‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi umumiy psixologiya


Psixikaning filogenezda rivojlanishi



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/253
Sana27.08.2021
Hajmi5,99 Mb.
#157064
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   253
Bog'liq
77umumiypsixologiyapdf

Psixikaning filogenezda rivojlanishi -  kishi psixikasining paydo 
bo‘lishi va rivojlanishi  eng murakkab muammolardan biri bo‘lib, bu 
muammo  tabiat  qonunlarining  mohiyatini tushunib  yetishga harakat 
qiladigan tadqiqotchilami hamma vaqt qiziqtirib kelgan.
Metrialistik  yo‘nalishdagi  olimlar  psixikaning  paydo  bo‘lishini 
materiyaning uzoq davom etgan rivojlanishining natijasi  deb  izohla- 
shadi. Ular materiyaning hayot  kechirish usuli, uning tarkiban o‘ziga 
xos  ajralmas  xususiyati  ekanligi  uchun  ham  materiya  harakatining 
turli  xil  shakllarini  o‘rganadilar.  Harakatsiz,  mutlaqo  harakatsizlik- 
dagi  materiya  umuman  bo‘lmaydi.  Olamdagi  butun  materiya  jami 
noorganik  va  organik  tabiat  harakatlanish,  o ‘zgarish  va  rivojlanish 
holatida boiadi.
Jonsiz, noorganik materiyadan tortib to eng oliy va murakkab ma­
teriya  hisoblanmish  kishi  miyasiga  qadar  barcha  materiyalar  mod- 
diy  olamning  yalpi  xususiyati  -   in ’ikos  etish  xususiyatiga,  ya’ni 
ta’sirotlarga  javob  qaytarish  qobiliyatiga  egadir.  In’ikos  materiya­
ning mavjud bo‘lish tarziga muvofiq javob qaytarishga qodirligi bilan 
namoyon bo‘ladi.
Jonsiz  tabiatda harakat jism va  moddalaming  mexanik,  fizikaviy
yoki  kimyoviy ta’siri tarzida yuz be- 
rishi  mumkin. 
Jonli  materiyaga 
o ‘tishda harakat tarzi ham sifat jihati- 
dan  o‘zgaradi.  Jonli  materiyaga 
in’ikosning  biologik  shakllar  xos 
bo‘lib, jonli materiyaning ma’lum bir 
bosqichida  esa  in’ikosning  yangi 
shakli 
sifatidagi 
psixika 
paydo 
bo‘ladi.
Materiya  harakatining  biologik  shakli  -   hayot,  tabiat  rivojla­
nishining sifat jihatidan yangi bosqichdir.  0 ‘lik materiyaga o ‘tishni 
izohlaydigan  qator  gipotezalar  mavjud.  Ulardan  biri  A.I.Oparinga 
tegishli bo‘lib, unga ko‘ra organik moddalar  atomlar turli shakllarda
52


azotning, kislorodning, vodorodning, fosfor va oltingugurtning atom- 
lari bilan bog‘langan modda -  uglerod negizida hosil bo‘lgan birikima- 
laming paydo bo‘lishi jonli materiya paydo bo‘lishining zarur sharti 
hisoblanadi.  A.I.Oparinning  gipotezasiga  ko‘ra,  taxminan  ikki  milliard 
yil ilgari  atmosferada erkin kislorod ajralib  chiqib,  organik modda- 
lardan  tayyorlangan  allaqanday  «sho‘rva»ga  o‘xshash  bo‘lgan,  or­
ganik birikmalaming rivojlanishi jarayonida uglerodning juda ham 
murakkab birikmalari -  benihoya katta molekulalar paydo bo‘ldi.
Oqsilli  molekula  bilan  muhit  o ‘rtasida  modda  almashinuvi  av- 
valboshdanoq faol jarayon edi. Bu beniyoya katta molekulalar kon- 
servantlar  degan  nom  bilan  atala  boshladi.  Konservant  tomchilari 
m a’lum  m a’noda  to ‘yimli  moddalar  uchun  kurashda  o‘zaro  raqo- 
bat  qilishardi,  degan  taxminlar  ham  bor.  Bu  tomchilaming  ancha 
qulay  kimyoviy  tarkibiga  yoki  strukturaga  ega  bo‘lgan  b a’zi  bir- 
lari  boshqalariga  nisbatan  tezroq  o‘sdi.  Ular  ertaroq  kattalashib, 
beqaror  bo‘lib  qolishar va  ancha  mayda  zarrachalarga  parchalanib 
ketishardi.  So‘ngra jarayon yana takrorlanardi:  o ‘sish, parchalanish 
va hokazo.
In’ikosning o ‘ziga xos qoldiq shakllari mavjud bo‘lgan bunday or­
ganik strukturalar bir qancha geologik davomida faoliyat ko‘rsatgan 
holda hozirgi zamon jonli sistemalari ajdodlarining paydo bo'lishiga 
olib kelganligini faraz qilish uchun asos bo‘lgan.
Har qanday jonli organizm barcha tashqi kuzatuvchilarga nisbatan 
tanlangan holda (faol) munosabatda bo‘lgan va bu bilan jonli materi­
yaning  sifat jihatidan  yangi  xususiyatini  -   o‘z-o‘zini  tartibga  solish 
xususiyatini namoyon qiladi.
Uzoq davr davom  etgan evolyutsiya natijasida hozirgi  organizm- 
larda in’ikosning qo‘zg‘aluvchanligidan tortib to uning ancha yuksak 
darajasidagi  shakllari  -  psixik hayotning  ifodaga  qadar turli  xildagi 
shakllarini ko‘ramiz.
О ‘ simlik va hayvonlarga mansub shakllar evolyutsiyasining barcha 
bosqichlarida jamiki jonli  organizmlar  in’ikosning  alohida  biologik 
shakli -  ta’sirlanuvchanlikka ega bo‘ladi.  Ta’sirlanuvchanlik tirik or- 
ganizmning biologik ahamiyatga ega bo‘lgan  (biotik) ta’sirotlaming 
ta’siriga javob berish qobiliyati demakdir.
53


Shunday qilib,  sodda hayvonlarda tashqi muhitga yorug‘lik bilan 
issiqlik  qo‘shilib,  muvaqqat  bog‘lanishlar  hosil  qilinishiga  nisbatan 
ham faol mo‘ljal ola bilish tendensiyasi mavjudligi namoyon bo‘ladi.
In’ikos  etish  darajasi  ko‘p  hujayralilarga  o ‘xshab  suvli  muhitda 
hayot  kechiradigan  kovakichlilar  eng  sodda  ko‘p  hujayralilar jum- 
lasiga  kiradi.  Lekin  bu  organizmlaming  tuzilishi  bir  hujayralilirga 
nisbitan  anchagina  murakkabdir.  Murakkabligi  bu  hayvonlaming 
ko‘p  hujayrali  ekanligida  emas,  balki  ulardagi  hujayralarning  nis­
batan  bir  emasligidadir:  masalan,  tanasining  tashqi  qismida  sanchi- 
ladigan  hujayralar  joylashgan  boisa,  ichki  qismi  esa  ovqat  hazm 
qiladigan hujayralar bilan qoplangan  bo‘ladi.  Ko‘p  hujayralilaming 
organizmida,  shuningdek,  organizmning biror-bir qismida ro‘y  ber- 
gan  qo‘zg‘alishni  o ‘tkazuvchi  funksiyasini  bajaradigan  alohida  se- 
zuvchan  protoplazmali  hujayralar  ham  bo‘ladi.  Alohida  sezuvchan 
(nerv) hujayralari o ‘zaro birikib, hayvonning butun tanasiga yoyilgan 
nerv shoxobchasini tashkil etadi.
Shunday  qilib,  ko‘p  sonli  nerv  tugunchalarining  paydo  bo‘lishi 
hali-beri yana ham nafisroq aks ettirishi va, demak, tevarak-atrofdagi 
tashqi muhitga moslashish uchun sharoit tug‘dirishi mumkin bo‘lgan 
o‘sha haqiqiy foydali murakkabligini ta’min eta olmaydi. Lekin hozir- 
danoq,  ancha murakkab aks  ettirish imkoniyatlari paydo bo‘la bosh- 
ladi  -   ular  asosiy  gangliyda  mujassamlashgan.  Asosiy  gangliyning 
funksiyalari  va bog‘lanishlariga ko‘ra bir xil bo‘lmagan nerv hujay- 
ralarining  birikuvidan  tarkib  topadi.  U  hayvon  tanasining  istalgan 
qismida yuz beradigan qo‘zg‘alishlami jamlaydi, ulami  tahlil  qiladi, 
boshqa  hujayralarga  o‘tkazadi,  impulslarni  segmentlarning  mushak 
apparatiga yo‘naltiriladi.  Sudraluvchi va kavlovchi  hayvonlar sifati- 
dagi  chuvalchanglarda  asosiy  gangliylar mavjud  bo‘lganligi  tufayli 
tananing imkonini beradigan  tukchalar, m o‘ylabchalar, ko‘z murtak- 
lari  paydo  bo‘ladi.  Gangliy  funksiyali  nerv  sistemasiga  ega  bo‘lgan 
hayvolaming  aks  ettirish  imkoniyatlari  shartsiz  reflekslar  bilangina 
cheklanmaydi.  Hayot kechirish jarayonida ularda tug‘ma reaksiyala- 
riga nisbatan yangi, ancha harakatchan reaksiya shakllari -  shartli ref­
lekslar paydo bo‘ladi.
54


Shunday  qilib,  gangliy  funksiyali  nerv  sistemasining  o‘ziyoq, 
cheklanmagan miqdordagi ta’sirlari javob qilishning yetarli darajada 
murakkab vositasidan iboratdir. Yetakchi gangliy bilan idora qiluvchi 
ganglioz  nerv  sistemasiga  ega  bo‘lgan  hayvonning  xatti-harakatlari 
diffuziyali,  turli  nerv  sistemasiga  ega  bo‘lgan  hayvonlaming  xatti- 
harakatlaridan jiddiy farq qiladi.
Instiktiv  harakatlar  muayyan  shart-sharoitlarga  qat’iy  bog‘liq 
bo‘ladi.  Instiktning  amal  qilish  mexanizmi  shundan  iboratki,  tashqi 
shart-sharoitlar reflektor munosabat bildirishga undaydi,  eng oxirida 
esa  navbatdagi  munosabat  bildirish  uchun  qo‘zg‘aydi  va  hokazo.  Shu 
tarzda  reflekslaming  butun  bir  zanjirini  harakatga  keltiradi  va  bu  bi­
lan  nasliy  yo‘l  bilan  mustahkamlangan  programmani  amalga  oshi- 
radi.  Instinktiv harakatlar standart shart-sharoitlar o‘zgarishi bilanoq 
o‘zining  maqsadga  muvofiqligini  yo‘qotadi.  Shunday  qilib,  xatti- 
harakatlaming  instinktiv  shakllari  faqat  doimiy  sharoitlardagina 
maqsadga muvofiqdir.
Shuni  qayd  qilish  kerakki,  ba’zi  bir  instinktlar  mazkur  turning 
barcha  shakllariga  xos  bo‘lsa ham,  lekin ulaming  namoyon  bo'lishi 
ayrimlarida biroz boshqacharoq tarzda kechadi.
Instinktning bu tarzdagi nisbiy har xilligi hayot kechirish sharoit- 
lari  keskin  o ‘zgargan  taqdirda  ham  saqlanib  qolishini  ta’minlaydi. 
Yosh hayvonlarda instinktiv harakatlami qo‘zatayotib, bu xarakterlar 
yosh hayvonlarda qarilarga nisbatan ancha beso‘naqay yuz beradi. Jo- 
zotning individual hayot kechirishi jarayonida  orttirilgan va tug‘ma 
xatti-harakat  programmasining  puxta  bajarilishini  ta’minlaydigan 
tajriba instinktlarining rivojlanishiga yordam beradi.
Shunday  qilib,  instinktiv  harakatlar  turli  xildagi  ko‘p  sonli 
qo‘zgatuvchilaming  aks  etishini  ta’min  eta  olmaydi  va  shunga 
ko‘ra  umurtqalilaming  aks  ettirish  imkoniyatlarini  cheklab  qo‘yadi. 
Umurtqalilardan  naychali  nerv  sistemasi  (orqa  va  bosh  miya bilan 
qo‘shilib) rivojlangan  bo‘lib, shu tufayli ularda tashqi muhitni asliga 
ancha  o‘xshaydigan  tarzda  aks  ettirishning  potensial  imkoniyatlari 
oshadi.  Ganglioz nerv sistemasiga ega  bo‘lgan hayvonlarga nisbatan 
umurtqali  hayvonlarda  retseptorlar  yanada  takomillashib,  tobora 
ko‘proq  maxsuslashib  boradi.  Evolyutsiya  natijasida  erishiladigan
55


ana  shu  ichki  imkoniyatlar atigi birgina instinktiv harakatlami kelti- 
rib chiqarish uchun foydalanilmaydi, albatta.
Hayvon evolyutsiyataraqqiyotining yuqori bosqichigako‘tarilgan 
sari, hosil bo‘ladigan shartli bog‘lanishlari ham shuncha murakkabroq 
va yana ham nafisroq bo‘lishi mumkin.
Shunday qilib, shartli bog‘lanishlar ham holatlar o‘zgarganda hay­
von xatti-harakatining yangi belgilarini mustaqil hosil qilishga asos- 
langan nafis individual xatti-harakatning yanada murakkabroq shakl- 
larini chiniqtirishdir. Nafis individual harakat uchun muhitning ayrim 
xususiyatlarigina  (harorat,  rang,  hid)  emas,  balki  butun  bir  konkret 
vaziyatlar tahlil va sintez qilinishi shart.
Birinchi  holatda  xatti-harakat  instinktiv  progammaga  asosan 
bo‘lgan bo‘lsa,  ikkinchi  holda xatti-harakat bevosita vaziyatni  tahlil 
qilish natijasida ro‘y beradi.
Xatti-harakatning ikkinchi tipi ayniqsa sut emizuvchilarda yaqqol- 
roq  namoyon  bo‘ladi.  Bunday  hayvonlar  endi  butun  bir  vaziyatlar- 
ni  idrok  etib,  tahlil  qila  boshlaydi,  o‘z  xatti-harakatlarini  to‘g‘irlab, 
o‘zgarayotgan  shart-sharoitlarga  moslasha  boshlaydi.  Yuksak  taraq- 
qiy etgan hayvonlarda xatti-harakatning  instinktiv  shakllari bilan bir 
qatorda o ‘zgaruvchan individual shakllari -  malakalar va intellektual 
xatti-harakatlar ham mavjud bo‘ladi.  Malakalar deganda hayvonlar- 
ning shartli bog‘lanishiga asosan bajaradigan va avtomatik tarzda tak- 
rorlanadigan xatti-harakat tushuniladi.  Malakalar xuddi  instinktlarga 
o ‘xshab rivojlanishning nisbatan quyi bosqichlarida ham bo‘ladi,  le­
kin aniq ifoda etilgan malakalar faqat bosh miya qobig‘i bo‘lgan hay- 
vonlardagina namoyon bo ‘ ladi.
Hayvonlaming  malakalari  tarkibiga  kiradigan  harakatlanuvchi 
elementlar turning o‘ziga xos tajribasini takrorlaydigan tug‘ma hara- 
katlardan iborat bo‘lishi ham, tasodifiy harakat namunalaridan iborat 
bo‘lishi ham,  shuningdek tasodifiy harakat namunalarining takrorla- 
nishi jarayonida ko‘nikma hosil bo‘lgan harakatlardan iborat bo‘lishi 
ham mumkin.

Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish