‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi umumiy psixologiya


XORIJIY TILLARNI 0 ‘RGATISHNING PSIXOLOGIK



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/253
Sana27.08.2021
Hajmi5,99 Mb.
#157064
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   253
Bog'liq
77umumiypsixologiyapdf

XORIJIY TILLARNI 0 ‘RGATISHNING PSIXOLOGIK 
XUSUSIYATLARI
Ta’lim tizimida  olib  borilayotgan  islohotlar  samarasi  yoshlari- 
mizga  xorijiy  tillarni  o ‘rgatish  imkoniyatlarini  yanada  kengay- 
tirdi.  Bunda  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Birinchi  Prezidentining 
2012-yil  10-dekabrdagi  “Chet  tillarni  o‘rganish  tizimini  yanada 
takomillashtirish  chora-tadbirlari  to ‘g‘risida”gi  PQ  -   1875-son- 
li  Qarori  alohida  ahamiyatga  ega  b o ‘ldi.  Bu  qarorda  chet  tillar 
o ‘qituvchisining  shaxsiy va pedagogik mahoratini oshirish hamda 
xorijiy tillarni o‘qitishda zamonaviy yondashuvlardan foydalanish 
asosiy vazifalar sifatida belgilangan.
Ulami  amalga  oshirishda  xalq  ta’limi  muassasalari  pedagog 
kadrlarining  ilg‘or  xorijiy  tajribalami  o ‘rganish  hamda  chet  tillarni 
o‘qitishda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha 
malaka va ko'nikmalarini takomillashtirib borish alohida ahamiyatga 
ega. Hozirda xalq ta’limi tizimidagi pedagog xodimlaming muntazam 
ravishda  o ‘z  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarini  yangilab  borishlariga 
imkoniyatlar  yaratilmoqda.  Bunda  pedagog  xodimlar  yoshlarda 
xorijiy  tillarda  erkin  muloqotga  kirisha  olish  uchun  zarur  bilim  va 
ko‘nikmalami  shakllantirish jarayonining  o‘ziga  xos  xususiyatlarini 
yaxshi bilishlari va o‘z pedagogik faoliyatlarida hisobga olib borish- 
lari zarur.
Shuningdek,  tillar  bo‘yicha  o ‘quv  dasturlarida  0 ‘zbekistonda 
chet tillarni  o‘qitish  sifati  va  darajasini  muntazam  ravishda  oshirish
28


hamda xorijiy til o ‘qituvchilarining malakasini oshirish o‘quv reja va 
dasturlarida ushbu jarayonni  zamonaviy talablar darajasida takomil- 
lashtirishga alohida e’tibor qaratilgan. Ayniqsa, xorijiy ta’limda xori­
jiy tillami  o ‘qitishning  o‘ziga xos  xususiyatlarini va ularga nisbatan 
psixologik  yondashuvlami  hamda  zamonaviy  talablami  hisobga  ol­
gan  holda  mutaxassislaming hamkorligida  zarur o‘quv  adabiyotlari, 
o ‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilmoqda.
Shu bilan birga, xorijiy til o‘qituvchilari aynan xorijiy til o‘quv- 
chilarining  psixologik  xususiyatlariga  e’tibor  berib  borishlari  ta’lim 
sifati  va  samaradorligini  oshirishning  zarur  sharti  hisoblanadi.  Xori­
jiy  ta’lim  sifati  va  samaradorligini  oshirish  yuzasidan  bugungi  kunda 
o‘qituvchilardan bir qancha muhim vazifalami bajarish talab etiladi.
Til  o ‘rganishning  va  uni  o‘rgatishning  psixologik  o ‘ziga  xos- 
ligi  chet  tilidagi  matnni  idrok  etish,  chet  tilidagi  so‘zlami  xotirada 
saqlash bilan xorijiy til o‘quvchilari chet tilini o‘zlashtirishi jarayoni- 
da ulaming o‘zga tildagi tafakkuri kengayib borishini ta’minlashning 
psixologik  jihatlarini  bilishni  talab  qiladi.  0 ‘qituvchi  xorijiy  til 
o ‘quvchilarining rivojlanishiga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlami 
o‘rganishi,  o‘quvchilar  aqliy  taraqqiyotining  psixologik  qonuniyat- 
laridan xabardor bo‘lishi, o ‘quvchining psixologik taraqqiyotiga faol 
ta ’sir qiluvchi omillami o‘rganishi ular bilan bo‘ladigan munosabatlar 
uchun zarur psixologik maTumotlami o‘z ichiga oladi.
Xorijiy til o‘quvchisining chet tilida mustaqil, erkin fikrlash doira- 
sini kengaytirish ular bilan suhbatlami to‘g‘ri tashkil eta olishga ham 
bog‘liq.  0 ‘quvchi  yoshlar maktab  bilan  birga  o ‘z  hayoti  o ‘rtasidagi 
bog‘liqlikning psixologik jihatlarini  anglashi  lozim.  Bugungi  kunda 
o ‘quvchi  maktabda  chet  tili  darslarini  o‘zlashtira  olmayotgan  holat- 
lami ushbu masala bilan bog‘liq bir qator muammolar keltirib chiqa- 
rishi mumkin.  Bola ilk bor maktabga borib, sistematik ravishda aqliy 
mehnat  bilan  shug‘ullanishni  boshlaganida  kattalaming,  ota-onalari 
va ko‘proq o‘qituvchilarining yordamiga muhtoj bo‘ladi.
Xorijiy til  o‘qituvchilari chet tilini  o‘rgatish  darslarida xorijiy til­
lami o ‘qitishga bo‘lgan zamonaviy psixologik yondashuvlami to‘g‘ri 
tashkil  etishlari  lozim.  Ular  chet tilini  o‘rgatish bo‘yicha pedagogik 
mahorati  va  kasbiy  kompetentlik  darajasini  oshirish  yuzasidan  o‘z
29


pedagogik  faoliyatlariga  innovatsiyalami  tatbiq  etishning  samarali 
shakllarini,  didaktik vositalar  va  elektron  o‘quv  materiallarini  yara- 
tish texnologiyalarini bilishlari hamda ulardan ta’lim jarayonida foy- 
dalanishlari o‘quvchilaming xorijiy tillarni o‘rganishi sifatini yanada 
oshirishga xizmat qiladi.
Xorijiy  til  o‘qituvchilari  ingliz  tilini  o ‘rgatishda  psixologik 
mashqlami  to ‘g ‘ri  qo‘llay  olishlari  lozim.  Xorijiy  til  o ‘quvchilar- 
ning tilni o ‘zlashtirishdagi hadiksirashi, chalg‘ishi va charchashini 
yo‘qotishga  hamda  salbiy  o‘zgarishlarning  oldini  olishga  qaratil- 
gan  psixogimnastika  m ashg‘ulotlarini  ham  o ‘z  vaqtida  qo‘llay 
olishi  o'qituvchining  pedagogik  mahoratiga  bog‘liq.  Dars  jara­
yonida bolaning bilish psixik jarayonlari  -  diqqati,  fikrlashi,  idro- 
ki,  tasavvuri,  xotirasi  va  ta ’lim  olishga  qiziqishlari  o‘yinlar  yor- 
damida rivojlantiriladi.
Guruhli  o‘yinlardan  foydalanish  muloqot ko‘nikmalari,  bir-birini 
o‘zaro tushunish, sherikchilik, o ‘zaro mas’uliyatni sezish kabi xislat- 
lami rivojlantirishga ham yordam beradi. Xorijiy tillardan ingliz tilini 
o ‘rgatishda  o ‘qituvchi  emotsional-hissiy birlikni  shakllantirish  bilan 
qisqa psixogimnastika mashqlarini tashkil etishini ko‘rib chiqamiz.
Ingliz  daqiqa,  ya’ni  English  minut  mashqini  bajarishda  uni  faqat 
takrorlash bilan mashq qilish kerak emas. 0 ‘qituvchi “Men baxtliman”, 
iborasini  o‘rgatayotganida o‘quvchilar o‘zlarining baxtliliklarini his  qi- 
lishlariga erishishga e’tibor berishi kerak. I am happy -  Men baxtliman 
deganda o‘quvchi ikki qo‘lini ozgina ko‘tarib, baxtli bo‘lgan kayfiyati- 
ni namoyon qilishi kerak. I am cheeful -  Men tetikman deganda o‘quv- 
chilar qoiining ikki bosh barmog‘ini ko‘rsatishi va I am merry -  Men 

Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish