talablariga muvofiqligi.
16-modda. Erkin iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalariga doir alohida talablar
Investitsiya buyurtmanomasi topshirilgan paytda erkin iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalari Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan yoki Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarish hajmlari ichki bozorning ehtiyojlarini qoplamaydigan yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishni nazarda tutgan boʻlishi kerak.
Erkin iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi kodi boʻyicha yakuniy mahsulot tovar pozitsiyasining dastlabki toʻrtta belgilaridan birining darajasida boshlangʻich xom ashyoga nisbatan oʻzgarishini yoki qoʻshilgan qiymatga ega mahsulot hajmining kamida oʻttiz foiz darajasida koʻpayishini nazarda tutishi ker8likasida oʻxshash mahsulot ishlab chiqaruvchi mahalliy ishlab chiqaruvchilar mavjud emasligi, ishlab chiqarish hajmlari yetishmasligi va raqobat muhiti darajasi toʻgʻrisidagi xulosalari keyinchalik erkin iqtisodiy zonaning maʼmuriy kengashiga taqdim etish uchun erkin iqtisodiy zona direksiyasi tomonidan mustaqil ravishda soʻrab olinadi.
Ushbu talablar toʻliq eksportga yoʻnaltirilgan investitsiya loyihalari uchun tatbiq etilmaydi.
17-modda. Maxsus ilmiy-texnologik zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalariga doir alohida talablar
Maxsus ilmiy-texnologik zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalari quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi kerak:
roʻyxatdan oʻtgan patent huquqlarining mavjudligi;
ilmiy-texnik yangilik va ishlab chiqariladigan mahsulotning koʻp ilmiy izlanishni talab qilishi (tovarlarning xususiyatiga koʻra mutlaqo yangi yoki ilgari ishlab chiqarilgan oʻxshash tovarning xususiyatlaridan jiddiy farq qilsa yoki tovarning isteʼmol xossalariga koʻra mavjud boʻlgan shunday tovarlarga nisbatan yaxshilangan boʻlsa yoki bevosita oʻxshashlari mavjud boʻlmagan taqdirda, sifat jihatidan yangicha isteʼmol (funksional) xususiyatlariga ega boʻlsa, shu jumladan tovarning raqobatbardoshligini oshiradigan yoxud tovarni qoʻllashning bunday tovardan foydalanish sohasini kengaytirish imkonini beradigan yangi usuli aniqlangan boʻlsa).
Tegishli vakolatli organlarning roʻyxatdan oʻtgan patent huquqlari mavjudligi va ilmiy-texnik yangilikning mavjudligi hamda yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarilishi toʻgʻrisidagi xulosalari keyinchalik erkin iqtisodiy zonaning maʼmuriy kengashiga taqdim etish uchun erkin iqtisodiy zona direksiyasi tomonidan mustaqil ravishda soʻrab olinadi.
18-modda. Turistik-rekreatsion zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalariga doir alohida talablar
Turistik-rekreatsion zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalari turistik industriya obyektlarining barpo etilishini, turistik xizmatlarni tashkil etish chogʻida turistlar xavfsizligi va sogʻligʻining muhofaza qilinishini taʼminlash chora-tadbirlarini, shu jumladan turistik industriya obyektlarini videokuzatuv, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda ogohlantirish (xabar qilish) va zarur yordam koʻrsatish tizimlari bilan jihozlash orqali taʼminlash chora-tadbirlarini nazarda tutishi kerak.
19-modda. Maxsus iqtisodiy zonalar hududida taqiqlangan faoliyat
Maxsus iqtisodiy zonalar hududida faoliyatning quyidagi turlarini amalga oshirish taqiqlanadi:
ekologik standartlarga va mehnatni muhofaza qilish standartlariga javob bermaydigan ishlab chiqarishni;
qurol va oʻq-dorilar ishlab chiqarishni, qurol va oʻq-dorilar savdosini;
yadroviy materiallar va radioaktiv moddalar ishlab chiqarishni, yadroviy materiallar va radioaktiv moddalar savdosini;
alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishni;
xom teriga ishlov berishni, hayvonlarni haydab boqishni
yoki soʻyishni;
sement, beton, sement klinkeri, gʻisht, temir-beton plitalar ishlab chiqarishni, koʻmir, ohak va gipsdan mahsulot ishlab chiqarishni;
barcha turdagi chiqindilarni qayta ishlash, parchalash, yoqish, gazlashtirish, ularga kimyoviy vositalar bilan ishlov berish, ularni yakuniy va (yoki) vaqtincha saqlash va (yoki) yer ostiga koʻmib tashlashni;
neftni qayta ishlash zavodlarini, atom elektr stansiyalarini, yadroviy qurilmalarni, radiatsiyaviy manbalarni, qayta ishlangan yadroviy yoqilgʻi, radioaktiv moddalar va chiqindilar, shuningdek boshqa radioaktiv chiqindilarni saqlash, utilizatsiya qilish va qayta ishlash uchun moʻljallangan punktlar hamda qurilmalarni joylashtirishni.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan maxsus iqtisodiy zonalar hududida faoliyatning ayrim turlariga nisbatan taqiq va cheklovlar joriy etilishi mumkin.
5-bob. Maxsus iqtisodiy zonani tashkil etish, uning faoliyat koʻrsatish muddatini uzaytirish, chegaralarini oʻzgartirish va uni tugatish tartibi
20-modda. Maxsus iqtisodiy zonani tashkil etish, uning faoliyat koʻrsatish muddatini uzaytirish, chegaralarini oʻzgartirish va uni tugatish
Maxsus iqtisodiy zona Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan oʻttiz yil muddatga tashkil etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi maxsus iqtisodiy zonaning faoliyat koʻrsatishini
va uni rivojlantirishni tashkil etish masalasi yuzasidan qaror qabul qiladi.
Maxsus iqtisodiy zonaning faoliyat koʻrsatish muddatini uzaytirish, chegaralarini oʻzgartirish va uni tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Davlat boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga maxsus iqtisodiy zonani tashkil etish, faoliyat koʻrsatish muddatini uzaytirish, chegaralarini oʻzgartirish va uni muddatidan oldin tugatish toʻgʻrisida taklif kiritishlari mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kiritilgan taklifni u kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida koʻrib chiqadi va maʼqullangan taqdirda taklifni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi.
21-modda. Maxsus iqtisodiy zonani tashkil etish, uning faoliyat koʻrsatish muddatini uzaytirish, chegaralarini oʻzgartirish yoki uni tugatish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Maxsus iqtisodiy zonani tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifga quyidagilar ilova qilinadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus iqtisodiy zonani tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori loyihasi, unda maxsus iqtisodiy zonaning nomi, u qancha muddatga tashkil etilayotganligi, maxsus iqtisodiy zonani tashkil etish maqsadi va uning turi, uning maxsus huquqiy rejimi xususiyatlari, faoliyatiga oid va tarmoq ixtisoslashuvi, maxsus iqtisodiy zonaning umumiy maydoni hamda chegaralarining tavsifi, uning tashkil etilishini va rivojlantirilishini taʼminlash chora-tadbirlari koʻrsatiladi;
aniq tadbirlar, bu tadbirlarni amalga oshirish uchun masʼul shaxslar va tashkilotlar, shuningdek maxsus iqtisodiy zonani rivojlantirish boʻyicha ishlarni moliyalashtirish manbalari koʻrsatilgan holda maxsus iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturining loyihasi;
maxsus iqtisodiy zonaning moʻljallangan chegaralari chizib koʻrsatilgan holda yer-kadastr rejasining koʻchirma nusxasi;
maxsus iqtisodiy zonaning moʻljallanayotgan chegaralarida joylashgan yerlarning tarkibi, yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning,
yer uchastkalari ijarachilarining va mulkdorlarining (ular mavjud boʻlgan taqdirda) roʻyxati hamda ularning maxsus iqtisodiy zonani tashkil etish uchun yer uchastkalarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga oʻtkazish uchun yozma roziligi;
tegishli hududdagi ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy shart-sharoitlarni, moddiy va mehnat resurslari, kommunikatsiyalar bilan taʼminlanganlikni tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan maxsus iqtisodiy zonani, uning turini tashkil etish zarurligi hamda mumkinligini asoslovchi biznes-reja, shuningdek maxsus iqtisodiy zona maxsus huquqiy rejimining taklif etilayotgan oʻziga xos xususiyatlarining moliyaviy-iqtisodiy asosi;
maxsus iqtisodiy zona direksiyasi ustavining loyihasi (agar direksiya davlat muassasasi shaklida tashkil etilayotgan boʻlsa).
Maxsus iqtisodiy zonaning faoliyat koʻrsatish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi taklifga quyidagilar ilova qilinadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus iqtisodiy zonaning faoliyat koʻrsatish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qarori loyihasi;
maxsus iqtisodiy zonaning faoliyat koʻrsatish muddatini uzaytirish zarurati va imkoniyatining asoslari.
Maxsus iqtisodiy zonaning chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi taklifga quyidagilar ilova qilinadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus iqtisodiy zonaning chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarori loyihasi;
maxsus iqtisodiy zona bosh rejasining loyihasi va maxsus iqtisodiy zonaning chegaralarini moʻljallanayotgan oʻzgartirishni hisobga olgan holda chegaralari chizib koʻrsatilgan yer-kadastr rejasining koʻchirma nusxasi;
chegaralariga oʻzgartirish kiritiladigan maxsus iqtisodiy zonaga qoʻshilishi moʻljallanayotgan hududlarda joylashgan yerlarning tarkibi,
yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning, yer uchastkalari ijarachilarining va mulkdorlarining (ular mavjud boʻlgan taqdirda) roʻyxati hamda ularning yer uchastkalarini maxsus iqtisodiy zonaning maʼmuriy kengashiga, maxsus sanoat zonasi boʻlgan taqdirda esa,
yer uchastkalarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga oʻtkazish uchun yozma roziligi;
maxsus iqtisodiy zonaning chegaralariga qoʻshib olish uchun taklif qilinayotgan hududlarda amalda faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslarning va tadbirkorlik subyektlarining roʻyxati;
maxsus iqtisodiy zonaning chegaralaridan chiqarib tashlash uchun taklif etilayotgan hududlarda amalda faoliyat koʻrsatayotgan maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining roʻyxati (ular mavjud boʻlgan taqdirda);
maxsus iqtisodiy zonaning chegaralarini oʻzgartirish zarurati
va imkoniyatining asoslari.
Maxsus iqtisodiy zonani muddatidan oldin tugatish toʻgʻrisidagi taklifga quyidagilar ilova qilinadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus iqtisodiy zonani tugatishni taʼminlash, shuningdek zarur boʻlgan hollarda maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchilariga kafolatlar va (yoki) kompensatsiyalarni taqdim etish boʻyicha kompleks tashkiliy chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi maxsus iqtisodiy zonani muddatidan oldin tugatish toʻgʻrisidagi qarori loyihasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus iqtisodiy zonani tugatish komissiyasining tarkibi va vakolatlarini, shuningdek maxsus iqtisodiy zonani tugatish tartibini belgilovchi qarori loyihasi;
ushbu Qonun 22-moddasi ikkinchi qismining ikkinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha maxsus iqtisodiy zona muddatidan oldin tugatilgan taqdirda, maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining amalga oshirilayotgan oʻz investitsiya loyihalari koʻrsatilgan holdagi roʻyxati;
maxsus iqtisodiy zonani muddatidan oldin tugatishning sabablari hamda tegishli maʼmuriy-hududiy birliklar va umuman respublika uchun, maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari uchun ehtimoldagi oqibatlari koʻrsatilgan holda tegishli hududdagi ijtimoiy, ekologik, iqtisodiy
va boshqa sharoitlarni, shuningdek tugatilayotgan maxsus iqtisodiy zona faoliyatining va faoliyati samaradorligining koʻrsatkichlarini batafsil tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan maxsus iqtisodiy zonani muddatidan oldin tugatishning zarurati hamda imkoniyatining texnik-iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy asoslari.
22-modda. Maxsus iqtisodiy zonani tugatish uchun asoslar
Maxsus iqtisodiy zona qaysi muddatga tuzilgan boʻlsa, oʻsha muddat tamom boʻlgach, tugatilgan hisoblanadi.
Maxsus iqtisodiy zonani muddatidan oldin tugatish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi, agar:
buni odamlarning hayoti va sogʻligʻini himoya qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish, davlat xavfsizligini va mamlakat mudofaasini taʼminlash zarurati taqozo etsa;
maxsus iqtisodiy zona tashkil etilgan kundan eʼtiboran bir yil mobaynida bironta ham yuridik shaxs mazkur maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilmagan boʻlsa va (yoki) maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi tomonidan ish oʻrinlari yaratilmagan boʻlsa;
maxsus iqtisodiy zona tashkil etilgan kundan eʼtiboran olti oy mobaynida mazkur maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari tomonidan investitsiya loyihalarini roʻyobga chiqarish boʻyicha faoliyat amalga oshirilmagan boʻlsa;
maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisi maqomini yoʻqotganligi va mazkur iqtisodiy zonaning oxirgi ishtirokchisi tomonidan bunday maqom yoʻqotilgan kundan eʼtiboran bir yil mobaynida uning hududida uning ishtirokchisi sifatida birorta ham yuridik shaxs roʻyxatdan oʻtkazilmaganligi bois maxsus iqtisodiy zonada uning ishtirokchilari qolmagan boʻlsa;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus iqtisodiy zonani tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorida belgilangan maxsus iqtisodiy zonani tashkil etishning maqsadlariga erishish boshqa sabablarga koʻra imkonsiz boʻlib qolgan boʻlsa.
Ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha maxsus iqtisodiy zona muddatidan oldin tugatilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga koʻra maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga ular tomonidan koʻrilgan zarar yoki boy berilgan naf uchun kafolatlar
va (yoki) kompensatsiya beriladi yoxud avval amalda boʻlgan tartibga muvofiq taqdim etilgan imtiyozlar va preferensiyalar saqlanib qoladi.
Maxsus iqtisodiy zonani tugatish bilan bogʻliq mulkiy va boshqa masalalarni hal qilish, maxsus iqtisodiy zona direksiyasi
va ishtirokchilari, boshqa tashkilotlar va jismoniy shaxslar oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga solish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tugatish komissiyasini tuzadi, uning tarkibi
va vakolatlarini belgilaydi, shuningdek maxsus iqtisodiy zonani
u muddatidan oldin tugatilgan taqdirda tugatish tartibini tasdiqlaydi.
6-bob. Maxsus iqtisodiy zonani boshqarish
23-modda. Maxsus iqtisodiy zonaning maʼmuriy kengashi
Maxsus iqtisodiy zonaning maʼmuriy kengashi tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar vakillari orasidan tuziladigan kollegial organ boʻlib, unga maqomi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, tegishli viloyat hokimi va Toshkent shahar hokimi boʻlgan rais rahbarlik qiladi.
Maxsus iqtisodiy zonaning maʼmuriy kengashi:
maxsus iqtisodiy zonaning faoliyat koʻrsatishi, maxsus huquqiy rejimga rioya etish va
maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga koʻmaklashish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
maxsus iqtisodiy zona hududida amalga oshirish uchun investitsiya loyihalarini saralab olishni amalga oshiradi;
maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini berish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
maxsus iqtisodiy zonaning muhandislik-kommunikatsiya
va transport infratuzilmasi qurilishi boʻyicha loyihalarning
oʻz vaqtida amalga oshirilishini tashkil etadi;
maxsus iqtisodiy zona direksiyasining yillik daromadlar
va xarajatlar smetasini koʻrib chiqadi hamda tasdiqlaydi.
Maxsus iqtisodiy zona maʼmuriy kengashining oʻz vakolati doirasida qabul qilingan qarorlari maxsus iqtisodiy zona direksiyasi va ishtirokchilari uchun majburiydir.
24-modda. Maxsus iqtisodiy zona direksiyasi
Maxsus iqtisodiy zona direksiyasi maxsus iqtisodiy zonaning faoliyat koʻrsatishi va boshqarilishini taʼminlash uchun tashkil etiladigan davlat unitar korxonasi shaklidagi yuridik shaxsdir.
Bugungi kunda mamlakatimizdagi islohotlar, eng avvalo, dunyoda, shu jumladan, jahon iqtisodiyoti kon’yunkturasida yuz berayotgan turli o‘zgarishlarga mos holda amalga oshirilmoqda. Tanlab olgan yo‘limiz global inqirozdan keyin jahon iqtisodiyoti rivojlanish sur’atlari pasaygan bir sharoitda o‘zining barqarorligi va hayotiyligini ko‘rsatayotir.
Ekspertlarning tasdiqlashicha, O‘zbekistonda kuzatilayotgan makroiqtisodiy barqarorlik tashqi salbiy ta’sirlarga samarali qarshi turish imkonini berayapti.
Ayni vaqtda mamlakatimizda 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalar izchil ro‘yobga chiqarilmoqda. Ushbu dasturiy hujjat mamlakatimizning mutlaqo yangi taraqqiyot bosqichiga o‘tishi uchun yo‘l ochib berdi. Ekspertlar fikricha, Harakatlar strategiyasining qabul qilinishi O‘zbekiston uchun katta qadam bo‘lib, mamlakat bu borada izchil va ishonchli harakat qilib, zarur mustahkam asosni yaratgan edi.
Iqtisodiy zonalar haqidagi qonun yangilandi
«Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida"gi yangi qonun uch oydan keyin 1996 yilda qabul qilingan erkin iqtisodiy zonalar haqidagi qonunning o‘rnini egallaydi. Iqtisodiy zonalar turlariga ko‘ra ajratiladi, u yerda amalga oshiriladi investitsiya loyihalariga talab qo‘yiladi.
Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida"gi qonun 17 fevral kuni prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi. Mazkur hujjat «Xalq so‘zi» gazetasida e’lon qilindi.
Ayni paytda iqtisodiy zonalarning faoliyati 1996 yilda qabul qilingan «Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida"gi qonun bilan tartibga solinmoqda. Uch oydan so‘ng yangi qonun kuchga kirgach, eskisi o‘z kuchini yo‘qotadi.
Yangi qonunda iqtisodiy zonalarni faoliyat turiga ko‘ra ajratish nazarda tutilgan.
Erkin iqtisodiy zona — yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, yuqori texnologik ishlab chiqarishni rivojlantirish, zamonaviy raqobatbardosh, import o‘rnini bosuvchi, eksportga yo‘naltirilgan tayyor sanoat mahsulotini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga faol jalb etish tashkil etiladigan hudud.
Maxsus ilmiy-texnologik zona — innovatsiya infratuzilmasini rivojlantirish maqsadlarida ilmiy tashkilotlar va ilmiy faoliyat sohasidagi boshqa tashkilotlar (texnologik parklar, texnologiyalarni tarqatish (texnologiyalar transferi) markazlari, innovatsion klasterlar, venchur fondlari, biznes-inkubatorlar va boshqalar) to‘plangan hudud.
Turistik-rekreatsion zona — unda zamonaviy turistik infratuzilma ob’ektlarini (mehmonxona komplekslari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar va boshqa turistik ahamiyatdagi ob’ektlarni), maxsus faoliyat ko‘rsatuvchi va mavsumiy rekreatsion dam olish zonalarini turistlarga xizmat ko‘rsatish maqsadida zarur shart-sharoitlarni ta’minlagan holda barpo etishga doir investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tashkil etiladigan hudud.
Erkin savdo zonalari konsignatsiya omborlarini, maxsus bojxona va soliq rejimlari bo‘lgan hududlarni, shuningdek tovarlarga ishlov berish, ularni o‘rab-joylash, saralash, saqlash uchun maydonchalarni o‘z ichiga oladi. Erkin savdo zonalari chegara punktlarida, aeroportlarda, temir yo‘l bog‘lanmalarida yoki O‘zbekiston Respublikasining boshqa bojxona hududlarida tashkil etiladi.
Maxsus sanoat zonasi — boshqaruv, xo‘jalik va moliyaviy faoliyatning alohida rejimi joriy etiladigan hudud. Maxsus sanoat zonalari zarur ma’muriy, ilmiy-texnologik, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ijtimoiy infratuzilmani barpo etish uchun yer uchastkalarini ajratish orqali shakllantiriladigan xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish zonalarini o‘z ichiga oladi.
Maxsus iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalariga doir umumiy talablar jumlasiga quyidagilar kiradi:
arxitektura va qurilish, texnik jihatdan tartibga solish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, mehnatni muhofaza qilish hamda sanoat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqlik;
moliyalashtirish manbalarining mavjudligi;
maxsus iqtisodiy zona faoliyatiga va tarmoq ixtisoslashuviga muvofiqlik;
texnologik uskunalar va texnologik jarayonlar ko‘rsatkichlarining zamonaviy energiya samaradorligi talablariga muvofiqligi.
Investitsiya buyurtmanomasi topshirilgan paytda erkin iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalari O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan yoki O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarish hajmlari ichki bozorning ehtiyojlarini qoplamaydigan yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishni nazarda tutgan bo‘lishi kerak.
Erkin iqtisodiy zonalarda raqobat muhiti yaratilgan, ichki bozor to‘yingan yoki ishlab chiqarish hajmlari ichki bozor ehtiyojlarini qoplaydigan o‘xshash mahsulot ishlab chiqaradigan mahalliy ishlab chiqaruvchilar mavjud bo‘lgan mahsulot turlarini ishlab chiqarishga doir investitsiya loyihalari amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari soliq bo‘yicha imtiyozlardan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida nazarda tutilgan tartibda foydalanadi.
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari quyidagilarni to‘lashdan ozod etiladi:
respublikada ishlab chiqarilmaydigan va investitsiya bitimiga muvofiq investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun qurilish davrida belgilangan tartibda olib kirilgan qurilish materiallari uchun bojxona to‘lovlarini (bundan qo‘shimcha qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar mustasno);
tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha texnologik uskunalarning o‘xshashi O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydiganini olib kirishda bojxona to‘lovlarini (bundan bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar mustasno).
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari tomonidan ishlab chiqarish va mahsulotlarni eksportga realizatsiya qilish uchun foydalanadigan xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda bojxona to‘lovlari (bundan bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar mustasno) to‘lanmaydi.
Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari tovarlarni import qilganda qo‘shilgan qiymat solig‘ini 120 kungacha muddatga kechiktirib to‘lashi mumkin.
«Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida"gi qonun uch oydan so‘ng kuchga kiradi.
Pragmatik va samarali muloqot
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari davlat va jamiyat munosabatlariga yangicha ruh bag‘ishladi. Soha rivoji davlat hamda jamiyat, davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarning yangi shakllari amaliyotga joriy etilishiga xizmat qilmoqda.
Shu ma’noda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining samaradorligi ko‘rsatkichi, joylardagi muammolarni chuqur tahlil etish hamda hal qilish mexanizmi sifatida muhim ahamiyat kasb etayotir.
Virtual qabulxona qisqa davr mobaynida aholini tashvishga solayotgan masalalarni yechish bo‘yicha ta’sirchan vositaga aylandi. Buni murojaatlar statistikasi ham tasdiqlaydi. Ya’ni bugungi kunga kelib, fuqarolardan bir milliondan ziyod murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 94 foizi ko‘rib chiqilgan. Shunday qilib, davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamiyat oldidagi javobgarligi tamoyili amalda ro‘yobga chiqarilmoqda. Fuqarolarning mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usi kuchaygan. Bu esa davlat va xalq munosabatlaridagi o‘zaro ishonchning mustahkamlanishida, jamiyatning barqarorligi va taraqqiyotida muhim omil bo‘lib xizmat qilayotir. Eng muhimi, ekspertlar aholi tafakkurida, dunyoqarashida ijobiy o‘zgarishlar yuz berayotganini qayd etishayapti. Ularning nazdida bu jamiyat oldidagi vazifalarni ro‘yobga chiqarishda hal qiluvchi omil hisoblanadi.
Kreativ iqtisodiyot sari
Mamlakatimiz rahbariyati tomonidan iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, qishloq xo‘jaligini tarkibiy yangilash, shuningdek, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga qaratilgan hayotiy tashabbuslar ilgari surilmoqda. Shunisi e’tiborliki, belgilangan vazifalarni to‘liq amalga oshirish uchun O‘zbekistonda innovatsion taraqqiyotga hamda iqtisodiyotning o‘sish sur’atini jadallashtirishga asoslangan kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari ko‘rilayotir.
Uning asosiy g‘oyasi nafaqat eksportni ko‘paytirish, balki sifatli ish o‘rinlari yaratish imkonini beruvchi yangi tarmoqlar, tovar va xizmatlarni yo‘lga qo‘yishni ta’minlashdan iborat. Kreativ iqtisodiyot, shuningdek, “start-ap”lar, ya’ni yangicha biznes-loyihalar, original g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash orqali fuqarolarning ishlab chiqarishdagi faol ishtirokini ko‘zda tutadi.
Yurtimizda “start-ap”lar tobora keng joriy etilmoqda. Ular, ayniqsa, yoshlar orasida ommalashgan. Masalan, shu yilning mart oyida Yoshlarning “start-ap” tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash dasturiga start berildi. Unda O‘zbekistonning turli oliy ta’lim muassasalaridan mingdan ziyod talabalar ishtirok etdi. Keng qamrovli ushbu loyihada eng ko‘p tashabbuslar elektron tijorat, ta’lim, kommunikatsiya va navigatsiya texnologiyalari, transport hamda yo‘l infratuzilmasi, tibbiyot va biotexnologiyalar sohasiga tegishli bo‘ldi.
Prezidentimiz tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirish hamda liberallashtirish maqsadida 20 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi, amaldagi qator qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi, tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zarur shart-sharoitlar yaratildi. Xususan, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish kafolat jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili instituti tuzildi. Xalqaro ekspertlarning qayd etishicha, O‘zbekistonda iqtisodiy siyosatni amalga oshirish bo‘yicha yondashuv o‘zgarayapti. Bu, avvalambor, aholining iqtisodiy faolligini oshirish va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishga qaratilgandir. Bunda asosiy e’tibor yuqori texnologik va innovatsion ishlab chiqarishni tashkil qilish hamda kengaytirishga xorijlik sheriklar va investitsiyalarni jalb etishga qaratilmoqda. Chet el investitsiyalarini faol jalb qilish, eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalarni tashkil qilish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida mamlakatimiz hududlarida erkin iqtisodiy zonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilayapti. Qisqa davr ichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida 11 erkin iqtisodiy zona tashkil etildi. Bu ham hududlarning ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan foydalanish jug‘rofiyasi kengayib borayotganini ko‘rsatadi.
Oʻzbekiston iqtisodiyoti bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich oʻtadi, tashqi savdo siyosati import oʻrini bosishga asoslangan. 2017-yil sentabrida mamlakat valyutasi bozor kursi boʻyicha toʻliq konvertatsiya qilinmoqda. Oʻzbekiston paxta tolasini ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi yirik korxonadir. Mamlakatda shuningdek, dunyodagi eng yirik oltin koni mavjud. Sovet davridagi ulkan energiya ishlab chiqarish qurilmalari va tabiiy gazni yetkazib berish bilan Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi eng yirik elektr ishlab chiqaruvchisi boʻldi.
Ijtimoiy yo‘naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tish «o‘zbek modeli»ning asosiy tamoyillari
Birinchi tamoyil: Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, bu shuni anglatadiki, iqtisodiy islohotlar har qanday aqidalar va eskirgan andozalardan holi bo‘lishi va qandaydir mafkuraga bo‘ysunmasligi lozim.
Ikkinchi tamoyil: Davlat – bosh islohotchi, u islohotlarning asosiy ustuvor yo‘nalishlari va bosqichlarini belgilab berishi va ularni hayotga izchil tatbiq etishi shart.
Uchinchi tamoyil: Jamiyat hayotining barcha sohalarida qonun ustuvorligi. Demokratik yo‘l bilan qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarga istisnosiz barcha rioya qilishi shart.
To‘rtinchi tamoyil: kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish. Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtning o‘zida aholining, ayniqsa kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarning, pensiya yoshidagi insonlarning ishonchli ijtimoiy himoyalanishini ta’minlash yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni qo‘llash zarur.
Beshinchi tamoyil: Bozor munosabatlariga o‘tish ob’yektiv iqtisodiy qonuniyatlarni hisobga olgan holda, izchil, chuqur o‘ylab, bosqichma-bosqich evolyutsion yo‘l bilan amalga oshiriladi.
Rivojlanishning «o‘zbek modeli» deb nom olgan jamiyatni modernizatsiya qilish va yangilash modelining amalga oshirilishi tarixan qisqa muddatlarda iqtisodiyotning tarkibini tubdan o‘zgartirish, makroiqtisodiy muvozanatni va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash imkonini berdi.
YAIMning o‘sish sur’atlari (o‘tgan yilga nisbatan foiz hisobida)
O‘zbekiston 1991 yilda mustaqillikka erishgan vaqtdan buyon mamlakat YAIMining hajmi xarid qilish qobiliyatining pariteti bo‘yicha qariyb 4,5 marta oshdi, shu bilan birga, so‘nggi yillarda iqtisodiy o‘sish sur’atlari kamida 8 foizni tashkil qilmoqda.
Inflyatsiya darajasi (o‘tgan yil dekabr oyiga nisbatan foiz hisobida)
Byudjet saldosi (YAIMga nisbatan foiz hisobida)
1991-2013 yillarda sanoat ishlab chiqarish hajmi 3,7 marta oshdi va oxirgi 10 yilda sanoat o‘sishining o‘rtacha yillik sur’atlari YAIMning o‘sish sur’atlariga qaraganda ilgarilab, 9,4 foizni tashkil qilmoqda.
Sanoat mahsulotlarining o‘sish sur'atlari (o‘tgan yilga nisbatan foiz hisobida)
2000-2013 yillarda YAIM tarkibida sanoatning ulushi 14,2 foizdan 24,2 foizgacha o‘sdi, bunda sanoatning tarkibi sezilarli darajada diversifikatsiya qilindi, bu sanoatda xomashyoga yo‘naltirilishdan ichki va tashqi bozorda talab etilgan tayyor tovarlar ishlab chiqarishni kengaytirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasi hisoblanadi.
Shu bilan birga, ushbu davrda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi o‘sishining yuqori sur’atlari (har yili o‘rtacha 6,1%) saqlab qolingan holda YAIM tarkibida qishloq xo‘jaligining ulushi 30,1 foizdan 17,6 foizgacha kamaydi.
O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining tarkibi,foiz hisobida
2013 yilda sanoatning tarmoq tarkibi, foiz hisobida
O‘zbekiston mustaqillik yillarida mamlakatimizda sanoatning avtomobilsozlik, neft-gaz-kimyo, neft-gaz mashinasozligi, zamonaviy qurilish materiallari sanoati, temir yo‘l mashinasozligi, maishiy elektrotexnika, farmatsevtika, zamonaviy oziq-ovqat va to‘qimachilik kabi mutlaqo yangi tarmoqlari barpo etildi.
Asaka va Pitnak shaharlarida «Jeneral Motors» kompaniyasi bilan hamkorlikda yengil avtomobillar, Samarqandda «Isuzu» avtobuslari va «MAN» kompaniyasi bilan hamkorlikda yuk avtomobillari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi zavodlar ishga tushirildi.
Neft-gaz-kimyo tarmog‘ida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan gaz-kimyo majmui, Qo‘ng‘irot soda zavodi, Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi va bir qator boshqa yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlar qurildi.
Shu bilan birga O‘zbekistonda so‘nggi yillarda iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishlar samaradorligini oshirishga doir dasturiy chora-tadbirlar faol amalga oshirilmoqda, ular natijasida 2000-2013 yillarda mehnat unumdorligi 2,1 marta oshib, iqtisodiyotning energiya sarfi 3,2 martaga qisqardi.
Sanoat tarmoqlarining o‘sish sur’atlari, (foiz)
(1990 y. = 100 foiz)
1990y.
2000y.
2013y.
Sanoat - jami100123,63,7 m.Elektr energetikasi10078,985,4Yoqilg‘i sanoati100127,32,4 m.Qora metallurgiya10058,81,8 m.Rangli metallurgiya10087,7100,9Kimyo va neft-kimyo sanoati100101,63,6 m.Mashinasozlik va metallga ishlov berish100142,218,5 m.O‘rmon, yog‘ochga qayta ishlash va sellyuloza-qog‘oz sanoati100248,419,8 m.Qurilish materiallari sanoati10058,41,9 m.Yengil sanoat100159,25,0 m.Oziq-ovqat sanoati100150,07,5 m.Boshqa tarmoqlar100162,67,0 m.
Faol investitsiya siyosatining amalga oshirilishi, sanoat tarmoqlari va ishlab chiqarish infratuzilmasining texnik modernizatsiya qilinishi iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirishga xizmat qildi.
Investitsiyalarning o‘sish sur’atlari, foiz hisobida
Biznes yuritish uchun qulay muhit, xorijiy investorlar uchun huquqiy kafolatlar va imtiyozlar keng tizimi, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatini rag‘batlantirish yaxlit tizimi mamlakatimiz iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimini oshirishga yordam berdi.
2013 yilda mamlakat iqtisodiyotiga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi YAIMga nisbatan 24,1 foizni tashkil etdi. O‘zlashtirilgan kapital qo‘yilmalar umumiy hajmining 20 foizidan ko‘pini 2,6 milliard dollar umumiy qiymatdagi xorijiy investitsiyalar va kreditlar tashkil qildi, shuning 78 foizidan ko‘pi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardir.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston eksportining tarkibi sezilarli darajada o‘zgardi, eksport monokulturasi – paxtaga bog‘liqlikka barham berildi, uning ulushi 59,7 foizdan 8 foizgacha kamaydi, tashqi savdo jug‘rofiyasi tubdan o‘zgardi, bu mamlakatimizning eksport salohiyatini mustahkamlash imkonini berdi.
Masalan, 1990-2013 yillarda O‘zbekistondan mahsulot eksport qilish hajmi 35,2 marta oshdi, bunda keyingi 13 yil mobaynida savdo balansining musbat saldosi barqaror ta’minlanmoqda.
Birgina so‘nggi o‘n yil ichida yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulot, xususan, avtomobil eksport qilish hajmi 11,6 marta, yigirilgan ip eksport qilish hajmi 4,1 marta, trikotaj polotno eksport qilish hajmi 114,8 marta, o‘g‘itlar eksport qilish hajmi 11,3 marta oshdi.
Eksportning tovar tarkibi, % hisobida
1990y.2013y.Paxta tolasi59,77,5Oziq-ovqat mahsulotlari3,99,5Kimyoviy mahsulotlar2,33,9Energiya manbalari va neft mahsulotlari17,130,1Qora va rangli metallar4,66,1Mashina va asbob-uskunalar1,75,3Xizmatlar 1,318,9Boshqalar 9,418,7
Agar 1990-yillarning boshida respublikamiz tashqi savdosi faqat MDH mamlakatlari bilan amalga oshirilgan bo‘lsa, bugungi kunda tashqi savdoning 40 foizidan ko‘pi Osiyo mamlakatlari, 15 foizi Yevropa mamlakatlari bilan amalga oshirilmoqda.
Mustaqillik yillarida temir yo‘l aloqasini modernizatsiya qilish va rivojlantirish yuzasidan keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirildi.
Yangi temir yo‘llar, shu jumladan Navoiy – Uchquduq – Sulton Uvaystog‘ – Nukus yo‘nalishi bo‘yicha Amudaryo daryosidan o‘tuvchi 342 km uzunlikdagi, Toshg‘uzor – Boysun – Qumqo‘rg‘on yo‘nalishi bo‘yicha dengiz sathidan 1500 metr balandlikdagi tog‘li dovon orqali o‘tib, Afg‘onistonning shimoliy chegaralariga chiquvchi 223 km uzunlikdagi yangi temir yo‘l qurildi.
345 km uzunlikdagi Toshkent – Samarqand, 66 km uzunlikdagi Toshkent – Xo‘jakent va 115 km uzunlikdagi To‘qimachi – Angren temir yo‘l liniyalari elektrlashtirildi. 2011 yilda Toshkent – Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha «Talgo-250» zamonaviy qulay poyezdlari negizida «Afrosiyob» yuqori tezlikka ega yo‘lovchi poyezdi foydalanishga topshirildi.
2013 yilda transmilliy transport koridorini rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 19 km uzunlikdagi yer osti yo‘li qurlishini o‘z ichiga olgan 125 km uzunlikdagi Angren-Pop yangi elektrlashtirilgan temir yo‘l qurilishi boshlandi.
Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini rivojlantirish dasturining amalga oshirilishi doirasida so‘nggi yillarda qariyb 2 ming km avtomobil yo‘llari, shu jumladan O‘zbekiston milliy avtomagistrali tarkibiga kiruvchi 1,5 ming km uchastka qurilib, rekonstruksiya qilindi.
Farg‘ona vodiysini mamlakatimizning markaziy qismi bilan bog‘lovchi ikkita yer osti yo‘li qurlishini o‘z ichiga olgan Qamchiq dovoni orqali o‘tuvchi eng yuqori xalqaro talablarga javob beradigan avtomobil yo‘li foydalanishga topshirildi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda 20 dan ortiq xalqaro transport koridorlari ishlab turibdi, shundan 2 ta yirik xalqaro avtomobil yo‘li G‘arbiy Yevropa davlatlarini Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan bog‘laydi.
O‘zbekistonda havo transportini rivojlantirish va yangilash doirasida G‘arbda ishlab chiqarilgan samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatish majmui barpo etilib, aeroportlar rekonstruksiya qilindi, O‘zbekistonning butun hududida MDHda havo harakatini boshqarishning eng yaxshi tizimlaridan biri sifatida e’tirof etilgan navigatsiya tizimi takomillashtirildi. Bugungi kunda samolyotlar parkidan faqatgina «Boing» va «Airbus» kabi jahonda yetakchi hisoblangan ishlab chiqaruvchilarning zamonaviy havo kemalari joy olgan. Bortiga O‘zbekiston bayrog‘i o‘rnatilgan samolyotlar Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikaning 40 dan ortiq mamlakatiga parvoz qilmoqda.
Mustaqillik yillarida xizmatlar ko‘rsatish sohasi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining eng istiqbolli va jadal rivojlanuvchi tarmog‘iga aylandi. Agar 2000 yilda YAIM tarkibida xizmat ko‘rsatish sohasining ulushi 37,0 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2013 yil yakunlariga ko‘ra bu ko‘rsatkich 53 foizga teng bo‘ldi.
YAIM tarkibida xizmat ko‘rsatish sohasining ulushi(foiz hisobida)
Shu bilan birga, mazkur yillarda mobil aloqa va axborotlashtirish, kompyuterda dasturlashtirish xizmatlari, konsalting, yuridik va auditorlik xizmatlari, rielterlik va brokerlik xizmatlari, xususiy tibbiyot, avtosug‘urta, texnologik asbob-uskunalar servisi va ularni ta’mirlash kabi zamonaviy xizmatlar turlari, moliyaviy xizmatlarning yangi turlari, shu jumladan lizing, elektron banking va hokazolar paydo bo‘ldi va bugungi kunda ularning ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmidagi ulushi 20 foizdan ko‘pni tashkil qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi tarixiy obidalar soni bo‘yicha jahonda yetakchi o‘rinlardan birini egallab turish bilan birga, ulkan meros – Buyuk ipak yo‘li tarixi bilan chambarchas bog‘lanib ketgan ko‘p asrlik tarix va madaniyatni aks ettiruvchi 4 mingdan ortiq tarixiy-me’moriy yodgorliklarga ega.
Samarqand, Buxoro, Hiva, Shahrisabz, Qo‘qon kabi tarixiy yodgorliklarga boy shaharlar butun jahonga mashhur. Bu azim shaharlar betakror tarixiy qiyofasi bilan har qanday odamni o‘ziga jalb etadi. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonning betakror tarixiy, arxitekturaviy tizimlari va yodgorliklari bilan tanishtirishga yo‘naltirilgan, O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘ylab yuzdan ortiq sayyohlik yo‘nalishlari tashkil etilgan bo‘lib, bu tarixiy ob’yektlarning 140 tasi YUNESKO tashkiloti tomonidan muhofazaga olingan.
Mamlakatimizda 348 ta turistik firma va tashkilot faoliyat ko‘rsatib turibdi, ko‘plab tarixiy obidalar, arxitektura va me’morchilik yodgorliklarini qamrab olgan 110 ta xalqaro sayyohlik yo‘nalishlari, shu jumladan tarixiy-madaniy meros ob’yektlari bo‘yicha 65 ta, tabiiy-rekreatsion yo‘nalishi bo‘yicha 30 ta va sog‘lomlashtirish turizmi bo‘yicha 15 ta ekologik yo‘nalish yo‘lga qo‘yilgan.
O‘zbekistonda xalqaro toifadagi qulay mehmonxonalar tarmog‘i yaratilgan. 24 minngdan ortiq o‘rinli 470 tadan ortiq mehmonxona, motel va kemping turistlarga xalqaro standartlarga muvofiq xizmatlar ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston mehmonxonalari orasida eng mashhur mehmonxonalar majmualari bo‘lmish Radisson SAS, Dedeman Hotels & Resorts va boshqalar shular jumlasidandir.
Har oqshom 36 ta professional teatr, jumladan A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri tashrif buyuruvchilarni o‘ziga chorlaydi. Har yili musiqali va teatr festivallari o‘tkaziladi. Shuningdek, bo‘sh vaqtda sport bilan shug‘ullanish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan – golf va bouling-klublar, ko‘p sonli fitnes-markazlar, basseynlar va ko‘plab boshqa inshootlar barpo etilgan.
Joriy yilning oktyabr oyida uch ming yillik tarixga ega, azaldan ilm savdo-sotiq, madaniyat, hunarmandchilik taraqqiy etgan, butun yer yuzidan olimu allomalar, sayyohu savdogarlar intilgan Samarqand shahrida Butunjahon turzim tashkiloti ijroiya kengashi 99-sessiyasining o‘tkazilishi ham bugungi kunda sayyohlik sohasida O‘zbekiston nufuzining yanada ortib borayotganiga dalolatdir.
O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar amalga oshirila boshlangan vaqtdan e’tiboran kichik va xususiy biznesni rivojlantirish ko‘pukladli bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiga aylandi.
Kichik biznes ulushi (foiz hisobida)
2000 г.2013 г. YAIMda31,055,8 sanoatda12,928,1 qurilishda38,471,5 tovar aylanmasida42,546,1 umumiy bandlikda49,776,7 eksportda10,224,1
2000-2013 yillarda YAIM tarkibida kichik biznesning ulushi 31 foizdan 55,8 foizgacha, sanoatda 12,9 foizdan 28,1 foizgacha, qurilishda 38,4 foizdan 71,5 foizgacha, eksportda 10,2 foizdan 24,1 foizgacha oshdi.
Hozirgi vaqtda kichik biznes O‘zbekistonda mehnatga jalb qilish va aholi bandligini oshirishning asosiy sohasi hisoblanib, respublikamiz barcha band aholisining 76,7 foizini ish o‘rinlari bilan ta’minlaydi.
So‘nggi yillarda soliq solishning muqobil tizimi shakllantirilgan bo‘lib, buning natijasida umumiy soliq yuki 3 marta kamaydi. Bunda davlat tomonidan eksportchi korxonalarga, kichik biznes sub’yektlariga hamda investitsiyalarni amalga oshiruvchi va mahsulotning yangi turlarini o‘zlashtiruvchi korxonalarga qo‘shimcha imtiyozlar berilgan.
Soliq yukining tushish dinamikasi (YAIMga nisbatan foizda)
Xususan, kichik biznes sub’yektlari soliqlarning barcha qolgan turlari o‘rniga yagona soliq to‘lovini amalga oshiradi, uning stavkasi faoliyat turiga qarab 5-6 foizni tashkil qiladi.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ekinlarining deyarli barcha asosiy turlarini yetishtirish uchun ajoyib tabiiy-iqlim sharoitlariga ega. Respublikamizda yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlari ajoyib ta’m va iste’mol xususiyatlariga ega bo‘lib, u qadimdan butun jahonga mashhur.
O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritishi bilan qisqa muddatlarda mamlakatning g‘alla va umuman oziq-ovqat mustaqilligiga erishish, aholini o‘zimizda ishlab chiqarilgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash strategik maqsadi qo‘yildi.
Oziq-ovqat muammosini hal etish uchun paxta ekin maydonlari 2 marta qisqartirildi, bo‘shatilgan maydonlarda esa oziq-ovqat ekinlari, shu jumladan, g‘alla, meva-sabzavot, kartoshka, uzum, poliz va ozuqa ekinlari yetishtirila boshladi.
Natijada mustaqillik yillarida g‘alla ekinlari yetishtirish 1 mln. tonnadan 8 mln. tonnagacha, meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish 4 mln. tonnadan 16 mln. tonnagacha oshdi. Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti umumiy hajmida paxtaning ulushi hozirgi vaqtda 9 foizdan oshmagani holida, bunda g‘alla ekinlari ulushi 8,5 foizni, meva-sabzavot ekinlari va uzumning ulushi 30 foizni, kartoshka 11 foizni, chorvachilik mahsulotlari 40 foizdan ko‘pni tashkil qilmoqda.
Mamlakatimizda umumta’lim maktabida 9 yillik o‘qishdan keyin 3 yil mobaynida maxsus kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda o‘qishni nazarda tutuvchi 12 yillik uzluksiz umumiy majburiy bepul ta’lim tizimi yaratilgan, u yerda har bir o‘quvchi mehnat bozorida talab etilgan 2-3 ta mutaxassislik bo‘yicha kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘ladi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amalga oshirilishi doirasida 1997 yildan boshlab 1612 ta yangi akademik litsey va kasb-hunar kolleji barpo etilib, 4,6 mingdan ortiq umumta’lim maktabi rekonstruksiya qilindi va yangidan qurildi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda 260 ming nafarga yaqin talabani o‘z bag‘riga olgan 66 ta oliy o‘quv yurti, shu jumladan Xalqaro Vestminster Universiteti, Turin politexnika instituti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Toshkent shahridagi Inxa Universiteti, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat Universiteti, M.I.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti kabi nufuzli xorijiy oliy o‘quv yurtlarining filiallari faoliyat ko‘rsatib turibdi.
Sog‘lom yosh avlodni tarbiyalash va maktab o‘quvchilarining bo‘sh vaqtini tashkil etish uchun respublikamizda 584 ta sport-ta’lim muassasasi, 211 ta maktabdan tashqari muassasa - "Barkamol avlod", 298 ta bolalar musiqa va san’at maktabi tashkil qilingan bo‘lib, ularda 500 ming nafardan ortiq bolalar va o‘smirlar qo‘shimcha ta’lim olishmoqda.
1998 yilda qabul qilingan O‘zbekistonda Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi mamlakatimizda butun tibbiyot tizimini tubdan qayta qurish, ko‘p sarf-xarajat talab etadigan va hamma vaqt ham samarali bo‘lmagan statsionar tibbiy yordamdan ambulotor-poliklinika va profilaktika tibbiyotiga ustuvor ahamiyat berishga o‘tishda muhim omil bo‘ldi. Shuningdek, qishloq joylarida yaxshi samara bermayotgan feldsher-akusherlik punktlari o‘rniga qishloq vrachlik punktlari tashkil etildi.
Aholini sifatli ixtisoslashgan tibbiy yordam bilan ta’minlash maqsadida respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlari faoliyat ko‘rsatib turibdi.
Yodlangan tuz ishlab chiqarishning keng yoyilishi va unni boyitish dasturlarining amalga oshirilishi, aholi o‘rtasida keng ko‘lamli tushuntirish ishlarining olib borilishi natijasida yod tanqisligi, temir va foliy kislotasining yetishmasligi bilan bog‘liq kasalliklar tarqalishi oxirgi o‘n yil ichida 2 martadan ko‘pga kamaydi.
Mamlakatimizda kasalliklarning oldini olish va turli profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlarning aniq maqsadli va samarali tashkil etilishi natijasida ko‘plab yuqumli kasalliklarning kamayishiga va bartaraf etilishiga erishildi.
Sog‘liqni saqlash, onalik va bolalikni muhofaza qilishga yo‘naltirilgan davlat siyosati chora-tadbirlari tufayli onalar va bolalalar o‘limi darajasining barqaror pasayishiga erishildi.
Mustaqillik yillarida chaqaloqlar o‘limining umumiy koeffitsiyenti 1990 yildagi 34,6 promilldan 2013 yilda 9,8 promillgacha, onalar o‘limining umumiy koeffitsiyenti 65,3 promilldan 20,0 promillgacha kamaydi.
Aholi umr ko‘rishining kutilayotgan uzayish ko‘rsatkichi 1990 yildagi 67,2 yoshdan 2013 yilda 73,4 yoshgacha, shu jumladan erkaklarda 71,1 yoshgacha, ayollarda 75,8 yoshgacha oshdi.
Xullas, O‘zbekiston Respublikasining mustaqil rivojlanishi yillarida ta’lim uchun davlat byudjeti xarajatlari 1990 yildagi 17,9 foizdan 2013 yilda 34,2 foizgacha ortdi, sog‘liqni saqlash uchun 9,6 foizdan 14,4 foizgacha oshdi. Har yili ijtimoiy ehtiyojlar uchun, shu jumladan ijtimoiy soha muassasalarining moliyaviy ta’minotini mustahkamlash chora-tadbirlari, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash samaradorligini oshirish uchun Davlat byudjeti barcha xarajatlarining taxminan 60 foizi yo‘naltiriladi.
Davlatimiz rahbari Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan ijtimoiy yo‘naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishning asosiy tamoyillariga izchil amal qilinishi mustaqillik yillarida iqtisodiyotimizni barqaror rivojlanishini ta’minladi. Bu tarraqiyet yo‘limiz jahon hamjamiyati orasida rivojlanishning «o‘zbek modeli» deya e’tirof etildi. Shu bilan birga, ushbu tanlangan yo‘l tarixan qisqa mudtada mamlakatimiz iqtisodiyot tarkibini tubdan o‘zgartirishga, uning raqobatbardoshligini oshirishga, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlab, aholi farovonligini oshishiga sabab bo‘ldi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish izchil iqtisodiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchiga aylandi. 2016 yil yakunlariga ko‘ra, kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 56,9, sanoatda 38,9, chakana savdo aylanmasida 87,1, pullik xizmatlarda 50,8 foizni tashkil qildi. Iqtisodiyotning ushbu sektorida mehnatga layoqatli aholining 77,9 foizi band.
Ma’lumki, har qanday jamiyatning rivojlanganini inson kapitali, ya’ni intellektual salohiyat, salomatlik, ta’lim, mehnat unumdorligi, yuqori hayot sifati belgilab beradi. Bugungi zamonaviy dunyoda aynan ushbu omil kreativ iqtisodiyotning asosiy lokomotivi sanaladi. BMT tadqiqotiga ko‘ra, O‘zbekiston 2016 yil yakunlari bo‘yicha inson rivojlanishi yuqori darajada bo‘lgan davlatlar qatoridan joy oldi.
Ekspertlar yana shunga e’tibor berishmoqdaki, O‘zbekistonda kreativ sinfning shakllanishi faollashdi va u kelgusida mamlakat iqtisodiyotida tayanch nuqtaga aylanadi. Jumladan, ilmiy ishlanma hamda tadqiqotlar, tajriba-sinovlar o‘tkazish, innovatsion mahsulotlar namunalarini o‘zlashtirishga ixtisoslashgan innovatsion texnoparklar tashkil etish mo‘ljallanmoqda. Ular kimyo texnologiyalari, farmasevtika va tibbiy biotexnologiyalar, qurilish materiallari, oziq-ovqat sanoati, energiya tejamkorligi, muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalari ishlab chiqarish, mashinasozlik, elektrotexnika singari sohalarga tegishli.
Milliy brend shakllanmoqda
Ma’lumki, muayyan davlatni xalqaro miqyosda ikki yo‘l bilan, ya’ni mamlakat brendini yaratish hamda shu asosda milliy tovarlar va xizmatlarni keng ishlab chiqarish orqali targ‘ib qilish mumkin. Mutaxassislarning fikricha, muvaffaqiyatli brendni yaratish “iqtisodiyotning olti burchagi” deb ataladigan hamda o‘zaro bog‘langan oltita sohani rivojlantiradi. Bular turizmni rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish, ichki va tashqi siyosatni faollashtirish, investitsiyalarni jalb qilish, mamlakat madaniyatini targ‘ib qilish hamda aholi farovonligini yuksaltirishdir.
O‘zbekiston jahon bozorida milliy brendni ilgari surish bo‘yicha ulkan imkoniyatlarga, zaxiralarga ega. Xususan, xalqimizning boy madaniy merosi, yurtimizning barqaror rivojlanib borayotgani, mehmondo‘st xalqimiz, zamonaviy infratuzilmalarga ega shaharlarimiz bu borada bizga qo‘l kelishi mumkin. Milliy brendni shakllantirishda davlat, biznes va jamiyat hamkorligi muhim o‘rin tutadi. Bunda biznes milliy brendni moliyalashtirishga asosiy ulush qo‘shishi kerak bo‘ladi. Chunki aynan ishbilarmonlar xorij investitsiyasini jalb qilish va mamlakatimiz mahsulot hamda xizmatlarining dunyo bozorlariga chiqishidan manfaatdor. Davlatning muvaffaqiyatli brendi yaratilishi nafaqat ichki va tashqi siyosiy imijni yaxshilashga, balki uning xalqaro maydondagi siyosiy ta’sirini kuchaytirish, eksport hajmini oshirish, xalqaro aloqalar va sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, milliy g‘urur va milliy o‘zlikni anglash tuyg‘ularini rag‘batlantirish, mamlakat raqobatdoshligini oshirishga xizmat qiladi.
Binobarin, yurtimiz dunyo tamaddunining beshiklaridan biri sifatida asrlar davomida Mag‘rib va Mashriq o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘tab, insoniyatning madaniy hamda ilmiy boyliklarini o‘zida jam qilgan. Jonajon Vatanimiz ilm-fan va madaniyat taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek singari buyuk alloma hamda mutafakkirlarni yetishtirib bergan. Ekspertlar e’tirof etishicha, o‘zbekistonliklar azal-azaldan nafaqat uddaburon tijoratchi, iqtisodiyotni boshqarishga qodir, pul topishning hadisini olgan kishilar bo‘lishgan, shu bilan birga, ilm-fan dovrug‘ini yoyishga ham katta hissa qo‘shgan.
Bugungi kunda mamlakatimizning eksport jug‘rofiyasi izchil kengayib borayapti. Dunyoning Yaponiya, Koreya Respublikasi, Kuvayt, O‘mon singari qator davlatlarida savdo uylarini ochish bo‘yicha faol ish olib borilayapti. Afg‘onistonga “tahdidlar manbai” sifatida emas, balki strategik imkoniyatlar makoni sifatida qaralib, savdo aloqalari jadallashayotir.
Mamlakat xalqaro imiji, ko‘p jihatdan, o‘z yetakchisining barcha islohotlarda asosiy tashabbuskor sifatidagi roli bilan belgilanadi. Bugungi kunda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan faol foydalanishi, mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi eng dolzarb muammolar bo‘yicha muloqotga ochiqligi bilan mamlakat milliy brendini shakllantirishda o‘rnak bo‘lmoqda.
Ushbu yo‘nalishda nufuzli xalqaro institutlarning baholari, reyting va indekslari muhim ahamiyatga ega. Masalan, Jahon bankining “Biznes yuritish — 2017” deb nomlangan ma’ruzasiga ko‘ra, O‘zbekiston dunyoning 190 ta mamlakati orasida 87-o‘rinni egallagan. Bundan tashqari, Jahon banki o‘tgan yili mamlakatimizni tadbirkorlik sohasida muhim islohotlar o‘tkazgan mamlakatlar o‘ntaligiga kiritdi. “Focus Economics” tadqiqotlari natijalariga muvofiq, O‘zbekiston 2016 yilda yalpi ichki mahsulot o‘sishi sur’atlari bo‘yicha dunyoning 127 mamlakati orasida 7-o‘rinni egalladi. AQShning Gull-up instituti tadqiqotida o‘zbekistonliklar sayyoramizda eng baxtiyor va ijobiy kayfiyatdagi xalqlar uchligidan joy oldi.
Umuman, kuchli milliy brendni shakllantirish alaloqibat mamlakatimizning xalqaro reytingi, siyosiy ta’siri, investorlar ishonchi ortishiga, mahalliy mahsulotlar eksporti o‘sishiga, turizmning rivojlanishiga, jamiyatda ijtimoiy barqarorlikning mustahkamlanishiga, aholi hayot sifatining yaxshilanishiga xizmat qiladi. Bugun O‘zbekiston o‘z atrofida farovonlik kamarini shakllantirish, jamiyat hayotining barcha jabhasiga zamonaviy yondashuv va usullarni keng tatbiq etish orqali o‘z bunyodkorlik salohiyatini jadal safarbar qilib borayapti.
Bunda mamlakat iqtisodiyoti taraqqiyotiga xalqimiz farovonligini oshirish nuqtai nazaridan baho berilayotgani diqqatga sazovordir. Bunday yondashuv, shubhasiz, yaqin istiqbolda o‘zining yuksak natijalarini beradi.
Maxsus iqtisodiy zona direksiyasi:
maxsus iqtisodiy zona hududida maxsus huquqiy rejimning amal qilishini taʼminlaydi;
salohiyatli investorlar va maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari bilan oʻzaro hamkorlikni, shu jumladan investitsiya buyurtmanomasini koʻrib chiqish va tanlab olish uchun qabul qilishni, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlariga ulanish uchun zarur ruxsatnomalar berishni “yagona darcha” prinsipi asosida tashkil etadi;
investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini monitoring qiladi, shuningdek maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari tomonidan investitsiya bitimiga kiritilgan majburiyatlarning bajarilishini nazorat qiladi;
maxsus iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturi amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining reyestrini yuritadi;
maxsus iqtisodiy zona hududida ekologik nazorat, shuningdek madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni tashkillashtiradi;
maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari bilan shartnomalar asosida marketing xizmatlari, shuningdek mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarda targʻib qilish boʻyicha xizmatlar koʻrsatadi;
maxsus iqtisodiy zonaga investorlarni jalb etish boʻyicha tadbirlarni amalga oshiradi;
investorlarni, maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchilarini axborot bilan taʼminlaydi, shu jumladan ularning davlat organlari
va boshqa tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlarini tashkil etadi;
maxsus iqtisodiy zona hududidagi yer uchastkalarini, shuningdek binolar va inshootlarni maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga beradi;
davlat-xususiy sheriklik loyihalarida ishtirok etadi.
Maxsus iqtisodiy zona direksiyasiga maxsus iqtisodiy zona maʼmuriy kengashining maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat koʻrsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organi bilan kelishilgan taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi. Mazkur tartib maxsus sanoat zonalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Direksiya maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Mamlakat iqtisodiyotining turli soha va tarmoqlarini rivojlantirishda ilm-fanning o‘rni va ahamiyatini kuchaytirish, fan va texnikaning muhim ilmiy va texnologik muammolarini hal etish, xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni kuchaytirish, ilm-fan sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-amaliy anjumanlarni samarali o‘tkazish, universitet professor-o‘qituvchilari, doktorantlar hamda talabalarning anjumanlarda faol ishtirokini ta’minlash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Ushbu vazifalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2018 yil 22 yanvardagi PF-5308-sonli farmonida belgilangan vazifalarning ilmiy yechimlarini aniqlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-sonli qarori bajarilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-martdagi 178-F-sonli farmoyishiga muvofiq Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Makroiqtisodiyot” kafedrasi “O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi: omillar, natijalar va istiqbollar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumanini 2018-yil 30oktabrda o‘tkazishni rejalashtirgan.
Mazkur anjumanda ilmiy maqola va tezislar to‘plami chop etilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu anjumanda o‘z maqolalari va tezislari bilan ilmiy xodimlar, oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, doktorant va mustaqil tadqiqotchilar, magistratura va bakalavriat talabalari ishtirok etishga taklif etiladilar.
Erkin iqtisodiy zonalar: dunyo tajribasi va O‘zbekistondagi ahvol.
Erkin iqtisodiy zonalarda loyihalar aniq hisob-kitoblarsiz joylashtirilishi oqibatida ayrim faoliyat turlari uchun sun’iy imtiyoz berilishiga va bu, o‘z navbatida, bozordagi raqobat muhitining buzilishiga olib kelmoqda. Bugungi kunda jahonda 4000 ta erkin iqtisodiy zona (400 ta erkin savdo zona, yana shuncha ilmiy-ishlab chiqarish parki, 300 dan ziyod eksport-ishlab chiqarish parki, 100 ta maxsus yo‘nalishdagi zona) faoliyat ko‘rsatyapti ( “Biznes-Daily” malumotiga ko’r).
Mamlakatimizda erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik bazasi shakllantirildi, maʼmuriy funksiyalarni nomarkazlashtirish hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining maʼmuriy kengashlari (keyingi oʻrinlarda – maʼmuriy kengashlar) vakolatlarini kengaytirish orqali ularning faoliyatini boshqarish mexanizmi soddalashtirildi.
Shu bilan birga, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va faoliyat koʻrsatish amaliyotini oʻrganish ularning samarali faoliyat yuritishiga toʻsqinlik qiluvchi tizimli muammolar va kamchiliklar mavjudligini koʻrsatmoqda.
Xususan, maʼmuriy kengashlar va erkin iqtisodiy zonalar direksiyalari faoliyatining yetarlicha samarali emasligi, shuningdek, transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasining sust rivojlanganligi investitsiya loyihalarini jadal amalga oshirishga toʻsqinlik qilmoqda va erkin iqtisodiy zonalarning salohiyatli investorlar uchun jozibadorligini pasaytirmoqda.
Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirishda davlat boshqaruvi organlari funksiyalarining takrorlanishi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal qilishning kechikishiga olib kelmoqda.
Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada soddalashtirish, investitsiyalar jalb qilish uchun sharoitlarni yaxshilash, investitsiya loyihalarini jadal amalga oshirishni taʼminlash, shu asosda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida:
1. Belgilansinki:
investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer maydonlari ajratish, tuman (shahar) hokimining yer maydonlarini ajratish toʻgʻrisidagi alohida qarorisiz, maʼmuriy kengashlarning investitsiya loyihalarini tanlash va amalga oshirish uchun erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirish toʻgʻrisidagi bayonnomalari bilan rasmiylashtiriladi;
erkin iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarini joylashtirishning sharti sifatida faoliyat boshlanganidan keyin ikkinchi moliyaviy yili yakunlariga koʻra ikki yil davomida yillik ishlab chiqarilgan mahsulotning 25 foizidan kam boʻlmagan, keyingi yillarda 50 foizdan kam boʻlmagan miqdorda eksport qilish belgilanadi. Mazkur shartlar bajarilmagan taqdirda, tadbirkorlik subyektining erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchisi maqomi hamda avval taqdim etilgan imtiyozlar bekor qilinadi;
erkin iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha maʼmuriy kengashlar tomonidan qarorlar biznes-rejalar va texnik-iqtisodiy asoslarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” (keyingi oʻrinlarda – Markaz) DUKning ijobiy xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda qabul qilinadi;
Markazning amalga oshirilayotgan loyihalar biznes-rejalari yoki ularning texnik-iqtisodiy asosnomalari boʻyicha xulosalar berish muddatlari yigirma kalendar kunidan oshmasligi lozim;
maʼmuriy kengashlar tomonidan ishlab chiqarish loyihalarini erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirish boʻyicha investitsiya buyurtmanomalarini koʻrib chiqish muddati Markaz tomonidan xulosa berish jarayoni bilan birga oʻttiz kalendar kunidan oshmasligi lozim;
erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilari tomonidan bojxona imtiyozlari qoʻllangan holda import qilingan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi tovarlar roʻyxatini har tomonlama ekspertizadan oʻtkazish natijalari boʻyicha Markazning ijobiy xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi;
tovarlar roʻyxatini har tomonlama ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha Markazning xulosa berish muddati oʻn besh kalendar kunidan oshmasligi lozim;
erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilariga berilgan imtiyozlar faqat erkin iqtisodiy zonalar hududida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga tatbiq etiladi;
erkin iqtisodiy zonalarning bosh rejalari maʼmuriy kengashlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;
erkin iqtisodiy zonalar direksiyalarining direktorlarini tayinlash va lavozimidan ozod etish maʼmuriy kengashlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi har chorakda direksiya rahbarlarining maʼqullangan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi boʻyicha hisobotlarini eshitadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini eng yaxshi jahon tajribasiga asoslangan holda takomillashtirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritsin:
“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” DUKning tashkiliy-huquqiy shaklini aksiyadorlik jamiyatiga oʻzgartirib, uning balansiga “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi hududidagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari obyektlarini davlat ulushi sifatida, shuningdek, “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasining barcha yer maydonlarini doimiy foydalanish huquqi asosida berish;
“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi tomonidan erkin iqtisodiy zona ishtirokchilariga, shu jumladan, marketing, konsalting, logistika, kommunal-maishiy, mehmonxona, taʼlim, sugʻurta va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi xizmatlar koʻrsatish;
“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi hududida soddalashtirilgan viza rejimi va xodimlarni, shu jumladan, chet el fuqarolarini ishga yollash tartibini joriy qilish;
erkin iqtisodiy zona qatnashchilari uchun litsenziya va ruxsatnoma olishning soddalashtirilgan tartibini joriy qilish. Bunda “Navoiy”
erkin iqtisodiy zonasi direksiyasiga qatnashchini kuzatish va talabgorning malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlash vakolati beriladi;
“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchisi loyihalarni joylashtirish shartlarini bajarmagan taqdirda u bilan tuzilgan shartnomani faqatgina sud tartibida bekor qilish tartibini oʻrnatish;
“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi hududida chet el fuqarolari uchun qulay yashash va mehnat sharoitlarini yaratish.
3. Quyidagilar:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga:
investitsiyalarni, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni erkin iqtisodiy zonalar hududiga jalb qilish;
erkin iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida amalga oshirish;
erkin iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida ishga tushirishga toʻsqinlik qilayotgan sabablarni aniqlab, yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish choralarini koʻrgan holda, loyihalarning bajarilishi va ishtirokchilar faoliyati samaradorligi ustidan doimiy monitoring olib borish;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga:
investorlarni jalb qilish maqsadida erkin iqtisodiy zonalar hududida zarur shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan, muhandislik-transport infratuzilmasi, ijtimoiy-maishiy va madaniy-jamoatchilik obyektlar bilan taʼminlanganlik darajasini yaxshilash;
erkin iqtisodiy zonalarning ixtisoslashuvi va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi rolini belgilash va shu asosda loyihalarni tanlab olishning aniq mezonlarini, berilayotgan imtiyozlar hamda davlat koʻmagining boshqa shakllarini belgilash;
v) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
maʼmuriy kengashlar va erkin iqtisodiy zonalar direksiyalari faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish;
erkin iqtisodiy zonalar hududida loyihalarni amalga oshiruvchi investorlar uchun yanada qulay shart-sharoitlarni yaratish, ular ishlab chiqarayotgan mahsulotni eksportga yetkazib berishni koʻpaytirish maqsadida qonunchilikni yanada takomillashtirish yuzasidan belgilangan tartibda takliflar kiritish;
erkin iqtisodiy zonalar direksiyalari faoliyati ustidan taʼsirchan nazorat oʻrnatish, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlariga hamda erkin iqtisodiy zonalar direksiyalari zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini taʼminlamagan rahbarlarga nisbatan javobgarlik choralarini koʻrish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
erkin iqtisodiy zonalarning ishtirokchisi maqomini toʻxtatish yoki bekor qilish, maʼmuriy kengashlar, erkin iqtisodiy zonalar direksiyalari yoki boshqa organlar va tashkilotlarning investorlar tomonidan oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarmagani toʻgʻrisidagi taqdimnomalari asosida maʼmuriy kengashlarning xoʻjalik yurituvchi subyektlarni erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirish boʻyicha qarorlarini bekor qilish;
g) Iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi boʻlinmalariga:
erkin iqtisodiy zonalarning rivojlanishi va faoliyat koʻrsatishi, ularning hududlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni hal qilish yuzasidan vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amaliy yordam koʻrsatish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli boʻlinmalari rahbarlarining, shuningdek, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari birinchi rahbarlarining mazkur Farmonda belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan hisobotlarini har chorakda eshitish boʻyicha javobgarlik yuklansin.
4. Erkin iqtisodiy zonalar direksiyalariga oʻz hududlarining bosh rejalari va arxitektura-rejalashtirish ishlarini ishlab chiqishda buyurtmachi sifatida ishtirok etish huquqi berilsin.
5. Quyidagilar:
2019 yilda erkin iqtisodiy zonalarning avtomobil yoʻllari, suv taʼminoti va kanalizatsiya tarmoqlarini qurish va taʼmirlash boʻyicha “Yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda – “Yoʻl xaritasi”) 1-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashlarining yangilangan namunaviy tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi:
a) Iqtisodiyot vazirligi bilan birga 2019 yilning 1 apreliga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi Erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda – Konsepsiya) loyihasini ishlab chiqsin va kiritsin:
erkin iqtisodiy zonalarning ixtisoslashuvi, investitsiya loyihalarini tanlab olishning aniq mezonlari, berilayotgan imtiyozlar
va davlat koʻmagining boshqa shakllarini belgilash;
investorlarni jalb qilish maqsadida erkin iqtisodiy zonalar hududida zarur shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan, muhandislik-transport infratuzilmasi, ijtimoiy-maishiy va madaniy-jamoatchilik obyektlar bilan taʼminlanganlik darajasini yaxshilash;
erkin iqtisodiy zonalarning boshqarish tizimini, shu jumladan, direksiyalar faoliyatini tashkil etishda yagona standartlarni belgilash, koʻrsatilayotgan xizmatlarning roʻyxatini kengaytirish, shuningdek, erkin iqtisodiy zonalar direksiyalarini tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan, xorijiy kompaniyalarga ishonchli boshqaruvga berish yoʻli bilan takomillashtirish;
b) Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga Maʼmuriy kengashlar va erkin iqtisodiy zonalarning direksiyalari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash boʻyicha hukumat qarori loyihasini kiritsin, unda erkin iqtisodiy zonalarning vazirlik, idoralar, tashkilotlar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorligi tartibini nazarda tutsin;
v) maʼmuriy kengashlar va erkin iqtisodiy zonalarning direksiyalari bilan birgalikda ikki oy muddatda:
samarasiz foydalanilayotgan yer uchastkalarini qaytargan holda, erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilari bilan yerdan foydalanish shartnomalarini qayta koʻrib chiqish yoki qoʻshimcha loyihalarni amalga oshirish hisobiga yerdan oqilona foydalanish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish;
erkin iqtisodiy zonalarning belgilangan muddatlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishni boshlamagan ishtirokchilari bilan kelishuvlarni bekor qilish;
qisqa muddatlarda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishni hisobga olib, qoloq loyihalar boʻyicha tarmoq jadvallarini tuzishni taʼminlasin;
g) Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
buyurtmachilar tomonidan birlamchi maʼlumotlarni Internet tarmogʻi orqali raqamli imzodan foydalangan holda kiritish, shuningdek, loyihalarni muayyan mezonlar asosida qatʼiy belgilangan aniq avtomatik algoritm boʻyicha baholash imkonini beradigan, erkin iqtisodiy zonalar hududida loyihalarni amalga oshirish uchun arizalarni maʼmuriy kengashlar tomonidan koʻrib chiqishning elektron tizimini;
erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilarining ishlab chiqarish quvvatlarini oʻz vaqtida ishga tushirishi, mahsulotlarni eksport qilishi, yangi ish oʻrinlari yaratishi hamda investitsiyaviy majburiyatlarni bajarishi ustidan tezkor nazorat olib borish imkonini beruvchi erkin iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarini monitoring qilishning avtomatlashtirilgan tizimini;
mazkur Farmon talablari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 oktyabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3356-son qarori 12-bandi talablarini hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi erkin iqtisodiy zonalari yagona portalining yangilangan versiyasini ishlab chiqsin va joriy etsin;
d) Iqtisodiyot vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda 2019 yilning 1 martiga qadar erkin iqtisodiy zonalar boʻyicha qabul qilingan qonunchilik bazasini xatlovdan oʻtkazsin va toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladigan “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin va unda ushbu Farmon qoidalari hamda keyinchalik oʻz kuchini yoʻqotadigan Oʻzbekiston Respublikasining “Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Qonuni normalarini nazarda tutsin;
ye) Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilga moʻljallangan Investitsiya dasturini shakllantirishda “Yoʻl xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarni moliyalashtirishni nazarda tutsin;
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
bir oy muddatda erkin iqtisodiy zonalar uchun infratuzilmalarni barpo etish boʻyicha hukumat qarorlarining amaliy ijrosini tahlil qilsin, zarur hollarda, moliyalashtirish koʻrsatkichlari va manbalarini qayta koʻrib chiqsin hamda har bir erkin iqtisodiy zona kesimida Infratuzilmani jadal rivojlantirish dasturini tasdiqlasin;
ikki oy muddatda har bir erkin iqtisodiy zona boʻyicha muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini bosqichma-bosqich qurish tarmoq grafiklarini tasdiqlasin, ularning ishlab chiqarish obyektlarini qurish va ishga tushirish muddatlari bilan bogʻlanishini taʼminlasin.
8. Quyidagilar zimmasiga:
Iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari G.K.Saidovaga – vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining erkin iqtisodiy zonalarning rivojlanishi va ishlashi, shuningdek, ularning hududida investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida amalga oshirish bilan bogʻliq faoliyatini muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari D.R.Liga – Markaz tomonidan erkin iqtisodiy zonalar hududida amalga oshiriladigan loyihalarning biznes-rejalari yoki texnik-iqtisodiy asoslari boʻyicha xulosalar oʻz vaqtida berilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi rahbarlari S.R.Xolmuradov, S.X.Bekenov, L.Sh.Qudratovga – maʼmuriy kengashlar tomonidan erkin iqtisodiy zonalar hududida ishlab chiqarishni joylashtirish uchun investitsiya buyurtmalarining oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi va investitsiya loyihalarini erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirish boʻyicha qarorlar oʻz vaqtida qabul qilinishi;
Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri M.X.Saliyevga, “Oʻzbekenergo” AJ boshqaruvi raisi U.M.Mustafoyev, “Oʻztransgaz” AJ boshqaruvi raisi B.B.Eshmuradov, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bosh menejeri-muhandisi X.N.Xasilov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar hokimlariga – tashqi infratuzilmalarni qurish va ularga erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilarining ulanishi hamda ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv hamda tashqi kanalizatsiya tarmoqlari bilan uzluksiz taʼminlanishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 3-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bir oy muddatda mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosarlari B.M.Mavlonov va G.K.Saidova zimmasiga yuklansin.
Logistika - bu iqtisodiy fan bir qismi hisoblanadi. ko'rib chiqish mavzusi eng samarali jarayonini tashkil etish, ishlab chiqaruvchi iste'molchilar kelib tovar va xizmatlar yordam bo'ladi. Bundan tashqari, logistika - tovarlarni samarali inventarizatsiyadan boshqarish uchun zarur bo'lgan ariza qaysi bir intizom, shuningdek xaridorga o'z targ'ib jarayon. Bu ilm-fan va bu qiyinchiliklar kutib olish uchun zarur infratuzilmani yaratish hisoblaydi
har qanday tashkilot logistika boshqarish nuqtai nazaridan - bu kabi narsa emas strategik boshqaruv , sotib olish jarayonida barcha moddiy oqimlarini tovarlar, texnologiyalar sotish va saqlash so'nggi va hokazo tushunchasini ko'rib axborot va korxonaning moliyaviy resurslarini nazorat o'z ichiga olgan ...
LOGISTIKA TIZIMI TUSHUNCHASI
iloji entsiklopediyani elementlar majmui bir ta'rifi topish deb, bir-biriga shaklida ma'lum bir birlik bilan ma'lum aloqasi esa. Bu tizim hisoblanadi.
Bu tushunchasini va biz fanni inobatga olinadi. Bundan tashqari, logistika tizimlari - bu intizomi uchun tayanch bo'lgan muddatli. ularning yaratilish maqsadi xarajatlarini yoki xaridor bilan shartnomada belgilangan joyga kerakli qator axborot, xizmat yoki mahsulot yetkazib berish va miqdori jarayonining ma'lum bir darajada, ularni tejash kamaytirish hisoblanadi.
Xulosa
E.I.Z ni tashkil qiliwda davlat òz oldiga turli vazifalarni qòyadi.Ba' zi bir davlar esa ,ushbu zonalar orqali konkret mintaqaviy muammolarni hal etishga harakat qiladilar. Bu mamlakat iqtisodiyoti kòp hollarda kutilgan ishsizlik bilan ,ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniwning past daraji bilan ,ishlab chiqaruvchilar va istemolchilar qiziqishi hamda ularning himoyasi bilan boģliqdir.Xalqaro ekspertlarning fikricha, iqtisodiy integratsiya milliy iqtisodiyotlarning iqtisodiy o‘sishiga ta’sir ko‘rsatuvchi dinamik rivojlanuvchi jarayondir. Shu ma’noda, bugun O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yangi bosqichdagi islohotlar samarasi jahon iqtisodiyoti tizimiga integratsiyalashishga, ayniqsa, hududiy jihatdan yaqin mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga ham bog‘liqdir. Shu nuqtai nazardan, MDH doirasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni iqtisodiy integratsiyaning muhim ko‘rinishi hisoblangan yagona bojxona ittifoqi doirasida rivojlantirish, uning tashkiliy va huquqiy asoslarini takomillashtirish, bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ekspertlarning ta’kidlashlaricha, bu borada Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) sobiq ittifoq hududidagi omadli va istiqbolli integratsiya loyihasidir. 1995 yilda Rossiya Federatsiyasi va Belorus Respublikasi o‘rtasida imzolangan “Bojxona ittifoqi to‘g‘risida”gi bitimga asoslangan va keyinchalik o‘z tarkibiga Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda Armanistonni birlashtirgan Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati, o‘zining shakllanish tarixi va rivojlanish amaliyotiga ko‘ra, jahon hamjamiyatining diqqat markaziga tushdi. Hozirgi kunda dunyoda 5 ta asosiy iqtisodiy blok mavjud bo‘lib, ular Yevropa Ittifoqi, MERCOSUR - Janubiy Amerika davlatlarining davlatlararo iqtisodiy birlashmasi, NAFTA – Shimoliy Amerika erkin savdo zonasi, ACEAN – Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) hisoblanadi. Yevropa Ittifoqi dunyodagi eng rivojlangan mintaqaviy integratsiya bloki hisoblanadi. Integratsiyaning barpo etilishi sohasidagi rejali va tizimli ishlar Yevropa ittifoqi doirasida iqtisodiy va siyosiy ittifoq tuzish shaklida o‘zining ijobiy natijalarini berdi. Bojxona ittifoqi va Yevropa ittifoqining hozirgi shaklda muvaffaqiyatli shakllanishi, barcha muammolarga qaramay, Yevropada integratsiya jarayonining hayotiyligini tasdiqlamoqda. MERCOSUR – Lotin Amerikasi va Karib dengizi havzasi aholisining 55,3 foizini (300 milliondan ortiq) qamrab olgan bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning 40 foizini, mintaqa mamlakatlari tashqi savdosining 33 foizini tashkil etadi. Mazkur uyushma a’zolarining umumiy yalpi ichki mahsuloti 3,3 trln.dollarni tashkil qiladi va hajmi hamda iqtisodiy salohiyati bo‘yicha Yevropa Ittifoqidan keyin ikkinchi, erkin savdo hududi hajmi bo‘yicha Yevropa Ittifoqi va NAFTAdan keyin uchinchi o‘rinni egallaydi. ACEAN uyushmasi Janubiy-Sharqiy Osiyodagi 10 ta davlat (Indoneziya, Malayziya, Singapur, Tailand, Filippin, Bruney, Vetnam, Laos, Myanma va Kambodja)ni birlashtirgan. Hozirgi kunda ACEANga a’zo davlatlarning aholisi qariyb 500 million kishiga yetgan, umumiy yalpi ichki mahsuloti esa 737 mlrd.dollarini tashkil etmoqda. Umuman, dunyo davlatlarining iqtisodiy integratsiyaga moslashuvi qanday omillarga asoslanmoqda, ularning birlashuviga qanday sabablar ta’sir ko‘rsatmoqda? Eng asosiy sabab, birinchidan, iqtisodiy hayotning globallashuvi, ikkinchidan esa xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvidir. Shuningdek, dunyo miqyosidagi ilmiy va texnologik inqiloblar va milliy iqtisodiyotlarning ochiqligini oshirishga ehtiyoj ham mamlakatlarning o‘zaro integratsiyalashuviga sabab bo‘lmoqda. Shu jihatdan qaraganda, bugun turli bahs-munozaralarga turtki bo‘layotgan masala – O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga a’zo bo‘lishi yuzasidan fikr-mulohazalarimizni bildirishni joiz, deb bildik. Bu o‘rinda, eng avvalo, YeOII doirasidagi tashkiliy-huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi organlar va ularning faoliyati, hamkorligining huquqiy asoslari, o‘zaro kelishuv va bitimlarni chuqur tahlil qilish maqsadgamuvofiqdir. Ta’kidlash lozim, YeOIIning a’zo davlatlari (Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Armaniston va Qirg‘iziston) o‘rtasida tovarlar va xizmatlar harakati, migrantlar harakatlanishi va kapital harakatining erkinligi ta’minlangan bo‘lib, yagona bojxona tizimiga ega bo‘lgan umumiy iqtisodiy hudud shakllantirilgan. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining oliy organi a’zo davlatlar rahbarlari tarkibidan tashkil topgan Oliy Yevroosiyo Iqtisodiy Kengashi (OYeIK) hisoblanadi. Kengash ittifoq faoliyatining asosiy masalalarini ko‘rib chiqadi, integratsiyani rivojlantirish strategiyasi, yo‘nalishlari va istiqbollarini belgilaydi. YeOII Shartnomasi, YeOII doirasidagi xalqaro kelishuvlar va Oliy Kengash qarorlarining bajarilishi va monitoringi a’zo davlatlar hukumat rahbarlaridan iborat Hukumatlararo Kengash tomonidan ta’minlanadi. YeOII Sudi – doimiy faoliyat yurituvchi sud organi hisoblanib, uning shtab-kvartirasi Minsk shahrida joylashgan. U a’zo davlatlar tomonidan YeOII Shartnomasi tartib-qoidalaridan teng ravishda foydalanilishini ta’minlaydi va nizolarni hal qiladi. Yevroosiyo Iqtisodiy Komissiyasi (YeIK) – doimiy faoliyat yurituvchi milliy boshqaruv va tartibga soluvchi organ bo‘lib, uning tarkibi a’zo davlatlar hukumat rahbarlarining o‘rinbosarlari va har bir davlatdan uch kishidan iborat bo‘lgan hay’atdan iborat. Komissiya qarorlari barcha davlatlarga ijro uchun majburiydir. Yevroosiyo Iqtisodiy Komissiyasi iqtisodiy ittifoqning 170 tadan iborat funksiyalarini bajaradi: Jumladan, bojxona-tarif va notarif tartibga solish; bojxona ma’murchiligini tartibga solish; sanitariya, veterinariya va fitosanitariya chora-tadbirlarini tartibga solish; uchinchi mamlakatlarga nisbatan savdo rejimlarini o‘rnatishni tartibga solish; makroiqtisodiy va raqobat siyosatini belgilash; sanoat va qishloq xo‘jaligiga subsidiyalar, tabiiy monopoliyalar, davlat xaridlari, transport va tashishga oid chora – tadbirlarni tartibga solish va boshqalar. Shu o‘rinda, ayrim faktlarni ham keltirib o‘tish o‘rinli. Ya’ni, YeOIIni tashkil etuvchi beshta a’zo davlat hudud, aholi soni va iqtisodiyot hajmi jihatidan bir-biridan keskin farq qiladi. Ittifoqning eng katta mamlakati Rossiya, eng kichigi Armanistondan 574 marta kattaroqdir va shunga o‘xshash, Rossiyaning yalpi ichki mahsuloti (YaIM) Armanistondan 170 baravar katta. Umuman, Rossiyaning YaIMi qolgan to‘rt a’zoning umumiy YaIMidan taxminan 6 baravar katta. To‘rt a’zo davlat – Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘izistonning umumiy aholisi qariyb 42 million, Rossiya aholisi esa 147 millionga yaqin. Shu jihatdan qaraganda, umumiy YaIMning 87 foizi, umumiy aholining 80 foizi Rossiya Federatsiyasi hissasiga to‘g‘ri kelishi hamda YeOIIga a’zo davlatlarning iqtisodiy jihatdan baravar emasligi Rossiyaning dominantlik pozitsiyasini namoyon etadi. Shu bilan birga, Yevrosiyo Iqtisodiy Komissiyasining prinsiplariga ko‘ra, mazkur Komissiya qarorlarni teng vakillik va konsensus prinsipi asosida qabul qilishi - har bir davlatga uning iqtisodiy kuchi va aholisi soni katta-kichikligiga nisbatan emas, balki teng a’zo sifatida qaralishi ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, ayrim ekspertlar tomonidan YeOII tuzilmasiga iqtisodiy blok sifatida emas, balki ko‘proq siyosiy blok sifatida qaraladi. O‘z navbatida, Yevroosiyo Iqtisodiy Komissiyasi vakolatlari doirasida siyosiy masalalar ushbu Komissiya vakolatiga kirmasligi ham belgilab qo‘yilgan. Hozirgi vaqtda YeOII tomonidan xorijiy sheriklar bilan hamkorlik aloqalari Jahon Savdo Tashkiloti (JST) normalari va tamoyillariga muvofiq tarzda o‘rnatilgan. Kuzatuvchilik maqomi. 2017 yil aprel oyida Moldova Respublikasi bilan hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi, YeOII mamlakatlari prezidentlari Moldovaning Ittifoqda kuzatuvchi mamlakat maqomini olish to‘g‘risidagi murojaatini qabul qildilar. 2018 yil may oyida Moldovaga YeOIIda kuzatuvchi davlat maqomi berildi. Erkin savdo zonasi kelishuvlari. 2017-2018 yillarda YeOII uchinchi davlatlar bilan xalqaro iqtisodiy aloqalarni sezilarli darajada kengaytirishga muvaffaq bo‘ldi. Bugungi kunga qadar Vetnam (2016 yil oktyabr) va Singapur (2018 yil noyabr) bilan erkin savdo zonasi to‘g‘risidagi, Xitoy bilan iqtisodiy hamkorlik (2017 yil) to‘g‘risidagi bitimlar imzolangan, Eron bilan esa mazkur maqsadda vaqtinchalik bitim (2018 yil) imzolangan. Shuningdek, yana qator davlatlar bilan erkin savdo zonasi kelishuvini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Jumladan: Hindiston. 2015–2016 yillarda Hindiston Respublikasi bilan YeOII erkin savdo zonasi to‘g‘risida Bitim tuzishning maqsadga muvofiqligini o‘rganish bo‘yicha qo‘shma tadqiqot guruhi o‘tkazildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, erkin savdo rejimiga o‘tish YeOIIning Hindiston bilan o‘zaro importining ham, eksportining ham 18 foiz o‘sishi prognoz qilindi. 2017 yil iyun oyida YeOII bilan erkin savdo zonasini tashkil etish bo‘yicha muzokaralarni boshlash to‘g‘risida bayonot imzolandi. Misr. 2016 yilda OYeIKning yig‘ilishida Misr Arab Respublikasi bilan erkin savdo bitimi tuzish bo‘yicha muzokaralarni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 2017 yil dekabr oyida ushbu masalada Misr tomoni vakillari bilan texnik maslahatlashuvlar o‘tkazildi. Mo‘g‘uliston. 2015 yil iyun oyida YeOII va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish, o‘zaro savdoni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish maqsadida OYeIK va Mo‘g‘uliston hukumati o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Tailand. 2016 yil 1 aprelida Rossiya va Tailand o‘rtasida erkin savdo zonasini yaratish bo‘yicha muzokaralar boshlandi. Shuningdek, Vengriya, Isroil, Kambodja, Laos, Pokiston, Peru, Koreya Respublikasi, Suriya, Tunis, Chili, Yaponiya va Indoneziya kabi 50 ga yaqin davlatlar ushbu ittifoq bilan erkin savdo zonasini yaratish yuzasidan qiziqish bildirgan. Jumladan, Isroil. Erkin savdo bitimini tuzish bo‘yicha ishlarni faollashtirish maqsadida 2018 yil 23-24 aprel kunlari tomonlar muzokaralarning birinchi bosqichini o‘tkazdilar. Uning doirasida bitim tuzish bo‘yicha muzokaralar olib borish yuzasidan hujjat imzolandi. Hujjat o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab, kelgusida ishlash va muzokaralar formatiga oid qator muhim kelishuvlarni o‘z ichiga oldi. Koreya Respublikasi. 2015 yil oktyabr oyida Komissiya va Koreya Respublikasi Davlat xaridlari xizmati o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Hujjatda davlat xaridlarini tartibga solish, xususan, elektron xaridlar tizimini takomillashtirish sohasida tajriba almashish ko‘zda tutildi. Bundan tashqari, 2015 yil 30 noyabr kuni YeIK va Koreya Respublikasi Sanoat, savdo va energetika vazirligi o‘rtasida savdo-sotiq sohasidagi hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik. YeOII xalqaro tashkilotlar va institutlar bilan faol hamkorlik olib bormoqda. Jumladan, Jahon savdo tashkiloti (JST), Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OYeCD), Jahon bojxona tashkiloti (WCO), Xalqaro migratsiya tashkiloti (MOM) va boshqalar bilan o‘zaro aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, mazkur ittifoqqa a’zo davlatlarning asosiy qismi Jahon savdo tashkiloti (JST)ga ham a’zo hisoblanadi. YeOII va MDH davlatlari hamkorligi. YeOII va MDH davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik 2013 yildan buyon tizimli ravishda rivojlanib bormoqda. YeIK tashabbusi ko‘ra, MDHning Ijroiya qo‘mitasi bilan o‘zaro anglashuv memorandumi va o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar imzolangan. So‘nggi yillarda YeIK va MDH Ijroiya qo‘mitasi turli sohalarda, ayniqsa, mehnat migratsiyasi masalalarini muvofiqlashtirish sohasida faol hamkorlik qilmoqda. 2018 yil noyabr oyida YeIK va MDH Ijroiya qo‘mitasi hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risida memorandum imzoladi. Hozirgi kunda YeOII bilan MDHga a’zo boshqa davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalar 2011 yilda tashkil etilgan MDH Erkin savdo zonasi doirasidagi o‘zaro imtiyozlar tizimi orqali amalga oshirilmoqda. MDHning YeOIIga a’zo bo‘lmagan davlatlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish YeOIIning xalqaro faoliyatidagi ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu o‘rinda, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida hal etilishi zarur bo‘lgan ustuvor vazifalar haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, birinchi navbatda davlatlararo ustuvor ahamiyat kasb etuvchi tashqi savdo va bojxona siyosatiga jiddiy e’tibor qaratish lozim, deb hisoblaymiz. Chunki puxta o‘ylangan tashqi savdo va bojxona siyosatining amalga oshirilishi nafaqat Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati doirasidagi integratsiyaning yangi bosqichga ko‘tarilishiga, balki a’zo davlatlarning xalqaro savdo jarayonlarida faol ishtirok etishida ham muhim omil bo‘ladi. Bu yo‘nalishda quyidagilarni alohida ta’kidlash o‘rinli: • davlatlararo to‘laqonli erkin savdo rejimini joriy etish; • yagona bojxona tariflari va tartibga solishning yagona notarif usullarini joriy etish; • tovar va xizmatlar savdosining umumiy qonun-qoidalarini joriy etish va ularning ishtirokchi davlatlar ichki bozorlarida qat’iy amal qilishini ta’minlash; • ishtirokchi davlatlar tomonidan Jahon Savdo Tashkiloti (JST) va boshqa xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarni o‘rnatishda yagona kelishilgan yondashuvlarni ishlab chiqish; • YeOII tashqi chegaralarida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash. Shuningdek, tashkiliy-huquqiy yo‘nalishni takomillashtirish uchun quyidagilarni inobatga olish zarur: YeOIIga a’zo davlatlarning milliy qonunchiliklarini o‘zaro muvofiqlashtirish; YeOII doirasida umumiy huquqiy makonni yaratish maqsadida ishtirokchi davlatlar huquqiy tizimlarining o‘zaro ta’sirchanligini so‘zsiz ta’minlash. Yuqorida qayd etilgan chora-tadbirlarning barchasini YeOIIga a’zo davlatlarning o‘zaro teng manfaatlari nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda amalga oshirish, bunda ishtirokchi tomonlarning yagona “konsensus”larga erishishi orqaligina amalga oshirish mumkin. Zero, xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida integratsiya jarayonlarining makro darajasi – iqtisodiy siyosatni davlatlararo muvofiqlashtirish orqali hududiy miqyosda sifat jihatdan yangi iqtisodiy muhitni yaratish demakdir. Mutaxassislarning e’tirof etishlaricha, makro darajada ana shunday integratsiya guruhlarini shakllantirish, pirovard natijada milliy xo‘jaliklar ko‘lamida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, yuzaga kelgan ijtimoiy nomutanosibliklarni bartaraf etish imkonini beradi. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, hozirgi zamonaviy sharoitda xalqaro mehnat taqsimoti asosida davlatlar o‘rtasida barqaror iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi global xarakter kasb etmoqda. O‘zbekistonning mazkur integratsion uyushmaga a’zo bo‘lishi respublikada rivojlanayotgan ilmiy va texnologik inqiloblar, xalqaro savdo, kapitalning ko‘chib yurishi, zamonaviy transport, aloqa va axborot tizimlari iqtisodiy hayotning xalqarolashuvi jarayonining global shakllangan darajaga o‘tishiga yordam berishi mumkin. Shuningdek, O‘zbekiston va boshqa a’zo davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro integrallashuv ishlab chiqarish hajmining o‘sishiga, yangi texnologiyalarning keng va jadal tarqalishiga, infratuzilmalarning rivojlanishiga, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, fondlar rolining yanada oshishiga, savdo va bozorlarning erkinlashuviga va boshqa yutuqlarga erishilishiga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |