1.2. Eshitiishda nuqsoni bolgan bolalar nutqining oziga xos xususiyatlari
Inson va atrof muhit doimiy ravishda aloqada bolib, u korish, eshitish, teri, tam, hid bilish, harakat analizatorlari orqali amalga oshiriladi.
Eshitish analizatori insonning barcha azolari ichida eng ahamiyat-lilaridan sanalib, uning asosiy vazifasi nutqni idrok qilishdan iboratdir. Tolaqonli eshitish nutq shakllanishining omili sanaladi. Nutq orqali esa insonning soz-mantiqiy tafakkuri, umumiy va ruhiy rivojlanishi sodir boladi. Moddiy dunyodagi narsa va hodisalar ongimizda aks etib, bular soz shaklida ifodalanadi, til hodisalari vositasida namoyon boladi. Inson ozi korgan va tasirlangan buyum va hodisalarni soz yordamida nomlab, mazmuni haqidagi taassurotlarini obrazlar, fikrlar, tushunchalar, tasavvurlar korinishida anglash, ifodalash imkoniyatiga ega boladi. Har qanday buyum, hodisaning miyada aks etishi va ongda mustahkam ornashib qolishida nutq yetakchi vosita hisoblanadi. Shuningdek, u tafakkur quroli, muloqot jarayonida fikrni ifodalash, biror narsani bildirish, anglatish va tasir korsatish quroli bolib ham xizmat qiladi. Fikrlash qobiliyati nutqiy rivojlanish zamirida paydo bolishi sababli u inson tafakkurining rivojlanish darajasini belgilab beradi.
Eshitish idrokining buzilishi oqibatida insonning nutqni egallay olmasligi, shu bois jamiyat azolaridan yakkalanib qolishi uning ijtimoiy hayotda oz ornini topishida qator muammolarni yuzaga keltiradi. Bular ozaro bir-biriga tobe bolgan turli sabablarga bogliq bolib, bu xususda L.S.Vigotskiy: «Ijtimoiy tarbiya nutqning rivojlanmaganligiga, nutqning rivojlanmasligi jamoa (kollektiv)dan yakkalanib qolishga, jamoa (kollektiv)dan ajralib qolish esa, oz navbatida, ijtimoiy tarbiya hamda nutqning rivojlanishini tormozlaydi»,- deydi(23) .
Surdopedagogika tarixiga nazar tashlasak, turli davrlarda eshiti-shida muammosi bolgan bolalarni tadqiqot obekti sifatida organgan pedagog va olimlardan J.Kardano, V.I.Fleri, J.Itar, Ya.T.Speshnevlar ular orasida u yoki bu holda murojaat etilgan nutqni tushuna oladigan, qisman lugat boyligiga ega bolgan, bazan, hatto, sodda jumlalar tuza oladigan bolalar borligini, agar nutq ularga qarata balandlatilgan holda aytilsa, bunday bolalar talim-tarbiyasining barcha muammolari hal etilishi mumkinligini takidlab, eshitishi qisman buzilgan bolalarga, ular nutqining oziga xos rivojlanishiga alohida etibor qaratgan-liklariga guvoh bolamiz . V.I.Fleri bola shaxsining shakllanishi uchun atrofidagi yaqinlari va, ayniqsa, onasi alohida gamxorlik, etibor korsatishlari zarurligi hamda kar bola nutqining rivojlanishi uchun ilk yosh davri alohida orin tutishini takidlagan holda: «Kar-soqov bola qancha kichik bolsa, uning ozlashtirish layoqati shuncha yuqori boladi», - deb yozadi. Olim, shuningdek, dastlabki sozlarni bola korish asosida taqlidan ozlashtirishi lozimligini alohida qayd etadi.
Eshitishida muammosi bolgan bolalar nutqiy rivojlanish masalalari bir necha asrlar mobaynida koplab oqituvchi va metodistlarning etiborini jalb qilganiga qaramay, bu muammoning yechimiga, yani maxsus maktablardagi talim-tarbiya jarayonini tashkil etish boyicha yondashuvlarning yangi yonalish olishiga L.S.Vigotskiyning maxsus talim tizimi masalalarini yoritib bergan qator asarlari turtki berdi. Olim maxsus maktablardagi ogzaki nutqni rivojlantirishga moljallangan usul bolaning sermazmun hayoti, uning qiziqishlari bilan bogliq bolmagan sharoitda olib borilishiga etibor qaratib, nutqni ijtimoiy hayotda ishtirok etmagan holda egallash, qirgoq boyida turib suzishni organish holatiga qiyoslab, ijtimoiy muhit hamda uning tuzilishi har qanday tarbiya tizimining pirovard hamda hal qiluvchi omili ekanligini alohida qayd etadi: «Bola hayotini shunday tashkil etish lozimki, unga nutq zarur va qiziqarli bolsin. Talimni bola qiziqishlariga qarshi emas, ushbu qiziqishlar tomon yonaltirish lozim. Umuminsoniy nutqqa nisbatan ehtiyojni yuzaga keltirish zarur, shundagina nutq paydo boladi. Nutq muloqotga kirishish va fikrlash asosida, murakkab hayotiy sharoitlarga moslashish natijasida yuzaga keladi».
L.S.Vigotskiy ushbu sharoitni yaratishda soglom (meyordagi) bolaning nutqiy rivojlanish bosqichlariga tayangan holda ish korish lozim ekanligi haqida quyidagi fikrlarni bildiradi: «Birinchi planga, eng avvalo, bolaning bola ekanligi va shundan songgina kar-soqov ekanligi holati qoyiladi. Bu shuni anglatadiki, bola, eng avvalo, umumiy qiziqish, layoqat, shuningdek, meyordagi bola yoshi qonuniyatlariga muvofiq holatda osishi, rivojlanishi va tarbiyalanishi hamda xuddi shu jarayonda nutqni egallab borishi lozim. Bolalar ozlarining muayyan sifat va konikmalarini rivojlantirishga ehtiyoj sezishlari lozim. Ular ozlarini boshqa kopchilik bolalar va kishilardan farqli ekanliklarini his qilmasliklari, ularga tenglasha olmasliklariga ishonch hosil qilmasliklari lozim»(11).
Yuqoridagilar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, eshitishida muammosi bolgan bolalarni tallafuzga orgatish kabi masalalar ijtimoiy tarbiya zaminidagina ozining togri yechimini topadi.
R.M.Boskis eshitishida muammosi bolgan bolalar tallafuzga orgatish samaradorligiga erishishdagi dastlabki qadam ushbu toifadagi bolalarning rivojlanish xususiyatlarini tushunishdan boshlanishi lozim, deb hisoblab, I.P.Pavlovning «Analizatorlar faoliyatining birligi», L.S.Vigotskiy-ning «Nuqsonning murakkab tuzilishi» hamda «Talim-tarbiya va rivojlanish mutanosibligi» psixologik talimotlariga tayanadi. Shuningdek, u eshitish va nutqning ozaro aloqadorlikda rivojlanishini keng organgan holda bunday bolalar rivojlanishidagi oziga xosliklarni keltirib chiqaruvchi qator holatlarga asoslangan pedagogik tasnifni ishlab chiqdi(25). Ushbu tasnifga kora, birinchidan, yosh boladagi eshitish analizatori faoliyatining buzilishi katta yoshdagilarnikidan farqli namoyon boladi. Yani katta yoshdagi kishilarda eshitish muammosi paydo bolgunga qadar, ularning nutqi, mantiqiy tafakkuri va shaxsi shakllanib ulgursa, ilk yoshda orttirilgan eshitish muammosi bolaning meyorda rivojlanishiga tosqinlik qiladi. Ikkinchidan, eshitishida muammosi bolgan bolalarning oziga xos rivojlanishlarini togri tushunish uchun, ushbu holatda nutqni mustaqil egallay olish imkoniyatini, yani eshitish va nutqning ozaro aloqadorligini inobatga olish katta ahamiyatga ega. Bir tomondan, eshitishning buzilishi nutqning meyorda rivojlanishiga tosqinlik qilsa, ikkinchi tomondan eshitishning meyorga yaqinroq faoliyati bolaning nutqiy rivojlanish darajasiga bogliq. Bolaning nutqiy darajasi qancha yuqori bolsa, eshitish qoldigidan foydalanishi shuncha yuqori boladi. Til, uning lugat zaxirasi va grammatik tizimini inson qay darajada egallagan bolsa, uning oz eshitishidan foydalanish layoqati ham shu darajada kop saqlangan boladi. Nutqiy muloqot tajribasiga ega bolgan bolalar tanish bolgan soz va jumlalarni manosiga kora tushunishlari sababli, murojaat etilgan nutqni yaxshiroq idrok etish imkoniyatiga ega bolib, ular atrofdagilarda yaxshi eshituvchi sifatida taassurot qoldirishlari mumkin. Oz navbatida, bolaning eshitish qoldigi qancha yaxshi saqlangan bolsa, unda atrofdagilar nutqiga taqlid qilishi asosida mustaqil ravishda nutqni egallab borish imkoniyati shuncha yuqori boladi. Uchinchidan, bolaning eshitish qoldigidan nutqni egallash uchun foydalanish imkoniyati uning eshitish muammosini baholash mezoni hisoblanadi. Shunga kora eshitishi toliq yoqolgan (kar) bolalar bilan eshitishi qisman buzilgan (zaif eshituvchi) bolalarni chegaralashda aynan eshitish va nutqiy rivojlanish omillari hisobga olinadi.
Karlik eshitishning turgun yoqolishi bolib, unda mustaqil holda nutqni egallash, hatto quloqqa yaqin bolgan masofadagi nutqni ravshan idrok etishning imkoniyati bolmaydi. Total (toliq) karlik, xuddi total kozi ojizlik uchramagani kabi, juda kam uchraydigan hodisadir. Kopincha karlikda baland nutqiy bolmagan tovushlarni, quloq suprasiga yaqin masofadagi bazi nutqiy tovushlarni idrok etish darajasida bolgan eshitish qoldiqlari saqlanib qoladi. Audiometrik tekshiruv eshitishning 80 db. (desibel tovushni idrok etishni olchashda qollanuvchi olchov birligi)dan yuqori darajada yoqolganini korsatadi.
Zaif eshituvchilik eshitishning turgun pasayishi bolib, unda ushbu eshitish qoldigi asosida nutqiy zaxirani minimal holatda mustaqil ravishda egallash, murojaat etilgan nutqni quloq suprasiga yaqin masofada idrok etish imkoniyati boladi. Audiometr tekshiruvi eshitishning 80 db.dan kam bolmagan pasayishini korsatadi.
Eshitish muammolari holatidagi nutqning rivojlanish darajasi quyidagi tort omilga tobedir:
eshitishning darajasi;
eshitish muammosining sodir bolish vaqti;
bolaning individual xususiyatlari;
eshitish muammosi sodir bolgandan song bola uchun yaratilgan pedagogik sharoit.
Shundan kelib chiqqan holda har ikki guruhdagi eshitishida muammosi bolgan bolalar, oz navbatida, yana ikkitadan guruhga bolinadi:
Karlar:
1) tugma yoki ilk yosh davrida eshitish qobiliyati yoqolgan va nutqni egallay olmagan kar bolalar;
eshitish qobiliyati kech yoqolib, nutqi saqlanib qolgan kar bolalar.
Zaif eshituvchilar:
1) nutqida qisman chetga chiqishi (nutqining grammatik tizimida meyordan chetga chiqishlar: qoshimchalarni notogri qollash yoki tushirib qoldirish, bazan talaffuz muammolari) bolgan zaif eshituvchi bolalar;
2) chuqur nutqiy muammolarga ega bolgan (lugat zaxirasi ota chegaralangan, nutqi qisqa, notoliq sozlardan, grammatik tizimi soz-gapdan, bogin-sozlar qatoridan iborat) zaif eshituvchi bolalar.
Olim bu boradagi izlanishlarini davom ettirar ekan, har qanday bolaning rivojlanishi muloqotda, faoliyatning turli shakl va korinishlarida amalga oshishi omilini hisobga oladi. Tadqiqotlarning natijasi shuni korsatdi-ki, kar va zaif eshituvchi bola bir-biridan keskin farq qiladi. Zaif eshituvchi boladagi inson uchun ota zarur bolgan analizator eshitish faoliyatining toliq emas, qisman buzilishi nutqning birmuncha shakllanishiga imkon beradi. Lekin bunday yol bilan nutqni egallashning ota chegaralanishi bola tomonidan tushuncha va tasavvurlar (nutqning keyingi idroki va tushunilishi)da ozgachalikni yuzaga keltiradi. Zaif eshituvchi bolaning nutqi rivojlanmasdangina qolmay, balki buzilgandir ham. Masalan, lugat zaxirasining kamligi bilan bir qatorda sozlarning boshqa manoda qollanishi, grammatik tizimning rivojlana olmasligi bilan bir qatorda ular manolarining notogri tushunilishi kuzatiladi. Bularning barchasi bilish faoliyatiga tasir korsatadi: taqqoslash, tahlil qilish, umumlashtirish kabi psixik jarayonlar zaif eshituvchilarda oziga xos tarzda namoyon boladi.
Nutqiy muloqot bolaning shaxs sifatida rivojlanishida hal qiluvchi orinni egallaydi. Zaif eshituvchi bola nutqining oziga xos rivojlanishi oddiy sharoitlarda ilm asoslarini egallashiga tosqinlik qiladi. Shu sababli ham bu toifadagi bolalar anomaliyasi tuzilishida nutq birinchi oringa qoyilib, maxsus tashkil etilgan talim jarayonida markaziy orinni nutqni reja asosida shakllantirish masalasi egallashi lozim.
Qator tadqiqotlar zaif eshituvchi bolalar tallafuzga orgatish xususiyatlari hamda bunday oziga xoslikka mos kelmaydigan mavjud oqitish jarayonini taqqoslash natijasida tilni maxsus oqitish muammolarining ilmiy jihatdan hal etilishi: uni psixologik, lingvistik, psixolingvistik, umumdidaktik hamda metodik nuqtai nazardan ishlab chiqilishiga asos bolib xizmat qildi . Ushbu tavsiya etilgan metodikalar asosida yangi tur zaif eshituvchi bolalar maktablari uchun qator darsliklar va ularni olib borish imkonini beruvchi metodik tavsiyalar yaratildi.
Zamonaviy surdopedagogikaning nazariy asoschilari eshitishida muammosi bolgan bolalarning ijtimoiy hayotda oz ornini topishlarining muhim omili tallafuzga orgatish ishlarining samaradorligi bevosita tarbiyalanuvchining oila azolari, xususan, ota-onalarning farzandlari bilan muntazam ravishda shugullanishlariga bogliqligini alohida qayd etadilar. Jumladan, S.A.Zikov til oqitishdagi yuqori muvaffaqiyatlar faqatgina maxsus muassasalarda tashkil etilgan nutqiy muhit orqali emas, balki bevosita ota-onalar va atrofdagilarning ishtiroki orqali taminlanishini uqtirsa , R.M.Boskis: «Nutqqa orgatish ishlarini oqituvchi ota-onalar bilan hamkorlikda amalga oshirishi lozim»,-deb takidlaydi .
Aynan yangi davr surdopedagogikasida oila va maxsus talimning bola tarbiyasi borasidagi mushtarakligi zarurati anglandi: ota-onalar surdopedagoglar tomonidan belgilangan yol va korsatmalarsiz farzandlarining tarbiyasida va, xuddi shunday tarzda, surdopedagoglar ota-onalar ishtirokisiz oz faoliyatlarida muvaffaqiyatga erisha olmaydilar. Ilk yoshdagi eshitishida muammosi bolgan bolalar talim muassasalari asoschilari tomonidan yaratilgan maqola hamda metodik tavsiyalar kar va zaif eshituvchi bolalar ota-onalariga oz farzandlarining tarbiyasini qanday tashkil etishlari, nutqini rivojlantirish yollari kabi masalalarni yoritib berdi.
Respublikamizda surdopedagogikaning ilmiy asoslanishi otgan asrning 80-yillaridan boshlandi. Milliy surdopedagogikamizda olib borilgan qator tadqiqotlar mamlakatimizda mavjud eshitishida muammosi bolgan bolalar maxsus maktab-internatlar talim-tarbiya jarayonini hududiy sharoitlar, ozbek tili xususiyatlariga mos holda takomillashtirish yol va vositalarini ilmiy jihatdan asoslab berishga yonaltirildi.
Surdopedagogika sohasida ilk bor N.Sh.Bekmurodov tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijasida hududimizga mos ravishda maxsus maktab-internatlar kun tartibi, oquv jarayonini tashkil qilishda hisobga olinishi lozim bolgan talablar ishlab chiqilgan bolsa, X.M.Gaynutdinovning ilmiy izlanishlari natijasida ilk bor Ozbekiston sharoitida eshitishida nuqsoni bolgan shaxslarni kasbiy mehnatga tayyorlash, keyingi mehnat faoliyatlari jarayonini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar, bunday shaxslar ijtimoiy moslashuvlari darajasini kotarish yollari ochib berildi.Alimxodjayevaning uzoq yillik amaliy tajribasi maxsus oqitish jarayonida didaktik materiallardan foydalanishning tabaqalangan metodikasini ishlab chiqish hisobiga zaif eshituvchi oquvchilar eshitish idrokini rivojlantirish tizimini takomillashtirish yollarini ilmiy jihatdan asoslab berishiga asos boldi
U.Yu.Fayziyevning ilmiy-tadqiqot ishi zaif eshituvchi bolalarga ona tilini orgatish muammolarini hal qilishga qaratilgan ilk tadqiqot bolib, unda maktabga tayyorgarliksiz kelgan zaif eshituvchi bolalarning dastlabki nutqiy imkoniyatlari (soz boyligi: faol va nofaol nutqi), eshitishining yoqolish sabablari va vaqti organildi, bunday bolalarni savodga tayyorlash va savod orgatish metodikasi ilk bor nazariy jihatdan asoslab berildi. Yani tadqiqotchi zaif eshituvchi oquvchilarga savod orgatish davrida zarur sanalgan omil - harflarni otish ketma-ketligini ishlab chiqib, ushbu nazariy xulosalari asosida «Alifbe» darsligini yaratdi N. X. Dadaxojayeva ilk bor zaif eshituvchi oquvchilarning kop xonali sonlar ustida arifmetik amallarni bajarishlaridagi xususiyatlar, ushbu jarayonda oquvchilarning nutqi va fikrlashlariga oid tayyorgarlik holatini organib, kop xonali sonlar ustida arifmetik amallar bajarishga orgatish boyicha ish usullari hamda metodlarni nazariy jihatdan asoslab berdi.
F.U.Qodirova ilmiy tadqiqotida eshitmaydigan boshlangich sinf oquvchilarining talimi amaliyotidagi kamchiliklari tahlil qilinib, ularni bartaraf etishning samarali usul va yollari aniqlandi hamda sozlashuv nutqini shakllantirishning omil va bosqichlari belgilab berildi.
Demak, korib chiqilgan tadqiqotlardan U.Yu.Fayziyev hamda F.Qodirovalarning ishlarigina kar va zaif eshituvchi bolalar maktab-internatlarida ozbek tili oqitish tizimini ilmiy asoslab berishga qaratilgan. Maktab yoshidagi bolalarni tadqiqot oekti sifatida tanlab olgan har ikki olima ularning maktabda muvaffaqiyatli talim olishiga maktabgacha yosh davrida zamin yaratilishi lozim ekanligini qayd etadilar. U.Fayziyev: «Erta ilk yoshidan korreksion tasir korsatish orqali bu ogir asoratlar kamaytirilishi yoki butunlay bartaraf etilishi mumkin
Ota-onalar imkon topgan holda uyda alohida sharoit yaratib, eshitmaydigan farzandlari bilan ozlari shugullanishlari mumkin. Buning uchun ular surdopedagog mutaxassis bilan hamkorlikda ish olib borishlari lozim»,- degan fikrlarni keltirsa , F.U.Qodirova kar oquvchilarga oz fikrini erkin ifodalashni orgatish ota-onalarning farzandlari talim-tarbiyasi oldidagi masuliyati ekani va bu talim jarayonida muhim omillardan hisoblanishini takidlaydi .
Ozbekistonda surdopedagogikaning yondosh tarmoqlari oligofreno-pedagogika, logopediya sohasidagi L.R.Mominova, R.Shomaxmudova, M.Yu.Ayupova, X.M.Polatova, D.A.Nurkeldiyev, M.P.Xamidova, L.Sh.Nur-muxamedovalar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar maxsus talim muassasalarida olib boriluvchi talim-tarbiya jarayonini hududiy sharoitlarni hisobga olgan holda tashkil etish hamda takomillashtirishga qaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |