Ózbekiston respublikasi oliy va órta maxsus ta’lim vazirligi



Download 8,18 Mb.
bet3/11
Sana01.07.2022
Hajmi8,18 Mb.
#727580
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Sultonov Elyor BMI

1.2.MAVZUNING DOLZARBLIGI
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarning hal qiluvchi omili haqida gapirganda, avvalo odamlarimizning ongu tafakkurida ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlar, ularning yon-atrofdagi voqealarga munosabati, daxldorlik hissi, siyosiy faolligi va fuqarolik pozitsiyasi tobora o‘sib borayotganini ta’kidlash lozim.
Shu borada, hech shubhasiz, o‘z vaqtida, ya’ni bundan 18-yil oldin Kadrlar tayyorlash va shuningdek, Maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy dasturlarini qabul qilganimiz ta’lim-tarbiya sohasida eski qolip va asoratlardan xoli bo‘lgan, bugun o‘zgalarning havasini tortayotgan yangi tizimni hayotimizda tatbiq etganimiz haqiqatan ham tarixiy bir voqea bo‘ldi, desak, adashmagan bo‘lamiz.
Buning natijasida mustaqil va yangicha fikrlaydigan, zamon talabiga javob beradigan avlodni shakllantirishga erishdik, Vatanimizning ertangi kunini, taqdirini o‘z qo‘liga olishga qodir bo‘lgan farzandlarimiz bugun minbarga chiqmoqda [3].
Prezidentimiz I.А. Kаrimovning “O`zbеkiston iqtisoidiy islohotlаrni chuqurlаshtirish yo`lidа” asarida umumiy qiymati 24 milliard AQSH dollaridan ziyod bo’lgan qariyb 300 ta investitsiya loyihalarini bajarish rejalashtirilgan. Jumladan, bunda yangi qurilish loyihalari- 18,5 milliard dollarni, modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo’yicha loyihalar esa taxminan 6 milliard dollarni tashkil qiladi. Dasturga kiritilishi mo’ljallanayotgan bu loyihalar avvalambor yoqilg`i- energetika, kimyo, neft- gazni qayta ishlash, metallurgiya tarmoqlariga, yengil va to’qimachilik sanoati, qurilish materiallari sanoati, mashinasozlik va boshqa sohalarga tegishlidir.
Avtomobil industriyasi bozoriga kirish, raqobatga bardosh berish o’ta mushkul ish bo’layotganligi uchun iqtisodiy va moliyaviy baquvvat mamlakatlar ham bunga erisha olmayaptilar. O’zbekiston esa kuchli raqobatchilari bo’lgan avtomobil bozoriga sobiq ittifoq tarkibidagi respublikalar orasida birinchi bo’lib kirib bordi.
Birinchidan, O’zbekistonda avtomobil sanoatini barpo etish uchun katta investittsiya, yuqori texnologiya va malakali kadrlar tayyorlash talab qilinar edi.
Ikkinchidan, avtomobil ishlab chiqaruvchilar uchun, iqtisodchilar ta`ziri bilan aytganda, doimo o’zaro o’rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarish xolati mavjud bo’lishi lozim edi. Bunda kuchli injener-konstruktorlik ishini qat`iyat bilan rivojlantirish, ijodiy-tehnologik jarayonni doimiy ravishda uzluksiz takomillashtirib borishning zaruriy choralarini ko’rish talab qilinadi.
Uchinchidan, xom ashyo maxsulotlari. Extiyot qismlar yetkazib beruvchilarni, ya`ni ta`minlovchilarning avtomobil biznesiga katta ta`sir bo’lganligi uchun ular ishonchini qozonish kerak edi [5].
Avlomobil transportiga xizmat ko’rsatish servis tarmog’ining asosiy yo’nalishlaridan bo’lib, uning hajmi oshgani sari aholi tomonidan xizmatlar madaniyati va sifatiga qo’yilgan talablar ham yuksalayotganini ham ta’kidlab o’tishimiz lozim. Zamonaviy avtotransportga texnik xizmat ko’rsatish korxonalarida avtotransport va ularning egalariga yuqori sifatli muolajalar ko’rsatish borasida servisning ilg’or usul va shakllarini tanlashga alohida e’tibor beriladi. Xizmat ko’rsatish jarayonining sifati va madaniyati foydalanilayotgan texnologik jixozning holatiga bevosita bog’liqdir [7].
Ushbu bitiruv malakaviy ishda avtotransport vositalariga xizmat ko’rsatish jarayonining texnik va tashkiliy tomonlariga, ta’mirlash va xizmat ko’rsatish jarayonini tashkil etishga urg’u berilgan. Ma’lumki, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonida ishchi kuchi, ishlab chiqarish vositalari va mehnat predmetlari ishtirok etadi. Ammo ushbu qismlarni samarali bog’lovchi bo’lib texnologik jarayon hisoblanadi. Shu sababdan ushbu bitiruv malakaviy ishda texnologiya va uning jihozlari tutgan o’rni, ulardan samarali foydalanish usullari, pirovard natijada mijozning ehtiyojlarini to’la qondirilishi masalalariga ko’proq to’xtab o’tilgan.
Yildan-yil O’zbekiston avtomobil ishlab chiqarish sanoati rivojlanishi, bozorimizga kirib kelayotgan avtomobil turlarining ko’payishi ularga xizmat qilish va joriy ta’mirlash ishlarini ham tubdan qayta ko’rib chiqishni taqozo etadi.
Chunki texnik xizmat ko’rsatish jihozlari borgan sari yangi mazmun va kompyuter texnologiyalaridan foydalanish ehtiyojiga ega bo’lmoqda. Texnologik yangilanish esa, o’z navbatida, xizmat ko’rsatish jarayonida ishtirok etayotgan kadrlarning bilim darajasi ham shunga mos bo’lishini talab qiladi. Taklif etilayotgan bitiruv malakaviy ish ushbu muammoni echishning birinchi qadamlaridan bo’lib xizmat qiladi.


Download 8,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish